Futzal. Osiyo chempionati 2014: "D" guruhi vakillari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi
30 apr 2014 14:22
Yangiliklar
Futzal. Osiyo chempionati 2014: "D" guruhi vakillari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi
Bugun, 30 aprel kuni Vetnamning Xo SHi Min shahrida futzal bo'yicha XIII Osiyo chempionatiga start beriladi.
Musobaqaning birinchi kunida “A” va “V” guruhlarida joylashgan jamoalar o'zlarining birinchi uchrashuvlarini o'tkazadi. O'zbekiston terma jamoasi ishtirokidagi birinchi bahs esa, 1 may kuni bo'lib o'tadi. Unda Bahodir Ahmedov shogirdlari Qirg'iziston terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. “D” guruhidan joy olgan yana bir uchrashuvda musobaqaning amaldagi g'olibi – Yaponiya terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi o'ynadi.
Osiyo chempionatining eng kuchli kvarterti deb atalayotgan, “D” guruhida ishtirok etadigan jamoalarning bosh murabbiylari bugun matbuot anjumanida qatnashishdi. Quyida murabbiylarning musobaqa bilan bog'liq bo'lgan fikrlari keltirilgan.
Migel Rodrigo (Ispaniya) – Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi:
- Osiyo chempioati biz uchun juda muhim musobaqa. Yaponiya terma jamoasi ushbu turnirning amaldagi g'olibi hisoblanadi. Biz chempionlikni o'zimizda saqlab qolish niyatida Vetnamga tashrif buyurdik. Bundan 2 yil oldingi musobaqada ishtirok etgan jamoa tarkibidan bizning safimizda 6 nafar o'yinchi qolgan. Hozirda Yaponiya terma jamoasi shanini asosan yosh futzalchilar himoya qilmoqda, shu sababdan ham biz hech qanday bosimni sezmayapmiz. Kuchimizga ishongan holda Osiyo chempionatini yana bir bor yutmoqchimiz. Musobaqaning taqvimiga nazar solsak, yarim finalda bizga Eron terma jamoasi duch kelishi mumkin, ammo biz hech kimdan qo'rqmaymiz. Guruhimiz to'g'risida gapiradigan bo'lsam, so'zsiz, bizning guruh turnirning eng kuchli guruhidir. O'zbekiston va Qirg'iziston hamisha favoritlar qatorida yurishsa, Janubiy Koreya terma jamoasini dunyoning eng kuchli murabbiylaridan hisoblangan ispaniyalik mutaxassis boshqarib kelmoqda.
Raul Eskuderov (Ispaniya) – Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi:
- Biz musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko'ra olmadik. Boisi, kuchli raqiblarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazmadik. Tayyorgarligimiz Janubiy Koreyaning o'zida o'tdi. Quraga ko'ra, biz juda qiyin guruhga tushib qoldik. Jamoamizning asosiy maqsadi – tajriba to'plash, ammo biz qo'ldan kelgancha harakat qilamiz va guruhdan chiqishga intilamiz.
Rustam Isaev – Qirg'iziston terma jamoasi bosh murabbiyi:
- Tayyorgarligimiz ko'nglidagidek bo'ldi. Musobaqadan oldin biz Issiq-Qo'lda yig'in o'tkazdik va undan so'ng Qozog'istonga yo'l olib u erda bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etdik. Vetnamda birinchi bahsimiz O'zbekiston terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi. Raqibni yaxshi o'rganib chiqdik va biz o'yinga tayyormiz.
Bahodir Ahmedov – O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi:
- Osiyo chempionati – jiddiy musobaqa. Unga tayyorgarlik ham jiddiy bo'lishi kerak. Biz uchun Osiyo chempionatiga tayyorgarlik Toshkentdagi saralash uchrashuvlaridan so'ng boshlangan. SHu vaqt ichida jamoamiz yig'inlarda ishtirok etib, o'rtoqlik uchrashuvlarini ham o'tkazdi. Oxirgi uchrashuvlar Eronga va Xitoyga qarshi aprel oyida o'tkazildi. O'zbekiston terma jamoasi o'z oldiga albatta eng yuqori maqsadlarni qo'ygan, lekin biz bosqichma-bosqich harakat qilmoqchimiz. Hozirda guruhdan chiqish vazifasini uddalash niyatidamiz. Guruh favoriti sifatida Yaponiya terma jamoasini ko'rsatgan bo'lardim. Ushbu jamoani Osiyoning grand jamoalari qatoriga qo'shsa bo'ladi. Guruhdagi barcha raqiblarga hurmat bilan qaraymiz, ammo musobaqaning keyingi bosqichiga chiqish uchun ularni mag'lubiyatga uchratishimiz kerak. Hozirda aynan shu narsalar to'g'risida o'ylayapmiz.

Fikrlar