Futzal. OCH-2014 saralash: Qirg'izistonning tavakkalchiligi o'zini oqlamadi
05 noy 2013 23:41
Yangiliklar

Futzal. OCH-2014 saralash: Qirg'izistonning tavakkalchiligi o'zini oqlamadi
5 noyabr, seshanba kuni futzal bo'yicha Osiyo chempionati Janubiy va Markaziy Osiyo saralash guruhi o'yinlari start oldi.
Musobaqani Qirg'iziston va Tojikiston futzal terma jamoalari o'rtasidagi o'yin ochib berdi. Uchrashuv Toshkentdagi O'zbekiston sport majmuasida bo'lib o'tdi.
Uchrashuvdan avval ko'pchilik Qirg'iziston futzal terma jamoasi imkoniyatlarini yuqori baholagan edi. Qirg'izistonliklar bungacha bir necha Osiyo chempionatlari final bosqichlarida ishtirok etishgan, vaqtida sovrinli o'rinlarga ham davogarlik qilishgan edi. Tojikiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Damir Kamolitdinov esa o'yindan avval tashkil etilgan matbuot anjumanida terma jamoaning 80 foizi professional futzalchilar emas, katta futbol vakillari ekanligini qayd etib o'tgandi.
Biroq uchrashuvda barchasi boshqacha ko'rinish oldi. Tojikiston futzal terma jamoasi butun o'yin davomida katta tashabbusga ega bo'ldi. O'yin boshidan Qirg'iziston darvozasi oldida qator vaziyatlar yuzaga keltirgan tojiklar tanaffusga 4:0 hisobidagi ustunlik bilan chiqib ketishdi. 11-daqiqada terma jamoa sardori Alisher O'lmasov hisobni ochgan bo'lsa, 15-daqiqada SHerzod Jumaev hisobdagi farqni oshirdi. 16- va 19-daqiqalarda uchrashuv qahramoniga aylangan Xurshed Mahmudov tomonidan kiritilgan gol hisobni 4:0 ko'rinishiga keltirdi.
Ikkinchi bo'limda qirg'izlar vaziyatni o'zgartirish uchun astoydil harakat qilishdi va hisobni ikki to'p farqigacha qisqartira olishdi. Bunda Qirg'iziston terma jamoasining o'ynovchi bosh murabbiyi Nurjan Jetibaevning hissasi katta bo'ldi. Birinchi bo'limda ham bir qator qulay vaziyatlarga ega bo'lib, ulardan foydalana olmagan murabbiy ikkinchi bo'limning 14-daqiqasida hisobni qisqartirdi. 30-daqiqada esa Dilshod Qodirov hisobni 4:2 ko'rinishiga keltirdi. Bu vaqtga kelib qirg'izlar tavakkalchilik qilib, maydonda besh o'yinchi bilan harakat qilishayotgan edi – darvoza bo'sh qolgandi. Aynan darvozaning bo'sh qolgani tojiklarga qo'l keldi – 36, 37 va 38-daqiqalarda Qirg'iziston darvozasiga ketma-ket uchta gol kirib, o'yin taqdiri deyarli hal bo'ldi.
2-turda Qirg'iziston futzal terma jamoasi Turkmanistonga qarshi bahs olib borsa, Tojikiston saralash o'yinlari mezboni – O'zbekistonga raqib bo'ladi. Qirg'iziston ishtirokidagi o'yin 6 noyabr, chorshanba kuni soat 16:00da boshlansa, Tojikiston o'z o'yinini xuddi shu kuni 19:00da o'tkazadi. Har ikkala o'yin Toshkentdagi O'zbekiston sport majmuasida o'tkaziladi.
Futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2014 saralash
Janubiy va Markaziy Osiyo saralash guruhi, 1-tur uchrashuvi
5 noyabr, seshanba
QIRG'IZISTON – TOJIKISTON 4:8 (0:4)
Gollar: Nurjan Jetibaev (24, 36), Dilshod Qodirov (30), Mixail Sundeev (40) – Alisher O'lmasov (11, 36), SHerzod Jumaev (15), Xurshed Mahmudov (16, 19, 37, 38, 40).
Ogohlantirishlar: Ulanbek (8), Emil Kanetov (25).
QIRG'IZISTON:
Darvozabonlar: Nikolay, Iurii, Omon.
O'yinchilar: Mirlanbek, Ruslan Ermekov, Rustam Ermekov, Ulanbek, Ilyas, Dilshod Qodirov, Sotiboldi, Maqsadbek, Emil Kanetov, Mixail Sundeev, Nurjan Jetibaev.
TOJIKISTON:
Darvozabonlar: Mirali SHaripov, Murodullo Aliqulov, SHuhrat Bibudov.
O'yinchilar: Mansur Mamedboboev, Xurshed Mahmudov, SHerzod Jumaev, Alisher O'lmasov, Orzu Dodxudoev, Behruz Abdualimov, Samad SHohzuhurov, Daler Oqnazarov, Akbar Muhamedov, SHahrom SHodiev.
Bosh hakam: Ali Rizo Suhrobiy-Bolsiniy (Eron).

Fikrlar