Futzalchilarimiz Venesuelaga qarshi bahslar oldidan o'quv-mashg'ulotlarni boshlaydi
12 iyu 2021 17:40
Yangiliklar
Futzalchilarimiz Venesuelaga qarshi bahslar oldidan o'quv-mashg'ulotlarni boshlaydi
Mazkur mundialga munosib tayyorgarlik ko'rish maqsadida futzalchilarimiz jahonning etakchi futzal terma jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil etib kelmoqda.
Xususan, Bahodir Ahmedov shogirdlari 25-28 iyun kunlari 2021 yilgi Jahon chempionati ishtirokchisi va Janubiy Amerikaning eng kuchli terma jamoalaridan biri hisoblangan Venesuela bilan kuch sinashadi.
«Yunusobod» sport majmuasida bo'lib o'tadigan ushbu bahslarga hozirlik ko'rish uchun futzal terma jamoamiz 14 iyun kuni o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlaydi.
Murabbiylar shtabi Venesuelaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari uchun 20 nafar futzalchini jalb etdi.
Darvozabonlar: Abbos Elmurodov, Ravshan Eliboev, Rustam Umarov.
O'yinchilar: Xushnur Erkinov, Mashrab Adilov, Anasxon Rahmatov, Avazbek Abduvaliev, Ilhom Hamroev, Dilshod Rahmatov, SHaxzodjon Sadiev, Abdulla Solihov, Ixtiyor Ropiev, Husniddin Nishonov, Davron CHoriev, Sunnat Jo'raev, Elbek To'lqinov, Dilmurod SHavkatov, Davlat Ibragimov, Akbar Usmonov, Muzaffar Ahadjonov.
Fikrlar