So’nggi yangiliklar

16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  0 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  2 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  2 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  4 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  16 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  5 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  5 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9

Futzal. Xose Mariya Mendez: "O'zimiz istagan narsadan ancha uzoqdamiz" Yangiliklar

Futzal. Xose Mariya Mendez: "O'zimiz istagan narsadan ancha uzoqdamiz"

12-13 mart kunlari O'zbekiston U-20 va Qirg'iziston U-20 terma jamoalari o'zaro ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishdi.

Ana shu o'yinlardan keyin O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Mariya Mendezning fikrlari bilan qiziqdik.

"Bugungi o'yinda yigitlar nima uchun o'yinni bu qadar yomon boshlashgani bizni ham qiziqtirmoqda. Bu ikkita o'yindan chiqaradigan xulosa shuki, bizga hali ancha bor. May oyida o'tadigan Osiyo chempionatida biz favorit bo'lmaymiz. Unda juda ham qiynalamiz. Ko'pgina davlatlarni bizdan ustun jihati ular yoshlik (6-7 yosh)dan futzal bilan shug'ullanadi. Bizda esa bu narsa yo'q, aksincha, katta futboldan keyin mini futbolga o'tiladi. Futzal bo'yicha maktablar yoki kollejlar o'rtasida doimiy turnirlar yo'q.

Bu o'yinlar o'z ustimizda juda ko'p ishlashimiz kerakligini ko'rsatib berdi. Tajriba va o'yinga tayyorgarlik etishmasligidan ko'p xatolar qilayapmiz. Gol urishga juda qiynalayapmiz. Vaziyatlar yaratayapmiz, lekin ularni golga aylantira olmayapmiz. Kamiga, raqiblarimiz bizga juda ham oson gol urishmoqda. Sababi, bizda himoya katta muammo. Keyingi haftalarda bir nechta himoyachi topishimiz kerak. Ayni paytda tarkibimizda haqiqiy himoyachi yo'q. SHuningdek, chiziqlar bo'yicha balans ham yo'q. Fikrim yanada tushunarli bo'lishi uchun bizga Konstantin Sviridov, Nodir Eliboev, Javlon Anorovga o'xshagan himoyachilar kerakligi aytmoqchiman. Hozir Ilhom Hamroev va Mehroj Xudoyberdievni himoyachi sifatida o'ynatayapmiz, aslida esa ular himoyachi emas. Bizda boshqa variantlar bo'lmagani uchun bu ikki o'yinchini himoyaga qo'ymoqdamiz. Agar, ortda bizga yordam bera oladigan himoyachilar topsak, jamoa ancha kuchayadi. Hozirgi tarkibda qanot o'yinchilari va hujumchilar ko'p, lekin himoyachi yo'q.

Pozitiv jihatlar ham bor, golli vaziyatlarni ko'p yaratdik, standart vaziyatlarni yaxshi ijro etdik. Lekin, baribir samaradorlik bo'lishi shart. O'zimiz istagan narsadan ancha uzoqdamiz.

Yigitlarda jismoniy tayyorgarlik yaxshi emas. Musobaqaga o'yinchilarni saralash jarayonini tugatganimizdan keyin ularning jismoniy holati ustida ishlaymiz", - dedi Xose Mariya Mendez.



Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика