Futzal: Terma jamoalar saralash bahslariga tayyor
04 noy 2013 14:59
Yangiliklar

Futzal: Terma jamoalar saralash bahslariga tayyor
O'zbekiston poytaxti Toshkent 5-7 noyabr kunlari futzal bo'yicha 2014 yilgi Osiyo chempionati Janubiy va Markaziy Osiyo saralash guruhi o'yinlariga mezbonlik qiladi.
O'zbekiston futzal terma jamoasidan tashqari, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg'iziston vakillari ishtirok etadigan musobaqa arafasida, 4 noyabr, dushanba kuni O'zbekiston mehmonxonasida terma jamoalarning bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov raqib jamoalarining Toshkentga tashrif buyurani uchun minnatdorlik bildirib, ularga bo'lajak bahslarda omad tilagan bo'lsa, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg'iziston terma jamoalari bosh murabbiylari O'zbekiston poytaxtida iliq kutib olishganidan xursand ekanliklarini yashirishmadi.
Toshkentga birinchi marta kelganimiz yo'q, bu erda avval ham bo'lganmiz va O'zbekistonda xalqaro musobaqalar yuqori saviyada tashkillashtirilishini juda yaxshi bilamiz. Bu erda hech qachon muammolar bo'lmagan, barchasi yuqori saviyada tashkillashtirilan. Bu safar ham xuddi shunday. Bundan tashqari, biz bir tilda muloqot qila oladigan do'st va birodar xalqlarmiz. Umid qilamanki, bo'lajak bahslarda eng kuchli jamoalar keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritishadi, - dedi Tojikiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Amir Kamoliddinov. Boshqa mehmon jamoa ustozlari ham tojikistonlik hamkasbi fikrlarini qo'llab quvvatlashdi.
Mahalliy jurnalistlar qo'shni mamlakatlardagi futzalning bugungi holati bilan qiziqishdi. Tojikiston futzal terma jamoasidagi o'yinchilarning 80 foizi – katta futbol vakillaridir. Bizda futzal hozirgi kunda ko'p jihatdan havaskorlik darajasida, biroq uni asta-sekin rivojlantirish bo'yicha harakatlar bor. Jumladan, yaqin vaqt ichida futzal ligasini tashkil etish ham ko'zda tutilgan, - dedi tojikistonlik mutaxassis Amir Kamoliddinov. Turkmaniston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Davlatmurod Annaev esa futzal ushbu mamlakatdagi eng yosh sport turlaridan biri ekanligini alohida qayd etib o'tdi.
Turkmanistonda futzal o'yinchilarin futboldan ajratish to'g'risidagi qaror qabul qilinganiga endi ikki yil bo'ldi. SHundan keyin biz yosh o'yinchilarni jalb etgan holda yangi terma jamoani shakllantirish jarayonini boshladik. Bu borada bizga nafaqat sport va futbol rahbarlarimiz, balki bevosita mamlakat rahbariyati ham katta ko'mak bermoqda. Lekin futzal ligasini tashkil etishga hali erta. Umuman, Toshkentdagi saralash bahslari biz uchun katta tajriba maktabi bo'ladi. Agar saralash bahslarida muvaffaqiyatga erishib, keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritsak, bundagi tajribamizdan keyingi o'yinlarda foydalanamiz, - dedi turkmanistonlik mutaxassis.
Qirg'izistonda futzal malum manoda rivojlangan, bizda havaskor va professional futzal ligalari faoliyati yo'lga qo'yilgan. Albatta, biz futzalimiz saviyasi hozirgidan-da yuqoriroq bo'lishini albatta istardik va bu borada ishlar olib borilyapti, deb ayta olaman. Hozirgi vaqtda Qirg'iziston futzalida avlodlar almashinuvi jarayoni kechmoqda, yoshi kattaroq o'yinchilar o'z o'rinlarini yoshlarga bo'shatib berishmoqda. Bo'lajak musobaqalarda bu yoshlar o'zlarini ko'rsatishlariga umid qilamiz, - dedi Qirg'iziston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Nurjan Jetibaev.
Futzal bo'yicha Osiyo chempionati bahslarining muntazam ishtirokchisi hisoblangan O'zbekiston terma jamoasi tarkibida bo'lajak saralash bahslarida bir qator yosh o'yinchilarni ko'rishimiz mumkin va, katta ehtimol bilan, ular musobaqa kashfiyotiga ham aylanishlari mumkin. Biz ushbu musobaqaga reja bo'yicha, yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Yaratilgan shart-sharoitlar uchun rahbariyatga minnatdorlik bildiraman. Saralash bahslarida ishtirok etish uchun Qozog'istonda to'p surayotgan legionerlarimiz ham chaqirilgan, shuningdek, bir qator yoshlarni ham jalb etganmiz. Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmanistonga qarshi o'yinlarda namanganlik, samarqandlik, angrenlik yangi o'yinchilarni ko'rishingiz mumkin bo'ladi. Bo'lajak o'yinlarda barcha jamoalarga omad tilayman, - dedi O'zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov.
Eslatib o'tamiz, saralash bahslarida dastlabki uchta o'rinni egallagan terma jamoalar 2014 yili Vetnamda o'tkaziladigan final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Saralash bosqichi uchrashuvlari 5-7 noyabr kunlari davomida Toshkentdagi O'zbekiston sport majmuasida o'tkaziladi. O'yinlar har kuni 16:00 va 19:00da boshlanadi.

Fikrlar