Futzal. O'zbekiston kubogi bahslari "Futbol" TVda jonli efirda namoyish etiladi
06 mar 2025 18:22
Yangiliklar
Futzal. O'zbekiston kubogi bahslari "Futbol" TVda jonli efirda namoyish etiladi
O'zbekiston futzal federaciyasi O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan rasman bitim imzoladi.
Ushbu shartnomaga ko'ra, 9 mart sanasidan Farg'ona shahrida start oladigan mamlakat kubogining barcha uchrashuvlari O'zMTRKning Futbol-TV hamda Sport-TV telekanallari orqali to'g'ridan-to'g'ri, jonli tarzda efirda namoyish qilinadigan bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston kubogining "A" hamda "B" guruhlari 1-tur bahslari Farg'onadagi "Samo" sport majmuasida bo'lib o'tadi.
O'zbekiston futzal federaciyasi matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar