Futzal. O'zbekiston MTJning Afg'onistonga qarshi tarkibi ma'lum

Tolibjon Qosimov
23 okt 2019, 16:51
Bugun Eronning Urmiya shahrida futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020 saralash bahslari start oldi.

Markaziy va Janubiy mintaqadagi saralash o'yinlarida 7ta jamoa ishtirok etadi. Yakunda har ikkala guruhdan birinchi-ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar Osiyo chempionatiga yo'l oladi. Agar Turkmaniston terma jamoasi birinchi yo ikkinchi o'rinni egallasa, unda eng yaxshi 3-o'rin egasi ham Osiyo chempionatiga boradi. O'yinlarga Eron mezbonlik qiladi va 23-25 oktyabr oralig'ida o'tkaziladi.

Birozdan so'ng O'zbekiston hamda Afg'oniston terma jamoalari o'rtasidagi bahs start oladi. Bosh murabbiyimiz Bahodir Ahmedov "G'adir Hall" sport majmuasida o'tadigan uchrashuv uchun tarkibni e'lon qildi.

Osiyo chempionati-2020 saralashi
Markaziy va Janubiy mintaqasi
"A" guruhi
, 1-tur
O'zbekiston - Afg'oniston
O'zbekiston:
1.Rustam Umarov, 4.Ixtiyor Ropiev, 6.Ilhomjon Xamroev, 8.Xusniddin Nishonov, 14.Sunnatullo Jo'raev.
Zaxira: 12.Ravshan Eliboev, 2.Xushnur Erkinov, 3.Mashrab Adilov, 5.Shahzod Sadiev, 7.Dilshod Rahmatov, 9.Dilmurod Shavkatov, 10.Davron Choriev, 11.Akbar Usmonov, 13.Dilmurod Jumaev.

Afg'oniston (birinchi beshlik): 12.Ali Rizo Qurboni, 3.Seyed Husseyn Mousavi, 4.Mahdi Norouzi, 5.Mohsen Rizoyi, 10.Akbar Kazemi.
Zaxira: 1.Muhammad Javad Safari, 2.Yasin Jafari, 6.Hussayn Qodimi, 7.Ali Fayoz, 8.Rizo Karimi, 11.Farzad Mahmudi, 13.Hadi Jafari, 14.Murtazo Muhammadi.


"A" guruhi - O'zbekiston, Tojikiston, Nepal, Afg'oniston.

"B" guruhi - Eron, Qirg'iziston, Turkmaniston.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia