

O'zbekiston terma jamoasining guruhdagi raqibi bo'lgan Livan 23 va 24 yanvar kunlari Vengriya terma jamoasi bilan o'rtoqlik ikkita uchrashuvini o'tkazdi.
Dastlabki bahsda Livan 1:4 hisobida yutqazib qo'ydi. Yagona golni Mustafo Sherxon yevropaliklar darvozasiga urdi. Ikkinchi o'yinda ham Livan Vengriyaga imkoniyatni boy berib qo'ydi - 2:4.
Fransisko Arauxo shogirdlari Osiyo chempionatidan oldin Xitoy Taypei va Yaponiya bilan o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, "A" guruhida O'zbekiston va Livandan tashqari Qirg'iziston hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalari kurash olib borishadi.





