So’nggi yangiliklar

08:26Луис Энрике ПСЖнинг EЧЛдан чиқиб кетишига муносабат билдирди  3 08:00ПСЖ — «Боруссия» учрашувининг «man of the match» соҳиби маълум  5 07:32Эрон чемпионати. Остон рамзийдан жой олди, Машариповчи?  2 07:07Аббосбек Файзуллаев РПЛ рамзий терма жамоасидан ўрин олди  5 06:20Чемпионлар лигаси 1/2 финал. ПСЖ - "Боруссия Д" 0:1  2 06:127та гол урилган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  1 01:53ЕЧЛ. "Боруссия" жавоб ўйинида ҳам ПСЖни мағлуб этиб, дастлабки финалчига айланди  89 01:19Месси тарихда голлар ва ассистлар бўйича пента-трикка эришган биринчи футболчига айланди  42 00:54Агуэро бўлажак АПЛ ғолибини тахмин қилди  3 00:25Испаниялик футболчи юрак хуружига учраган мухлис сабабли ўйинни тўхтатишни сўрагани учун майдондан четлатилди  1 00:06БАА Про лигаси. Эркинов 68 дақиқа ўйнаган баҳсда "Ал Ваҳда" ғалаба қозонди  0 23:48"Ланс" ҳимоячиси ўғрилик қурбони бўлди  2 23:31БМТ 25 майни Бутунжаҳон футбол куни деб эълон қилди  3 23:14Мбаппе Усэйн Болтни пойгага чорлади  1 22:52Миржалол Қосимов: "Клубда ҳеч ким абадий эмас, мен ҳам қачондир кетаман"  9

Futzal. Mutolaa uchun. Yaponiya Osiyo kuboklari tarixida qachon guruhda qolib ketgan? Yangiliklar

Futzal. Mutolaa uchun. Yaponiya Osiyo kuboklari tarixida qachon guruhda qolib ketgan?

Teglar :  FutzalYaponiya
Tailand mezbonlik qilayotgan futzal bo'yicha Osiyo kubogi bahslari qizg'in tus oldi.

O'zbekiston terma jamoasi guruhda birinchi o'rinni egallashi, yorqin o'yinlari qilishimiz kerak bo'lgan doimgi ish. SHunday ekan ajablanarli tomoni yo'q. Lekin musobaqada ko'z ko'rib, quloq eshitmagan natijalar bo'lib ketdi. SHarqiy Osiyo vakillari futzaldami, futboldami doim o'z o'rniga ega bo'lib kelgan. Har bir musobaqada sovrindorlar qatorida bo'lgan. Ayniqsa Yaponiya. "Samuraylar"ni sindirish bu galgi turnirda Markaziy Osiyo vakillari chekiga tushdi. Dastlab Qirg'iz Respublikasi ularni taslim qilgan bo'lsa, Tojikiston durang o'ynab o'zini keyingi bosqichga olib chiqdi. 

Yaponiya tarixida birinchi marotaba 

Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi bahslari 1999 yildan beri o'tkazib kelinadi. SHu paytgacha tashkillashtirilgan 16 musobaqaning 12 tasida sovrindorga aylangan. 3 ta turnirda pley-offda qoqilgan bo'lsa, 1 tasida 1/8 finaldan ortga qaytgan. Yani, "kun chiqar yurt" o'g'lonlari barcha musobaqada guruh bosqichini muvaffaqiyatli bosib o'tgan. Demak Yaponiya o'z tarixida ilk bor ortga juda erta qaytadigan bo'ldi. Yana bir qiziq fakt shuki, 2016 yil Toshkent mezbonlik qilgan Osiyo Kubogida ham shunga o'xshash vaziyat yuz bergani yodimga tushdi. CHorak finalda Vetnam bilan to'qnash kelgan "samuraylar" penaltilar seriyasida imkoniyatni boy beradi. Yutgan jamoa mundial saralashi yo'lida ishtirokini davom ettirardi. SHunga qaramay Yaponiyada imkoniyat saqlanib qolingandi. Buning uchun ular pley-off bosqichida Qirg'iz Respublikasini taslim qilishlari kerak edi. O'shanda Aleksandr Polkovskiy ustozlik qilgan qirg'izistonliklar raqibini 6:2 hisobida taslim qiladi. Ular 8 yildan so'ng yana uchrashishdi. Bu safar ham qurbon Yaponiya. Ammo yakuniy hal qiluvchi bahsda qo'shnilarimiz Avstraliya to'sig'idan o'ta olishmagan edi.

Mundial 8 yildan so'ng "samuraylar"siz o'tadi 

Yaponiya o'z tarixida birinchi marotaba 1989 yil Niderlandiyada o'tgan mundialda qatnashgan. SHundan so'ng keyingi 3 ta Jahon chempionatiga yo'llanma olmagan. 2004 yildan 2012 yilgacha bo'lgan musobaqalarda Yaponiya o'z omadini sinab ko'rgan. 2016 yil Toshkentda o'tgan turnirda omadsizlikka duch kelgan bo'lsa, 2021 yil Litva zallari ularni qarshi olgan. Umumiy hisobda Yaponiya o'zining 5 mundialiga chipta qo'lga kirita olgani yo'q. CHipta sohibi endi boshqa mamlakat. Buni esa bir necha kunlarrdan so'ng bilib olamiz. 

Yaponiya chiqib ketdi. Lekin favoritlar o'zgarmagan 

Osiyo kubogi Yaponiyasiz davom etsada g'oliblik uchun favorit o'zgargani yo'q. O'zbekiston va Eronning imkoniyatlari haqida ortiqcha nutq so'zlashga hojat yo'q. Eronning Osiyodagi gegemonligiga o'tgan musobaqadagiga aynan Yaponiya nuqta qo'ya olgandi. Men terma jamoamizga ishonaman va forslarni yutishiga shubha qilmayman. Bosh sovrinni O'zbekiston terma jamoasi azolari yurtimizga olib kelishlarini istayman. 

Eslatib o'tamiz, turnirda 16 ta jamoa ishtirok etmoqda. To'rtta kuchli jamoa (O'zbekistondan tashqari) shu yil yurtimizda o'tadigan Jahon chempionatida ishtirok etadi. Mezbon davlat O'zbekiston avtomatik tarzda bo'lajak Jahon chempionati ishtirokchisiga aylangan. SHunday qilib, agar O'zbekiston yarim finalga chiqsa, mundialning so'nggi yo'llanma egasini aniqlash uchun alohida pley-off bosqichi takshil etiladi.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика