So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  0 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  6 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  7 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  14 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Futzal. Mundiallar tarixi. JCH-2008. "Qirolning qaytishi" Yangiliklar

Futzal. Mundiallar tarixi. JCH-2008. "Qirolning qaytishi"

SHu yilning 10 sentyabridan 1 oktyabriga qadar Kolumbiyada futzal bo'yicha sakkizinchi Jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Unda tarixda birinchi marotaba O'zbekiston terma jamoasi ham qatnashadi. Bugundan boshlab shu kunga qadar o'tkazilgan barcha mundiallar haqida malumotlarni etiboringizga havola etishda davom etamiz.

JCH-2008



Mini futbol bo'yicha oltinchi Jahon chempionati Braziliyada o'tkazilgan. Unda mezbonlar o'zlarining to'rtinchi chempionliklarini nishonlashgan.

Paulo de Oliveyra boshchiligidagi Braziliya o'z maydonida o'tgan musobaqada barcha raqiblarini tor-mor keltirishadi. Birinchi va ikkinchi bosqichning 7 o'yinida raqiblar darvozasiga 58ta to'p kiritib, o'z darvozalaridan bor yo'g'i 4 bor to'p olib chiqishadi.

Finalda esa charm to'p "sehrgarlari" o'zlarining azaliy raqiblari Ispaniyaga qarshi kurash olib borishadi. Bu Falkao jamoadoshlari asosiy vaqtda yuta olmagan yagona o'yinga aylanadi. 6 metrlik masofadan penaltilar seriyasida esa 10 mingdan ziyod muxlis qarshisida Braziliya avvalgi ikki mundialdagi mag'lubiyatlar uchun o'ch oladi - 4:3, Jahon kubogi Braziliyada qoladi.

SHaxsiy sovrinlarning deyarli barchasini braziliyaliklar yig'ishtirib olishdi. Faqatgina musobaqa to'purari nomi asli braziliyalik bo'lgan Rossiya terma jamoasi azosi Puliga nasib etadi (16 gol). Falkao esa 15ta gol bilan ikkinchi bo'ladi. Lekin, Falkao mundialning eng yaxshi futzalchisi deya etirof etiladi.

Ushbu musobaqaning yana bir etiborga molik jihati Osiyo futzalining afsonasi Eron terma jamoasi azosi Vohid SHamsai chempionatda o'z o'yini bilan barchaning diqqatini tortadi va Jahon chempionatining eng kuchli 10 futzalchisi safiga kiritiladi. Uning jamoadoshi Mustafa Nazari esa braziliyalik Tiagodan keyin mundialning eng yaxshi darvozaboni nominaciyasida ikkinchi pog'onadan joy oladi.



JCH-2008, Final
19.10.2008, "Ginasio Marakanazinyu" sport saroyi
Bosh hakam: Fabian Lopez (Kolumbiya)
Muxlislar: 10082

Braziliya - Ispaniya 2:2 (pen. 4:3)
Gollar:
Markino 24, Vinisius 36 - Torras 27, Alvaro 38

Braziliya (birinchi beshlik): Tiago, Gabriel, SHumaxer, Lenisio, Markino.
Zaxira: Franklin, Rojerio, Ari, Kiko, Vinisius, Vetao, Falkao, Vilde, Karlinos.

Ispaniya (birinchi beshlik): Amado, Eseverri, Xavi Rodriges, Kike, Marselo.
Zaxira: Xuanxo, Kristian, Ortiz, Torras, Fernandao, Alvaro, Andreu, Borxa, Daniel.

Ogohlantirishlar: Franklin 7, SHumaxer 17 - X.Rodriges 11

Video

JCH-2008 finali, TAS-IX emas





Futzal bo'yicha Jahon chempionati-2008
O'tkazilgan joyi:
Braziliya
O'tkazilgan shaharlar: 2 (Rio-de-Janeyro, Brazilia)
O'tkazilgan sanasi: 30 sentyabr - 19 oktyabr, 2008 yil
Ishtirokchilar: 20 (6 qitadan)
Muxlislar tashrifi: 292161 (har o'yinga 5217)
Urilgan gollar: 387 (har o'yinga 6.91ta gol)
To'purar: Pula (Rossiya, 16ta gol)
Eng yaxshi o'yinchi: Falkao (Braziliya)
Eng yaxshi darvozabon: Tiago (Braziliya)
"Fair-Play" sovrini: Ispaniya

Sovrindorlar
CHempion
- Braziliya
Ikkinchi o'rin - Ispaniya
Uchinchi o'rin - Italiya
To'rtinchi o'rin - Rossiya


Tolibjon Qosimov

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика