So’nggi yangiliklar

01:30Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ - "Реал" 3:0 (матнли трансляция)  136 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  3 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  0 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  11 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  12 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  21 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  18 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  12 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  3

Futzal. Mundiallar tarixi. JCH-1989 Yangiliklar

Futzal. Mundiallar tarixi. JCH-1989

SHu yilning 12 sentyabridan 3 oktyabriga qadar Litvada futzal bo'yicha to'qqizinchi Jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Mundial formati, ishtirokchilari, ramzi va mezbon. O'zbekiston ham qatnashadigan futzal bo'yicha JCH-2021 haqida batafsil

Unda O'zbekiston terma jamoasi ham qatnashadi. Bu vakillarimiz uchun ikkinchi Jahon chempionati bo'ladi. SHu kunga qadar o'tkazilgan barcha mundiallar haqida malumotlarni etiboringizga havola etib boramiz.

JCH-1989

Mini futbol bo'yicha ilk Jahon chempionati 1989 yili Niderlandiyada o'tkazilgan. O'sha yili Niderlandiya futbol federaciyasi o'zining yuz yilligini ham nishonlagan, shu sababli ham musobaqa ikki hissa bayramona ruhda o'tgan. Unda jami 16 jamoa jahon toji uchun kurash olib borgan. Braziliya birinchi bosqichni Vengriyadan uchralgan mag'lubiyat (2:3) bilan boshlagan bo'lsada, keyinchalik ikkinchi bosqichga yo'l oladi va yakunda oltin medallarni o'ziniki qiladi. Braziliyaliklar hal qiluvchi bahsda mezbonlar Niderlandiya terma jamoasini 4200 muxlis qarshisida kichik hisobda taslim etishadi. Uchinchi o'rin esa kutilmaganda AQSHga nasib etadi.

Ana shu musobaqada Osiyo nomidan Saudiya Arabistoni hamda Yaponiya ishtirok etgan.



JCH-1989, Final
15.01.1989, "Axoy" sport saroyi
Braziliya - Niderlandiya 2:1
Gollar:
Benatti 10, Raul 46 - Lusveld 43

Braziliya: Lula, Serjino, Kadino, Dirseu, Gilson, Markinos, Benatti, Atila, Raul, Toka, Karlos Alberto, Neymar, Adilio.

Niderlandiya: Ton Baxuis, Jeffrey Fore, Andre Tilens, Viktor Xermans, Marsel Lusveld, Rein Hoyvel, Vilyan van Viyfeyken, Mario Faber, Eduard Demandt, Hans van Leuven, Andre Bakker, Michel Seintner, Michel Ventzel.



Futzal bo'yicha Jahon chempionati-1989
O'tkazilgan joyi: Niderlandiya
O'tkazilgan shaharlar: 5 (Amsterdam, Arnem, Leuvarden, Xertogenbosa va Rotterdam)
O'tkazilgan sanasi: 5 - 15 yanvar, 1989 yil
Ishtirokchilar: 16 (6 qitadan)
Muxlislar tashrifi: 86500 (har o'yinga 2163)
Urilgan gollar: 221 (har o'yinga 5.53ta gol)
To'purar: Laslo Cadani (Vengriya, 7ta gol)
Eng yaxshi o'yinchi: Viktor Xermans (Niderlandiya)
"Fair-Play" sovrini: AQSH

Sovrindorlar
CHempion - Braziliya
Ikkinchi o'rin -Niderlandiya
Uchinchi o'rin - AQSH


Futzal. JCH-2021 o'yinlar taqvimi (to'liq)

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика