Futzal. O'zbekiston terma jamoasi bugun yig'inni yakunlaydi
22 iyu 2016 16:58
Yangiliklar
Futzal. O'zbekiston terma jamoasi bugun yig'inni yakunlaydi
Bugun ana shu yig'inning so'nggi kuni. Bugun kunduzgi mashg'ulotda 16 nafar futzalchi ishtirok etdi. Ular:
Darvozabonlar: Akmal Xazratqulov, SHavkat Ibragimov, Ravshan Eliboev.
O'yinchilar: Dilshod Irsaliev, Nodir Eliboev, Dilshod Rahmatov, Eldor Hoshimov, Alisher Ibragimov, Alan Aminov, Sirojiddin Mahmudov, Mashrab Odilov, Dilmurod SHavkatov, Ilhom Rajabov, Tohir Abdurazzoqov, Said Rizo Mirsharofov, Akbar Usmonov.
Xose Mariya Mendez mashg'ulotda tezkorlik bilan o'ynash, tezda qaror chiqarish kabi jihatlarga etibor qaratdi. Jamoa bugun kechki mashg'ulotni o'tkazgach yig'inga yakun yasaladi. SHundan so'ng, o'yinchilarga bir necha kun dam beriladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi 9 va 10 avgust kunlari Olma-ota shahrida Qozog'iston terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Fikrlar