Futzal. O'zbekiston Xitoyga qarshi ikkinchi o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi
28 apr 2014 10:55
Yangiliklar
Futzal. O'zbekiston Xitoyga qarshi ikkinchi o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi 27 aprel kuni Xitoy terma jamoasiga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.
Bu haqda O'FF rasmiy tvitteri xabar berdi.
Ikkinchi o'yin O'zbekistonning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan tugadi. Xitoyliklar darvozasiga urilgan yagona golga bu safar ham Dilshod Rahmatov mualliflik qildi. Bu jamoalar o'rtasidagi dastlabki bahsda 1:1 hisobi qayd etilgandi.
Bugun O'zbekiston terma jamoasi Vetnamga uchib ketadi.
Eslatib o'tamiz, 30 apreldan 10 mayga qadar davom etadigan Osiyo chempionati guruh bosqichida O'zbekiston Yaponiya, Janubiy Koreya va Qirg'iziston terma jamoalariga qarshi o'ynaydi.

Fikrlar