So’nggi yangiliklar

00:10Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" 2:6  0 00:02Акмал Рустамов: "Юзага келган вазиятлардан фойдаланганимизда 3-4та тўп фарқи билан ютишимиз мумкин эди"  0 23:46Илёс Зейтуллаев: "Бунёдкор" ПФЛ тақдим этаётган тақвимни ҳурмат қилади"  0 23:28Байиндирнинг хатосидан кейин МЮнинг режалари ўзгарди  2 23:15АПЛ. "Вест Хэм" - "Челси". Лондон дербиси учун асосий таркиблар маълум!  3 22:59Абдурауф Бўриев: "Мураббийлар берган тактикани яхши бажардик"  3 22:30Ҳожимат Эркинов: "Андижонлик мухлисларга раҳмат, яхши атмосфера яратиб беришди"  6 22:08Максим Шацких: "Жамоамизда "Андижон" даражасига мос бўлмаган футболчилар бор"  50 21:58Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ва гол инобатга олинмаган ўйинда "Қизилқум" ва "Бунёдкор" муросага келди  23 21:47Камолиддин Тожиев: "Майдонда ўн киши қолиб ҳам ўзимизни кўрсата олдик"  11 21:03Суперлига. "Бобур Арена"да дарвозаларга 8 та гол урилган оқшомда "Пахтакор" "Андижон" устидан ғалаба қозонди  250 20:10Бу йил Супелигада ким чемпион бўлади? Сунъий интеллект жавоб берди  20 19:51"Реал" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисига кўз тикди  6 19:22"Эвертон" "Манчестер Сити" ҳимоячисига даъвогар  0 18:49МЮ ҳужумчисини "Наполи"га қўйиб юборишга тайёр  1

Futzal. Portugaliya - O'zbekiston 5:1. To'liq sharh Yangiliklar

Futzal. Portugaliya - O'zbekiston 5:1. To'liq sharh

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Portugaliyaning Portu shahridagi yig'ini doirasida o'zining birinchi uchrashuvini o'tkazdi.

Xalqaro o'rtoklik turnirida ishtirokini boshlagan Mendez shogirdlari Portugaliya terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Murosasiz tarzda boshlangan o'yin ko'plab chiroyli vaziyatlarga boy bo'ldi.

Har ikkala terma jamoa ham raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yarata olgan bo'lsalarda, aniqlik borasida mezbonlarning natijasi yaxshiroq bo'ldi. Birinchi bo'limda Bruno Koelo va Rikardino tomonidan urilgan gollarga, O'zbekiston Artur Yunusovning aniq zarbasi bilan javob qaytardi. Ikkinchi bo'limda tajribaliroq bo'lgan portugallar Rustam Umarov qo'riqlayotgan darvozani yana 3 bor ishg'ol etishdi va yakuniy natija 5:1 hisobidagi ko'rinishni oldi.

Eslatib o'tamiz, 2 sentyabr kuni O'zbekiston terma jamoasi Portudagi o'zining 2chi uchrashuvini o'tkazadi. Raqib jamoasi Evropaning amaldagi chempioni Ispaniya bo'ladi.



Portugaliya – O'zbekiston uchrashuvining eng yaxshi o'yinchisi Rikardino bo'lib o'tgan bahs haqida fikr bildirib, O'zbekiston aholisini Mustaqillik bayramining 25 yilligi bilan tabrikladi. Xususan, jahonning 2011, 2014 va 2015 yillaridagi eng kuchli futzalchisi shunday dedi:

"Bugun terma jamoangiz juda ham yaxshi o'yin namoyish qildi. Ayniqsa birinchi bo'limdagi pressing bizga ancha qiyinchiliklarni olib keldi, ammo ikkinchi bo'limda biz kuchliroq harakat qildik va haqqoniy g'alabaga erishdik. Bugun O'zbekistonda mustaqillik kuni bayrami ekanliginidan xabarim bor. Fursatdan foydalanib, O'zbekiston aholisini ushbu ulkan bayram bilan chin ko'ngildan tabriklayman va mening social tarmoqlarimdagi ko'plab o'zbek muxlislarimga minnatdorchiligimni bildiraman".

Halqaro o'rtoqlik turniri
Portu, Portugaliya

Portugaliya – O'zbekiston 5:1 (2:1)
Gollar
: B. Koelo (5), Rikardino (19), Migel Angelo (22), Djo (31), Tyago (39) – Yunusov (17)

Portugaliya
Darvozabonlar
: 1.Bebe, 14.Krishtianu
Futzalchilar: 2.Andre Koelo, 3.Bruno Koelo, 4.Migel Angelo, 5.Fabio Sesilo, 6.Pedro Kari, 8.Djo, 9.Joao Matos, 10.Rikardino (s), 11.Re, 13.Tiago Brito

O'zbekiston
Darvozabonlar
:
1.Rustam Umarov, 12.Akmal Xazratqulov;
Futzalchilar: 3.Nodir Eliboev, 11.Artur Yunusov, 14.Konstantin Sviridov, 15.Javlon Anorov, 7.Dilshod Raxmatov, 2.Dilshod Irsaliev, 8.Farxod Abdumavlonov, 13.Feruz Faxriddinov, 4.SHuxrat Tojiboev, 5.Davron CHoriev, 10.Mashrab Odilov, 9.Ilxom Xamroev.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика