Futzal. Yaponiya va BAA Toshkentdagi turnirda qatnashmaydi
25 fev 2014 16:49
Yangiliklar

Futzal. Yaponiya va BAA Toshkentdagi turnirda qatnashmaydi
Toshkentda futzal terma jamoalari o'rtasida xalqaro musobaqa bo'lib o'tishi haqida xabar bergandik.
Ushbu turnir katta ehtimol bilan 17 aprelda start oladi.
So'nggi malumotlarga ko'ra, Yaponiya va Birlashgan Arab Amirliklari Futzal Associaciyalari turnirda qatnashmaslikni malum qilishgan. Ayni paytda O'zbekiston Futzal Associaciyasi Eron, Ozarbayjon, Belorussiya hamda Ruminiya Futzal Associaciyalarining javoblarini kutmoqda.
Yuqoridagi terma jamoalardan ijobiy javob kelmagan taqdirda Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston futzal terma jamoasi aprelda yig'in tashkil etadi va Toshkentda o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. Unda terma jamoamizga kim raqiblik qilishi hozircha nomalum.
Toshkentda o'tkazilishi ko'zda tutilgan turnirdan asosiy maqsad, 30 aprelda boshlanadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rish.
Eslatib o'tamiz, Vetnam mezbonlik qiladigan Osiyo chempionati 30 aprel - 10 may kunlari bo'lib o'tadi. O'zbekiston terma jamoasi "D" guruhida Yaponiya, Qirg'iziston va Janubiy Koreya terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Fikrlar