So’nggi yangiliklar

02:36"Милан" Италия кубоги финалида "Болонья"га имкониятни бой берди!  2 02:25Ла Лига. "Реал Мадрид" сўнгги дақиқада гол уриб, "Мальорка"ни мағлубиятга учратди. "Барселона" чемпионликни ўзи ҳал қилишига тўғри келади  37 00:55“Иштихон” бош мураббийи Миржалол Лоқаев: "Йигитларимиз уч ойдан бери маошсиз ўйнашмоқда. Вазият ўзгаришини кутяпмиз"  1 00:41Элдор Мойлиев: "Учрашувнинг 17:00га қўйилгани икки жамоага ҳам ноқулай бўлди"  1 00:31Виталий Левченко: "Ҳамма футболчимизда ОКМКга қарши майдонга тушиш имконияти мавжуд"  1 00:20Сервер Жепаров: "Нефтчи" каби рақибларга қарши камчиликлар яққол кўринади"  0 00:00ЦСКА "Зенит"га қарши пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, Россия кубоги суперфиналига йўл олди! Файзуллаев захирадан майдонга тушди  13 23:55Сервер Жепаров Халқаро футбол ассоциациялари кенгашининг футбол бўйича маслаҳат гуруҳи аъзолигига қабул қилинди  1 23:25Флориан Виртцга Англиядан яна бир харидор пайдо бўлди  1 22:55Браим Диас жароҳати сабаб Ла Лигадаги кейинги ўйинни ўтказиб юборади  0 22:31Родриго: "Уйдирма тарқатишни бас қилинг"  7 22:01"Челси" Энцо Маресканинг келажаги бўйича бир қарорга келди  2 21:29Флик: "Анчелотти – ҳақиқий жентелмен"  28 21:10Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ўз ўйинларида ғалаба қозониб, плей-офф босқичига йўл олишди  10 20:36Асрор Алиқулов: "Кубок учрашувига U-21 жамоасидан кўпроқ футболчи жалб қилдик. Лекин..."  0

Futzal. "Olmaliq" chorak finalda to'xtadi Yangiliklar

Futzal. "Olmaliq" chorak finalda to'xtadi

Bugun futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatining chorak final o'yinlari o'tkazildi.

"Olmaliq" bu bosqichda Tailand chempioni "CHonburi Blyuveyv"ga qarshi kurash olib bordi va 1:4 hisobida mag'lub bo'lib musobaqani tark etdi.

Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati
CHorak final, 19.07.2016

"CHonburi Blyuveyv" - "Olmaliq" 4:1
Bangkok, "Bangkok Arena"

Gollar: Jetsada 12, Supxavut 14, Jiravat 17, Rudimar Venansio 36 -J.SHaripov 1,
"CHonburi Blyuveyv" (birinchi beshlik): 12.Katavut Hankampa, 3.Suttiroj Nattapon, 4.Rudimar Venansio (Xapa), 8.Jiravat Sornvichian, 9.Supavut Tuenklang.
Zaxira: 1.Tompa Surapong, 2.Peerapat Kaevvilai, 5.Ampol Sriragyu, 6.Tanatorn Santanaprasit, 7.Apivat CHaemcharion, 10.Nattavut Madyalan, 11.Jetsada CHudech, 13.Saravut Jaipech, 14.Sorasak Puunjungrid.

"Olmaliq" (birinchi beshlik): 1.Rustam Umarov, 2.Farhod Abdumavlonov, 4.SHuhrat Tojiboev, 10.Jamoliddin SHaripov, 14.Konstantin Sviridov.
Zaxira: 3.Feruz Faxriddinov, 5.Maqsud Fayzullaev, 6.Javlon Anorov, 7.Xurshid Umaraliev, 8.Jasur Sodiqov, 9.Andrey SHlema, 13.Davron CHoriev, 11.Sunnat Kuralov, 12.Klim Tyugaev.

Ogohlantirishlar: Davron CHoriev 6, Nattavut 12

CHetlatish: Davron CHoriev 7



                                      MATNLI TRANSLYACIYA

                                               YANGILASH

40. O'yin tugadi.

40. "Olmaliq" musobaqa mezboniga qarshi munosib qarshilik ko'rsatdi. Biroq Tailand klubi kuchlilik qilib yarim finalga yo'llanma oldi.

39. Uchrashuv tugashiga 1 daqiqa qoldi

37. "Olmaliq" o'ynovchi darvozabon bilan o'ynashni davom ettirmoqda, shu bois mezbonlarda qarshi hujumda imkoniyatalr ko'p bo'lmoqda.

36. GOL! 4:1. Rudimar Venansio birga bir vaziyatga chiqib hisobni yiriklashtirdi

36. Raqib posboni to'pni qo'lida belgilanganidan ko'proq ushlab yubordi. "CHonburi" darvozasi tomon jarima to'pi.

35. ZARBA! Supxavut zarba berdi, Umarov zarbani qaytardi!

35. O'yin tugashiga 5 daqiqa qoldi. "Olmaliq" o'ynovchi darvozabon bilan harakat qila boshladi

34. Petrov taym aut oldi

33. Zarba! Tailandliklarning zarbasi noaniq chiqdi. "CHonburi"ning asosiy futbolchilariga dam berilgan. Ular o'yinni chetdan kuzatishmoqda

32. Burchak to'pidan keyin Anorov zarba bera olmadi

32. Uchrashuv tugashiga 8 daqiqa qoldi

29. "Olmaliq" gol urishga harakat qilmoqda. Omad kelmayapti

27. "CHonburi" u qadar katta kuch bilan hujumga o'tayotgani yo'q. Ularni natija qoniqtiradi

26. ZARBAAAAAAAAAA! Jiravatning kuchli zarbasini Umarov qaytardi

25. QANDAY VAZIYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAT! SHaripov chap qanotdan oldinga o'tib to'pni bo'sh darvoza qarshisidagi Anorovga uzatdi, Javlon to'pga oyoq qo'ya olmadi!

25. Sviridov maydon markazida fol qildi. Taymdagi ilk fol

24. Zarba! Anorovning kuchli zarbasini darvozabon qaytardi!

23. Andrey SHlyomaning kuchli zarbasi noaniq chiqdi.

23. Jetsada juda kuchli faol o'ynamoqda.

22.ZARBA! Jetsadaning kuchli zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi

21. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


Dastlabki bo'limni "Olmaliq" tezkor gol bilan boshladi. Biroq Davron CHorievning chetlatilishi jamoaga tasir qilmay qo'ymadi. Tailandliklar birinchi bo'limda juda ko'p hujum qilishdi va 3ta gol urishdi. Ikkinchi taymni kutamiz.

20. Birinchi bo'lim tugadi. "CHonburi" - "Olmaliq" 3:1. Tanaffus

20. Zarba! Yana Abdumavlonov zarba berdi, posbon o'z o'rnida!

20. DARVOZA TO'SINI! Nattavutning zarbasi to'singa tegib qaytdi!

20. So'nggi daqiqa boshlandi

19. ZARBA! Farhod Abdumavlonovning zarbasi noaniq chiqdi

19. "CHonburi"ning hujumi, Jiravatga uzatilgan to'p noaniq chiqdi

19. Birinchi bo'lim tugab bormoqda. Agar taym so'nggiga qadar "Olmaliq" fol qilsa raqib dabl penalti tepadi.

18. ZARBA! Jamoliddin SHaripovning zarbasi yo'liga raqib himoyachisi to'g'anoq bo'ldi

17. GOL! Jiravat jarima to'pidan uzatilgan to'pni darvozaga joylab qo'ydi - 3:1.

17. "Olmaliq"da beshta fol! SHlyoma qo'l bilan o'ynadi to'pni

17. Zarba! Javlon Anorovning zarbasi noaniq chiqdi, to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

17. Uchrashuvni tomosha qilish uchun quyidagi HAVOLAGA o'ting. Video TAS-IX hududida emas.

16. Faxriddinovning zarbasi kuchsiz chiqdi.

16. "CHonburi"ni zalga yig'ilgan minglab muxlislar qo'llab turishibdi

15. Hisobda ortda qola boshlagach "Olmaliq" hujumkorlikni oshirdi.

14. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! Umarovning pasidan so'ng Feruz Faxriddinov kuchli zarba berdi, to'pni darvozabon qaytardi!

14. GOL! 2:1. Supxavut! Jamoasini oldinga olib chiqdi.

13. Goldan keyin ham "CHonburi" hujumkorlikni susaytirgani yo'q.

12. GOL! 1:1. Jetsadaning o'ta kuchli zarbasi oldida Rustam Umarov ojiz qoldi! CHiroyli gol!

12. ZARBAAAA! Tojiboevning jarimadan yo'llagan zarbasini posbon qaytardi!

12. Nattavut ogohlantirildi.

11. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAA! SHuhrat Tojiboevning chap tomondan yo'llagan zarbasidan so'ng posbon to'pni qaytardi!

11. Hozir Abdumavlonov raqibni yiqitdi va jamoasiga to'rtinchi folni "olib berdi"

11. "Olmaliq" faqat qarshi hujumda o'ynamoqda

10. Tashabbus "CHonburi" tomonida, to'pni ular nazorat qilishmoqda

9. Ikki daqiqa o'tdi, "Olmaliq" butun tarkibda o'yinni davom ettiradi.

9. Supxavutning zarbasi noaniq chiqdi.

9. Endi tailandliklar taym aut olishdi.

8. "Olmaliq" 2 daqiqa davomida bir kishi kam bo'lib o'ynaydi. SHundan so'ng to'rtinchi o'yinchi tushishi mumkin. Faqat CHoriev bu o'yinda boshqa maydonga tushmaydi.

7. QIZIL! Hozirgina ogohlantirilgan Davron CHoriev to'pni tepib yuborgani uchun ikkinchi sariqni olib qizil kartochka oldi!

7. ZARBAAAAAAAAAA! Jarimadan yo'llagan zarbani Rustam Umarov qaytardi!

7. "Olmaliq"da ikkinchi fol. Davron CHorievga sariq kartochka.

6. O'yin biroz tenglashdi, goldan so'ng tashabbus to'liq Tailand klubi tomonida edi.

6. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAA! Tojiboev jarima to'pini amalga oshirdi, Sviridovning zarbasi noaniq bo'ldi!

6. Ikkala jamoada ham bittadan fol.

6. "Olmaliq" taym aut oldi.

5. ZARBAAAAAAAAAAAAAAA! Jamoliddin SHaripov birga bir vaziyatga chiqib ketdi, biroq zarba noaniq chiqdi!

5. UMAROV! Qanotdan oshirilgan to'pni Rustam qaytarib yubordi!

5. ZARBAAAAAAAAAAAAAA! Juda xavfli vaziyat! Nattavutning pasidan so'ng Saravut Jaipech noaniq zarba berdi!

4. ZARBAAAAAAAAAAA! Tailandliklar ikki marta Rustam Umarov qo'riqlayotgan darvoza to'sinini nishonga olishdi!

4. Uchrashuvni tomosha qilish uchun quyidagi HAVOLAGA o'ting. Video TAS-IX hududida emas.

3. ZARBA! Mezbonlarning ilk zarbasi, Nattavutning zarbasi noaniq ketdi.

3. Xavfli vaziyat! Venansio sal qolsa o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'yay dedi. Darvozabon to'pni qaytardi!

2. ZARBA! Abdumavlonov zarba berdi, to'p darvoza ustidan o'tib ketdi

1. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 10 soniyada Jamoliddin SHaripov hisobni ochdi. Autdan SHuhrat Tojiboevning uzatgan to'pini SHaripov darvozani ishg'ol qildi.

- Uchrashuv boshlandi.



Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика