Futzal. O'zbekiston terma jamoasi Qirg'iziston bilan ikkita o'yin o'tkazadi
13 may 2015 15:01
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/171918_original.jpg)
![](/upload/storage/171918_220.jpg)
Futzal. O'zbekiston terma jamoasi Qirg'iziston bilan ikkita o'yin o'tkazadi
Mamlakatimizda futzal mavsumi oxirlab qoldi.
Oliy liga yakuniga etgach terma jamoa yig'inlari boshlanadi
Xose Mariya Mendez milliy terma jamoani birinchi iyunda to'playdi. Dastlabki yig'in Toshkentda bo'lib o'tadi, ushbu yig'in doirasida O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Qirg'iziston bilan ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazishadi. Qo'shnilarimiz bilan uchrashuvlar 19 va 20 iyun sanalarida "O'zbekiston" sport majmuasida bo'lib o'tadi. Mehmonlar Toshkentga 18 iyun kuni uchib kelishadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi keyingi yil Toshkentda o'tkaziladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rishmoqda. Ushbu qita birinchiligi Jahon chempionatiga yo'llanma berishi bilan ham etiborlidir.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar