Futzal. Raqibimiz Livan terma jamoasi Vengriyaga qarshi ikkita o'yin o'tkazdi
01 fev 2016 15:36
Yangiliklar
Futzal. Raqibimiz Livan terma jamoasi Vengriyaga qarshi ikkita o'yin o'tkazdi
Toshkentda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etuvchi Livan terma jamoasi qita chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
O'zbekiston terma jamoasining guruhdagi raqibi bo'lgan Livan 23 va 24 yanvar kunlari Vengriya terma jamoasi bilan o'rtoqlik ikkita uchrashuvini o'tkazdi.
Dastlabki bahsda Livan 1:4 hisobida yutqazib qo'ydi. Yagona golni Mustafo SHerxon evropaliklar darvozasiga urdi. Ikkinchi o'yinda ham Livan Vengriyaga imkoniyatni boy berib qo'ydi - 2:4.
Fransisko Arauxo shogirdlari Osiyo chempionatidan oldin Xitoy Taypei va Yaponiya bilan o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, "A" guruhida O'zbekiston va Livandan tashqari Qirg'iziston hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalari kurash olib borishadi.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar