Futzal. "Olmaliq" chorak finalda "CHonburi Blyuveyv"ga qarshi o'ynaydi
17 iyu 2016 19:22
Yangiliklar
Futzal. "Olmaliq" chorak finalda "CHonburi Blyuveyv"ga qarshi o'ynaydi
Tailandda futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
Bugun guruh bosqichining so'nggi o'yinlari bo'lib o'tdi. Unga ko'ra "Olmaliq" klubi o'z guruhida ikkinchi o'rinni egallab chorak finalga chiqdi. Aleksandr Petrov shogirdlari chorak finalda musobaqa mezboni, "A" guruhi g'olibi bo'lgan Tailandning "CHonburi Blyuveyv" klubiga qarshi o'ynashadi. Bu o'yin 19 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:45da boshlanadi.
CHorak final
19 iyul 2016
10:00 - "Sanna Kan XOA" (Vetnam) - "Dibba Al Xissin" (BAA)
12:45 - "Nafit Al Vasat" (Iroq) - "Al Sadd" (Qatar)
15:15 - "Tasisat Daryoi" (Eron) - "Nagoya Oushens" (Yaponiya)
17:45 - "CHonburi Blyuveyv" (Tailand) - "Olmaliq" (O'zbekiston)
Fikrlar