So’nggi yangiliklar

08:00Гвардиола кечаги учрашувдан сўнг нималар деди?  1 07:18Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари «Ливерпул»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  5 07:02Бурчак зарбасидан гол ва ассистлар. Неймар «Сантос»га йирик ғалабани тақдим этди  1 02:43Лига 1. "Лион" ва ПСЖ ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, Хакимидан дубль  1 02:39А Серия. Влаховичнинг голи меҳмонда "Ювентус"га ғалаба тақдим этди  0 00:53Киммих "Бавария"да қолишга яқин  0 00:24Абдуқодир Ҳусанов бугунги ўйинда қандай статистика қайд этди?  5 00:15АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпуль"га мағлуб бўлди, Ҳусанов ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  1 23:35Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Айнтрахт"га жавобсиз 4та гол урди, мюнхенликлар энг яқин таъқибчиларидан 8 очко илгарилаб кетишди  2 23:29БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" кутилмаганда "Шаржа"дан устун келди, "Ал Ваҳда"дан йирик ғалаба  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Ливерпуль"га ютқазди. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг катта балл олди  181 23:00U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистон ўз юришини чорак финалда тўхтатди  11 22:32"Челси" Ла Лигадаги ҳимоячи билан шартнома имзоламоқчи  1 22:10Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Жирона"ни мағлуб этиб, очколар бўйича "Барса"га етиб олди, 39 ёшли Модрич ўйинда ҳисобни очди  64 21:56Гризманн ўзининг "Атлетико"даги келажагини белгилаб олди  0

Futzal. O'zbekiston terma jamoasi Kuvaytni taslim etdi, yarim finaldagi raqibimiz - Yaponiya Yangiliklar

Futzal. O'zbekiston terma jamoasi Kuvaytni taslim etdi, yarim finaldagi raqibimiz - Yaponiya

Futzal bo'yicha Osiyo chempionati chorak finalidan o'rin olgan Quvaytga hamda O'zbekiston o'rtasidai bahs yakunlandi.

Osiyo chempionati. CHorak final

O'ZBEKISTON - QUVAYT 3:0

Gollar: Anasxon Rahmatov (D.Rahmatov) 14, Davron CHoriev (I.Hamroev) 21, Husniddin Nishonov 34.

O'zbekiston (birinchi beshlik):  Ravshan Eliboev, Ixtiyor Ropiev, Ilhom Hamroev, Husniddin Nishonov, Davron CHoriev

Zaxira: Rustam Umarov, Anasxon Rahmatov, Mashrab Adilov, Sunnat Jo'raev, Dilshod Rahmatov, Elbek To'lqinov, Akbar Usmonov, SHaxram Fahriddinov, Davlat Ibragimov

Kuvayt: 1. Muhammad Alhuazim, 2.Hamad Hayat, 6.Abdulrahmon Alvadi, 7.Abdulrahmon Altavail, 14. Saloh Alfadhel.

Zaxira: 2. Xolid Abdulloh, 3. Yusuf Alhalifa, 4. Ahmad Alforsi, 8. Najib Ali, 9. Abdulrahmon Almosabehi, 10. Abduelteif Alabasi, 12. Hamad Alavadhi, 13. Ali Alsaif.


Raqib jamoa o'yin tugashini kutib o'tirmadi va jamoamiz vakillarini g'alaba bilan tabriklab qo'yishdi.

40. Jamoamiz bugungi bahsni o'ta ishonchli o'ynadi. Keyingi bosqichdagi raqibimiz Yaponiya bo'ladi.

37. Yarim finalga chiqishimizga 3 daqiqadan ko'proq vaqt qoldi.

34. GOOOL! 3:0! Ko'pchilik bo'lib hujum qilayotgan mezbonlar to'pni oldirishdi va jamoamiz tezkor qarshi hujum boshladi. Raqib posboni darvozasiga qayta olmadi, darvozani berkitgan o'yinchi esa Nishonovning zarbasini qaytarishga ojizlik qildi.

32. Nishonov uzoq masofadanchap oyoqda kuchli zarba berdi, biroz noaniq.

30. O'yin shunday davom etaversa vakillarimiz tez orada uchinchi golni ham urishadi.

29. Kuvaytning ko'pchilik bo'lib oldinga o'tishi ham foyda bermayapti. Bu turnirda bizga faqat Eron jiddiy muammo tug'dirishi mumkin ekan.

27. Eliboeeev! Raqib darvozabonsiz o'ynayotgan bir paytda vakillarimiz to'pni olib qo'yishdi. Eliboev to'pni olishi bilan darvozag azarba berdi, biroz aniqlik etishmadi.

24. TO'LQINOOV! Elbekning burchakka yaqin joydan bergan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi, aks xolda hisob 3:0 bo'lardi.

22. Kutilmaganda kuvaytlik futzalchining mazasi qochib qoldi. Takroriy lavhalarda unga vakilimiz nozik tegib qo'ygani ko'rindi. Mezbonlarning jarima zarbasini terma jamoamiz vakillari butun jamoa bo'lib qaytarishdi.

21. Ikkinchi bo'lim boshlandi va GOOOL! CHORIEEEV! Davron CHoriev jamoadoshi bilan devor uslubida o'ynab, to'pni qaytarib oldi va raqib darvozasining uzoq burchagiga kuchli hamda aniq zarba berib, hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi.

- Biz qaytdik va bir necha soniyalardan so'ng O'zbekiston hamda Kuvayt terma jamoalari o'rtasidagi futzal bo'yicha Osiyo Kubogi chorak final bahsining ikkinchi bo'limi boshlanadi.

TANAFFUS! 1:0

20. CHoriev yana bir bor to'pni darvozabon ustidan tashladi, ammo so'nggi pallada posbon to'pni qo'li bilan urib yubordi.

20. Birinchi bo'limning so'nggi daqiqasi. To'p biznikilarda.

18. Kuvayt o'ynovchi darvozabon bilan harakatlanyapti, hozircha  raqib faqat uzoqdan beriladigan zarbalarga kuchi etmoqda.

16. CHoriev Kuvayt darvozabonini aldab o'tdi va zarba berdi, afsuski to'p ustunga tegib, maydonni tark etdi.

15. Darvon CHoriev to'pni olib qo'ydi va tezkor qarshi hujumni boshlab berdi, ammo vakillarimiz unga biroz kechikishdi.

14. CHORIEEEV! Darvonning markazdan bergan zarbasini Kuvayt posboni qiyinchilik bilan qaytardi.

14. GOOOOL! Burchakdan havolatib uzatilgan to'pni Anasxon Raxmatov darvozaga kuchli zarba bilan joylab qo'ydi!

11. Ropiev raqib darvozaboni uzatgan to'pni ilib ketishiga oz qoldi.

10. Ropiev kutilmaganda havodan kelayotgan to'pga noodatiy tarzda tegdi va to'p darvozabonimizga ketdi, Eliboev o'zini yo'qotmadi va tezda xavfni uzoqlashtirdi.

10. Taym aut, Kuvayt terma jamoasi ustozi 1 daqiqalik tanaffus oldi.

7. Jarima zarbasi, raqib futzalichimizga nisbatan xavfli o'ynagani uchun xushtak chalindi.

6. Jamoamizning navbatdagi hujumiga biroz omad etishmadi.

2. Navbatdagi zarbaaa! Nishonovning bu safargi zarbasi avvalgisidanda xavfli chiqdi. To'p to'singa tegib qaytdi.

2. Zarbaaa! Nishonov burchakka yaqin hududda to'pni darvozabon ustun oshirib, gol urishga harakat qildi, afsuski zarba noaniq bo'ldi.

1. Futzalchimiz jarohat oldi, terma jamoamiz shifokori unga tibbiy yordam ko'rsatyapti.

1. Yarim final uchun bahs boshlandi. Biznikilar oq, Kuvayt ko'k rangli libosda harakat qilishadi.

- Rustam Umarov jamoa sardori sifatida qurada ishtirok etib,to'p va darvozani raqib bilan bo'lishib olishdi.

- Assalomu alaykum hurmatli futzal va futbol muxlislari. Bugun terma jamoamiz Quvaytda o'tayotgan futzal bo'yicha Osiyo Kubogining chorak finalida mezbon mamlakat vakillariga qarshi maydonga chiqishadi. 

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика