Futzal. O'zbekiston terma jamoasining JCHdagi o'yinlari taqvimi
20 may 2016 05:41
Yangiliklar
Futzal. O'zbekiston terma jamoasining JCHdagi o'yinlari taqvimi
Hozirgina Kolumbiyaning Medelin shahrida futzal bo'yicha 2016 yilgi Jahon chempionatiga qura tashlash marosimi yakuniga etdi.
Unga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi "A" guruhida mezbonlar Kolumbiya, Portugaliya hamda Panama terma jamoalariga qarshi kurash olib boradi. Quyida O'zbekiston terma jamoasining mundialdagi guruh o'yinlari taqvimini keltirib o'tamiz:
"A" guruhi
1. Kolumbiya
2. Portugaliya
3. O'zbekiston
4. Panama
1-tur
10.09.2016
18:00. O'zbekiston - Panama (Kali)
20:00. Kolumbiya - Portugaliya (Kali)
2-tur
13.09.2016
18:00. Panama - Portugaliya (Kali)
20:00. Kolumbiya - O'zbekiston (Kali)
3-tur
16.09.2016
20:00. Panama - Kolumbiya (Kali)
20:00. Portugaliya - O'zbekiston (Medelin)
Eslatib o'tamiz, hisob bo'yicha sakkizinchi Jahon chempionati 10 sentyabrdan 1 oktyabrga qadar davom etadi.
P.S. Barcha o'yinlar mahalliy vaqt bilan berilgan.
Fikrlar