Futzal. O'zbekiston terma jamoasining bugungi mashg'uloti
23 avg 2016 17:14
Yangiliklar
Futzal. O'zbekiston terma jamoasining bugungi mashg'uloti
Terma jamoamizning kunduzgi mashg'ulotida bosh murabbiy Xose Mariya Mendez asosan o'yin paytida yuzaga keladigan holatlar, himoyada va hujumda qanday harakat qilish zarurligi, imkoniyatlardan unumli foydalanish ustida ish olib bordi. Mundial boshlanishiga oz vaqt qolgani bois og'ir jismoniy mashqlardan foydalanilmayapti.
O'zbekiston terma jamoasining bugungi mashg'ulotida qatnashgan futzalchilar:
Darvozabonlar: Rustam Umarov, Akmal Xazratqulov, SHavkat Ibragimov.
O'yinchilar: Farhod Abdumavlonov, Artur Yunusov, SHuhrat Tojiboev, Konstantin Sviridov, Nodir Eliboev, Davron CHoriev, Javlon Anorov, Ilhom Hamroev, Andrey SHlema, Dilshod Rahmatov, Dilshod Irsaliev, Tohir Abdurazzoqov, Jamoliddin SHaripov, Feruz Faxriddinov, Mashrab Odilov.
Bugun Mashrab Odilov va Javlon Anorovlar kichik jarohat olib mashg'ulotni oxirigacha etkaza olishmadi. Terma jamoamiz shifokorlarining so'zlariga ko'ra, ularning jarohati jiddiy emas.
Mundialda ishtirok etadigan yakuniy ro'yxatdan yuqoridagi futzalchilardan 14 nafari joy oladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi mundialga tayyorgarlik jarayonidagi navbatdagi uchrashuvni 28 va 29 avgust kunlari Eron terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar