So’nggi yangiliklar

21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  2 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  3 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  7 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  4 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  7 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  2 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  1 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  5 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  9 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  5

Futzal. Nurjan Jetibaev: "Oldimizdagi asosiy vazifa optimal tarkibni topish" Yangiliklar

Futzal. Nurjan Jetibaev: "Oldimizdagi asosiy vazifa optimal tarkibni topish"

12-13 mart kunlari O'zbekiston U-20 va Qirg'iziston U-20 terma jamoalari o'zaro ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishdi.

Ana shu o'yinlardan keyin qo'shnilarimiz bosh murabbiyi Nurjan Jetibaevning fikrlari bilan qiziqdik.

"Bu ikki o'yin murabbiylar shogirdlarini yaxshi tayyorlay olganliklarini ko'rsatdi. Kechagi bahsdan keyin xatolarni to'g'rilashga, standart vaziyatlarni yopishga urindik. Lekin, buning uddasidan chiqa olmadik. Bizga bugun standartdan gol urishdi. Durang - adolatli natija bo'ldi. Yigitlardan mamnunman. To'g'ri, xatolarimiz hali juda ko'p. Oldimizda ancha vaqt bor va biz o'yinimizni kuchaytirishga harakat qilamiz.

Xatolarning ko'pligi yigitlarning yoshligi bilan bog'liq deb o'ylayman. 19 yoshgacha bo'lgan o'yinchilarga konsentraciyani ushlay olish, tajriba va hotimjamlik etishmaydi. Yosh bo'lganliklari uchun ham juda ko'p harakat qilishadi va tez o'ynashadi. Bu narsa u qadar o'xshamagani uchun "brak"lar ko'p bo'ldi. Mana shunday o'rtoqlik o'yinlari orqali kamchiliklar yo'qolib boradi.

Oldimizda turgan dastlabki vazifa optimal tarkibni topish. Osiyo chempionatiga yaqin rahbarlar bilan terma jamoa oldiga qanday vazifa qo'yilishi haqida suhbatlashamiz. Albatta, biz o'z oldimizga doimo yuqori maqsadlarni qo'yamiz. O'ylashimcha, sizning jamoangiz ham to'g'ri yo'ldan ketmoqda. Bizni bu erga taklif qilganliklari uchun rahmat aytaman, bu ikki o'yindan ko'p narsa oldik", - deydi Nurjan Jetibaev.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика