So’nggi yangiliklar

01:25Дилшод Раҳматов: "Гватемала бизга сўнгги сониягача курашиш кераклигини ўргатди. Мураббийларимиз яхши маънода жуда қаттиққўл"  0 00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  4 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  2 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  24 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  3 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  19 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  18 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  5 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  19 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  8 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  53

Futzalda qiyin davr boshlandi yoxud "Olmaliq"ning muvaffaqiyatsizligi haqida Yangiliklar

Futzalda qiyin davr boshlandi yoxud "Olmaliq"ning muvaffaqiyatsizligi haqida

SHu kunlarda Vetnamning Xoshimin shahrida futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda.

Bugun musobaqada yarim final bellashuvlari o'tkaziladi. Afsuski, turnirda mamlakatimizning amaldagi chempioni "Olmaliq" muvaffaqiyatsiz ishtirok etdi. Aleksandr Petrov boshchiligidagi olmaliqliklar ikkita o'yinda ham yirik hisobda mag'lub bo'lishdi.

TAYYORGARLIK

Futzal bo'yicha Oliy liga bellashuvlari 21 aprelda yakuniga etgan edi. "Olmaliq" iyun oyining boshidan klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayoniga kirishdi. Bu orada milliy terma jamoa kichik yig'in o'tkazdi va 2-3 may kunlari Toshkentda Turkmaniston terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazdi. Ana shundan keyin futzalchilarda dam olish uchun bir oydan sal kamroq vaqt bo'ldi. Olmaliqliklar mashg'ulotlarni bir yarim oy davomida faqat Toshkentda olib borishdi. Unda avvaliga "Ardus" azolari Davron CHoriev va Davron Abdurahmonovlar ham ishtirok etishdi. Biroq, yakunda bu futzalchilar Vetnamga borishmadi. Lekin, bu ikki yigitning borishi ham natijani ijobiy qilib qo'ya olmagan bo'lardi.

Bir yarim oy vaqt futzalchilardagi jismoniy holatni yaxshilab olish uchun etarli vaqt. Lekin, biz buni ko'rmadik. Xoshiminga ketish oldidan yangilangan tarkibdagi O'zbekiston terma jamoasiga qarshi o'tkazilgan nazorat o'yinidayoq "Olmaliq"da muammolar borligi ko'zga tashlangan edi. O'sha uchrashuvda Petrov shogirdlari tajriba evaziga g'alaba qozonishgan edi. "Olmaliq"ning ikkita o'yini tayyorgarlik ko'ngildagidek bo'lmaganini ko'rsatdi.



O'YINLAR

Livan chempioni "Bank Beyrut"ga qarshi o'tkazilgan uchrashuvda vakillarimiz juda yomon o'ynashdi. O'yinchilar juda sekin harakat qilishdi, raqib bosim o'tkazganda esa shoshib qolaverishdi. Futzalchilarimiz xalqaro musobaqalarda birinchi o'yinni doimo yomon o'tkazishadi. Bu narsa hatto terma jamoamizga ham tegishli. Lekin, bu safar ikkinchi o'yin ham "Olmaliq"ning ahvoli chatoq ekanligini ko'rsatdi. Livanliklarga qarshi o'yinda jamoa sardori va himoyadagi asosiy kuchi Konstantin Sviridov ikki marotaba Dragan Tomich bilan kurashda mag'lub bo'ldi va har ikki holat gol bilan yakunlandi. Futzalchilarimiz huddi uyqudan endigina turgandek to'p tepishdi. Bir yil oldin deyarli shu o'yinchilardan iborat Livanning boshqa bir klubi bilan 2:2 hisobida durang o'ynashni uddalagan "Olmaliq" chorak finalga chiqqan edi. Bu safar esa yirik hisobdagi mag'lubiyat - 3:8.

Tailand chempioni "CHonburi Blyuveyv" "Olmaliq"qa qarshi o'yinni faol tarzda boshladi va 40 soniya o'tib gol urdi. O'sha vaziyatda Klim Tyugaev Dilshod Irsalievga to'p uzatdi. Irsaliev esa to'pni oldirib qo'ydi va yakunda gol. Ana shu tezkor goldan keyin tailandliklar juda hotirjam harakat qila boshlashdi. Asosiy ikkita to'rtlik ko'proq dam olib o'ynay boshladi. Ammo, shunga qaramay ular hujumlarni juda oson, tez va sifatli uyushtirib turishdi. "Olmaliq" futzalchilari esa bir amallab raqib darvozasigacha borgandan keyin yakuniy paslarni noaniq beraverishdi. "CHonburi" bosh murabbiyi kuch tejab o'ynashni boshlab yubordi. Ikkinchi bo'limda esa umuman eng kam o'ynaydigan o'yinchilar tushirildi. Ana shu holatda Petrov shogirdlari ber necha bor xavfli vaziyatlar yarata olishdi va gol urishga ham yaqin kelishdi. O'yin tizgini raqib tomonga salgina o'tganini sezgan Rakhol Sainetgam maydonga yana asosiy futzalchilarini tashladi. Subhavut etakchiligidagi yigitlar esa olmaliqliklar darvozasiga 4ta gol urishdi va yakuniy hisobni o'rnatishdi - 5:0.

Nega yangi nomlar yo'q?

Har bir musobaqada yangi nomlar bo'lishi tabiiy hol. Nima uchundir bu narsa biz uchun emasdek. Eron, Yaponiya, Tailand, hatto Iroq klublarida yangi nomlar bor. O'tgan yili Yaponiyaning "Nagoya Oushens" jamoasi chempion bo'lgan bo'lsa, bu yil "kunchiqar yurt"dan "SHriker Osaka" ishtirok etdi. Etibor bering, o'tgan yilgi yapon klubi tarkibidan bu yilgi yapon klubida birorta ham futzalchi yo'q. Lekin, "SHriker Osaka" musobaqada munosib ishtirok etdi. Kecha ular "CHonburi"ni ikkinchi bo'limda shoshirib qo'yishdi. Hisobni 2:3ga qisqartirishganidan keyin tailandliklar biroz "tipirchilab" qolishdi. Yaponlar umuman boshqa o'yinchilar bilan musobaqaning asosiy ikkita favoritidan biriga etarlicha qarshilik ko'rsata olishdi. Eronda esa hamisha yangi nomlar chiqib kelaveradi. Har bir yangi nom o'z uslubi va kuchini ko'rsatib chiqadi katta sahnaga. "CHonburi" tarkibida "Olmaliq"qa gol urgan Ronnachai Jungvonsuk shu yilning 16-26 may kunlari Tailandda o'tgan U-20 Osiyo chempionati 3-o'rin uchun bahsida O'zbekiston yoshlari darvozasiga ham to'p kiritgan edi. Ko'rib turganingizdek, raqiblarda yangi nomlar bor.

"Olmaliq" mana 3 yildan beri mamlakat chempionligini hech kimga bermayapti. Lekin, shu vaqt mobaynida klubda faqat Sirojiddin Mahmudov yangi nom bo'lib chiqdi. U ham taniqli futzalchi emas, shunchaki yangi futzalchi sifatida tanildi xolos. Qolganlar esa oldindan bor bo'lgan va o'z nomiga ega futzalchilar. Bu narsa klub kelajagiga nima beradi? Ertaga rahbariyat pul ajratishni to'xtatsa yoki kamaytirsa futzalchilar ham ketadi. Bu holat doim ro'y berib kelgan. Bir paytlar "Bunyodkor", keyin "Lokomotiv", mana endi "Olmaliq" bilan. Pul ajratilayotgan vaqtda eng kuchlilar olib kelinadi, pul yo'q bo'lgach esa deyarli hamma boshqa klubga ketadi.

"Olmaliq" yoshi katta futzalchilardan iborat edi va bu narsa o'z so'zini aytdi. Xalqaro o'yinlarda tinmay yugurish talab etiladi, sekin harakatlar qimmatga tushadi. Aleksandr Petrov keyingi yil yoshartirilgan tarkib bilan borishini aytdi. Lekin, o'sha yosh futzalchilar qaerdan olinadi? "Do'stlik-AIN", "Nafis" kabi klublardagi nisbatan yosh o'yinchilar olib kelinadimi "Olmaliq"qa? Kutamiz.

Xose Mariya Pazos Mendez ketgach, futzalimizda qiyin davr boshlandi. Avlodlar almashinuvi ro'y beradigan payt keldi, bu eng murakkab davr hisoblanadi. Ana shunday vaziyatda ispaniyalik mutaxassis bizga juda zarur edi. Lekin, endi mahalliy mutaxassislar bilan o'tish davrini boshdan kechiramiz.


Tolibjon Qosimov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика