So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  5 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Futzal. O'zbekiston terma jamoasining bugungi mashg'uloti Yangiliklar

Futzal. O'zbekiston terma jamoasining bugungi mashg'uloti

Teglar :  Futzal
Xose Mariya Mendez boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi 27 iyundan yig'inga kirishdi.

Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan olib borilmoqda. Ertalabki mashg'ulot 10:00da, kechkisi esa 17:00da o'tkazilmoqda.

Mendez avvaliga yig'inga 20 nafar futzalchini chaqirgan edi, ammo so'nggi pallada Feruz Faxriddinov "Olmaliq" jamoasi bilan klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etadigan bo'ldi va yig'indan ozod etildi. "Nafis" jamoasi azosi Muhammad Rajabov esa malum sababga ko'ra, yakuniy ro'yxatdan tushib qoldi.

Bugun ertalabki mashg'ulotda 18 o'yinchining barchasi ishtirok etdi. Bular:
Darvozabonlar: Akmal Xazratqulov, SHavkat Ibragimov, Ramil Almamedov.
O'yinchilar: Dilshod Irsaliev, Nodir Eliboev, Dilshod Rahmatov, Ilhom Xamroev, Eldor Hoshimov, Davron Abdurahmonov, Alan Aminov, Sirojiddin Mahmudov, Mashrab Odilov, Dilmurod SHavkatov, Ilhom Rajabov, Alisher Ibragimov, Tohir Abdurazzoqov, Said Rizo Mirsharofov, Akbar Usmonov.

Bosh murabbiy hozircha og'ir yuklamalar bermayapti va engil mashqlar bilan birga to'p bilan ko'proq ishlatmoqda.

Kechki mashg'ulot trenajerda boshlanadi va zalda davom ettiriladi.
Barcha mashg'ulotlar "O'zbekiston" sport majmuasida o'tkazilmoqda.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi 12, 13, 14 iyul kunlari Tojikiston bilan Toshkentda uchta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика