So’nggi yangiliklar

23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  0 22:59Илёс Зейтуллаев: "Бу ўйин менга катта дарс бўлди"  1 22:39Виктор Карпенко: "Жамоамиз футбол ўйнашни билади"  7 22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  20 21:54Элдор Мойлиев: "Бугун энг ёмон ўйинларимиздан бирини кўрсатдик"  0 21:35Вадим Абрамов: "Динамо"нинг барча футболчилари терма жамоада ўйнашга лойиқ"  9 21:28Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" "Бунёдкор"ни енгиб, ярим финал йўлланмасини нақд қилди, Табатадзедан дубль!  83 21:11Голларга бой ўйинда ўзбекистонлик афсоналар жаҳон футболи юлдузларидан устун келди  9 20:52Отабек Шукуров: "Бундан буён ЖЧга чиққан жамоамиз, шунга яраша ўйнашимиз керак"  9 20:35Ўзбекистон Кубоги. "Динамо" "Шўртан" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллади ва ярим финалга йўл олди  9 20:15Мбаппе, Дембеле, Тюрам, Меньян, Шерки ва Олисе - Франциянинг Украина ва Исландия билан ўйин учун таркибида, Экитике эса йўқ  1 18:57ОКМК футбол академияси учун янги замонавий бино фойдаланишга топширилди  0 18:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг августдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади   18 17:04Франк Рибери бу йил "Олтин тўп"га ким муносиб эканлигини айтди  10 16:31Роберто Карлосга Одил Аҳмедов ва "Реал" ҳақида савол берилди  3

Fyodorov xonadonida tarixiy kunni nishonladik Yangiliklar

Fyodorov xonadonida tarixiy kunni nishonladik

Bugungi blogim farg'onalik do'stlarimizga yoqib tushsa ajab emas.
Avvaliga Yuriy Pshenichnikov bilan uchrashish uchun belgilangan manzilga etib bordik, belgilangan vaqtdan 10 daqiqa o'tib.

“Assalomu alaykum, qadrdonlar! Sog'liklaringiz yaxshimi, O'zbekistondagilar yaxshi yurishibdimi?”, deya Yuriy Pavlovich biz tomon qadam bosib kelardi. 74 yoshni qarshi oladigan jahonning eng yaxshi darvozabonlaridan biri bo'lgan Pshenichnikov bilan ancha vaqt suhbatda bo'ldik. Men u kishiga 4 yil avvalgi intervyuni eslatdim. Uni yod etganligimizdan xursand ekanligini yashirmadi. “Allaqachon meni unutib yuborishgan bo'lsa kerak, bir necha kun avval qo'ng'iroq qilganinglarda bu aprel hazili deb o'ylagan edim”, - deydi Lev Yashin shogirdi.



Aslida kechagi kun hayotimda o'chmas iz qoldirdi. Bir kun kelib kitob yozadigan bo'lsam, albatta 9-10 aprel kunlariga to'xtalib o'taman. Kunni futbolchilarimizga qo'ng'iroq qilish bilan boshlagan edik. Avvaliga Tixonov, keyin Fyodorovga. Tixonov shu kunlarda uchrashishga vada berdi. Fyodorov esa... shu joyda Fyodorovni shaxs sifatida juda katta manaviy boy odam ekanligini takidlab o'tishni lozim topdim. Uni biz kuchli sardor sifatida bilamiz, ammo hammamiz ham uni juda kuchli inson ekanligini bilmaymiz. Men kecha o'zim uchun yangi Fyodorovni kashf qildim. OAVga bo'lgan hurmati, o'zini tutishi, haqiqatdan ham kuchli namuna belgisi.



“Neftchi”ni chunonam esladik, chunonam esladik...

Oltin davrini aytmaysizmi? Mamotov, Atoyan, Do'rmonov, Filipov va bizning suhbatdoshimiz Fyodorov. 

Fyodorov biz bilan muloqotda mahalliy vaqt bilan soat 19:00da Tushova mavzesidagi “Salyut” sport maktabi qoshidagi suniy maydonda do'stlari bilan futbol o'ynashini aytdi. Keyin o'zi biz istiqomat qilayotgan joydan uyiga olib ketishini takidladi. Avvalo biz uning ovora bo'lishini istamasdik. Qolaversa, yulduz futbolchimizning do'stlari bilan o'yin qiziq edi. Tabiiyki, u erda ko'chadagilar emas, sobiq yulduzlar o'ynashini taxmin qila olish uchun kallani ko'p ham ishlatish kerak emas edi. Buni qarangki, oz bo'lsa-da adashmagan edik. Men va Faxriddin Isamuhamedov avvaliga uzoqdan kelayotgan ALEKSEY POLYAKOVni bir ko'rishda tanib qoldik. Biz ulardan ancha avval tashrif buyurganimiz uchun, kameramizni to'g'irlab bo'lgandik. Keyin ECHLda “Nou Kamp” stadionida CSKA tarkibida “Barselona” darvozasini ishg'ol qilgan, Rossiya Kubogi sohibi Oleg Kornauxov. To'g'risini aytsam, faxriy himoyachi agar bizning oliy ligamizda o'ynasa, kechagi o'yini bilan to'purar bo'ladi.

“Spartak”ning 90-yillardagi yulduzi Andrey Konovalovni hamma tanisa kerak. U 4 karra Rossiya chempioni bo'lgan. O'yinni chetdan tomosha qilib turgan paytimiz, bir kishi oldimizga kelib, qaerdan ekanlimizni so'radi.



-   Toshkentdan keldik, bu yil Xirosimada Osiyo o'yinlari g'olibi bo'lganimizga 20 yil to'ldi. Diqqat markazimizda Fyodorov!
-   Vooo.... qadrdonlar, men ikki yil O'zbekistonda to'p tepdim. Eh, O'zbekiston (quvonib eslaydi). Men Xorazmning “Narimonovchi” jamoasida to'p tepganman. Qanday ajoyib mamlakat. Bozorda qovun O'zbekistonniki deb sotadigan sotuvchilarni doimo koyiganim koyigan. Senlar o'zi O'zbekiston qovunini rostakam eganmisanlar deyman? Men har safar uyga qaytayotganimda ikkita katta “raketa” qovundan harid qilib olardim. Buni xarid qilish ham deb aytib bo'lmaydi. Sizlarda to'kin-sochinlik, hamma mevalar juda arzon.



-   Kechirasiz, o'zingizni tanishtiring.
-   Men Yuriy Ivanov bo'laman, Ahmad Ubaydullaevga katta salom. 1979 yil jarohat olib kasalxonada u bilan bir palatada yotgandim. Afsuski, aynan o'sha kuni “Paxtakor” halokatga uchradi. Ahmadning ahvolini sizga bir so'z bilan tariflab bera olmayman. Tunlari yig'lab chiqardi. Men keyin “Qayrat”da o'ynadim. Faoliyatimning eng cho'qqiga chiqqan paytlari qozog'istonliklar bilan bog'liq. Sizlarni ko'rganimdan xursand bo'ldim. Meni salomimni etkazish yodingizdan chiqmasin.

Polyakov keyin bizni tanib qoldi, aniqrog'i Fyodorov aytdi. Qaerdan ham tanisin, u paytda men stadiondagi 50 000 tomoshabindan biri bo'lardim. Lekin o'zbekning oshini egan odamligi bilinib turibdi. Ikkinchi bo'limda u biz turgan tomon darvozani qo'riqlash uchun kelayotib, to'g'ri Yuriy Ivanov bilan suhbatimiz paytida oldimizga keldi.



-   Salom, yigitlar. Moskvaga xush kelibsizlar, sizlarni ko'rganimdan xursandman. Toshkentni sog'indim, hech vaqt bo'lmayapti-da. Ayniqsa palovni.
Yana mashhurlardan Andrey Nijegorodov, Marat Maxmutov kabi futbolchilar, 30 daqiqadan iborat ikkita bo'limda to'p tepdilar.

SHundan so'ng Fyodorov bizni uyiga olib ketdi. Suhbatimiz juda qiziq va uzoq davom etdi. Birinchi qism oila davrasida bo'ldi. Bugun Andrey Fyodorovning tug'ilgan kuni.
Suhbatimiz yakuniga etib borayotgan bir payt.



-    Andrey aka, yana bir necha daqiqalardan so'ng siz 43 yoshga to'lasiz. SHu kungacha futbolchi sifatida uyda tug'ilgan kuningizni nishonlaganmisiz?
-   (rafiqasi bilan o'ylanib qoldi) Buni qarangki ertaga birinchisi bo'lar ekan. Qiziq holat. Har safar 10 aprel mavsum boshiga to'g'ri kelardi va men bu kunni oila davrasida nishonlay olmas ekanman. Ilk tabrik uchun sizga katta ramhmat.

SHu tariqa biz Andrey Fyodorovning tug'ilgan kunini uning uyida qarshi oldik. “Xirosima-94” va “Kecha, bugun, ertaga” loyihalari uchun mazmunli suhbat bo'lib o'tdi. Tug'ilgan kun tortini eb bo'lgach, Andrey Fyodorov qoq tunda bizni manzilimizga etkazib qo'ydi.

TUG'ILGAN KUNINGIZ BILAN, ANDREY AKA!!!

Nodirxo'ja Yuldashev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика