Jasur Jaloliddinov: "Raqibdan kuchliroq edik"
04 may 01:40
Yangiliklar
Jasur Jaloliddinov: "Raqibdan kuchliroq edik"
– Bugungi final qanday o'tdi?
– O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Buni o'yinda ham ko'rdik. Raqibdan kuchli edik. SHunaqa bo'lishi kerak ekan. Bizga ikki sovrin nasib qilmadi. Lekin nolimaymiz. Tarixiy natija qayd etdik. Kuchli bo'lib yutkazdik. Bu mag'lubiyat bizni yanada kuchliroq bo'lishga undaydik.
– Birinchi bo'limda Yaponiyaga deyarli imkoniyat qoldirmadik, ularni to'psiz qoldirdik. Ular bizga nisbatan follar ishlatishdi, ikkita sariq kartochka olishdi. Bu raqibning bizga kuchi etmaganidan dalolatmidi?
– Menimcha, unday bo'lmadi. Yaponiya yaxshi o'ynadi. Ikkita kuchli jamoalar bahs olib borishdi. SHaxsiy fikrimda qolaman, biz yaxshiroq o'ynadik. Yaponiya o'z vaziyatidan foydalanib ketdi.
– Olimpiya o'yinlariga qisqa vaqt qoldi. Tayyorgarlikni qachondan boshlamoqchisizlar?
– Bu jarayonni tez orada boshlasak kerak. Hozirgina federaciya rahbari ham tayyorgarlikni oshirimizni aytdilar. Olimpiadada bundanda kuchli o'yinlar ko'rsatamiz, deb o'ylayman.
Fikrlar