Futzal. Terma jamoamiz ilk o'yinda Latviyani mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
8 fev 2015, 19:20
Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston futzal terma jamoasi Latviya milliy terma jamoasiga qarshi ilk o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.
Dastlabki o'yinda terma jamoamiz safida Davron Choriev (2ta), Konstantin Sviridov va Farhod Abdumavlonov gol urishdi. Yakuniy hisob 4:2 termamiz foydasiga.

LATVIYA – O'ZBEKISTON  2:4 (1:1)
Gollar: Dmitrius Yakovlevs 18, Oskars Ikstens 35 – Konstantin Sviridov 15, Farhod Abdumavlonov 23, Davron Choriev 34, 40

O'zbekiston: Rustam Umarov, A'zam Saydahmatov, Sarvar Shoahmedov, Alan Aminov, Maqsud Fayzullaev, Davron Abdurahmonov, Eldor Hoshimov, Farhod Abdumavlonov, Ilhom Hamroev, Davron Choriev, Artur Yunusov, Akmal Hazratqulov, Timur Sadirov, Konstantin Sviridov.

Ogohlantirishlar: Igors Dachko 29 – Farhod Abdumavlonov 28, Artur Yunusov 37

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia