

Superliga
23-tur
OKMK – “Navbahor” 2:2
Olmaliq. OKMK sport majmuasi. 16:00
Gol: Ahmadullo Muqumjonov (Asad Sobirjonov) 2’, Nodir Abdurazzoqov (Giorgi Papava) 68’ – Islom Mamatkazin (Diyor Xolmatov) 40’, Shohruh Abdurahmonov penalti 90+14’
Bosh hakam: Temur To'xtasinov
Yordamchi hakamlar: Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov
Zaxira hakami: Jahongir Noraliev
VAR: Asker Najafaliev
AVAR: Baxtiyorxo'ja Shavkatov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Abdulbosit Valixonov
OKMK: 23.Hamidullo Abdunabiev, 6.Avazbek O'lmasaliev, 8.Abubakr Rizo Turdialiev, 19.Ahmadullo Muqumjonov, 44.Abror Karimov, 5.Giorgi Papava, 10.Asad Sobirjonov (4.Mirjamol Qosimov, 90+7), 17.Nodir Abdurazzoqov (21.Xazrat Tursunqulov, 82), 28.Arixiro Sentoku (30.Abror Sarimsoqov, 90), 88.Siyavash Haqnazariy (13.Eldor Begimov, 90), 77.Ivan Peshich (9.Aziz Xolmurodov, 46).
Zaxira: 1.Muhammad Ubaydullaev, 22.Saidafzalxon Axrorov, 26.Faridjon Abdullaev, 27.Urosh Koyich.
“Navbahor”: 1.O'tkir Yusupov, 4.Islom Mamatkazin, 5.Dilshodjon Komilov, 21.Asadbek Rahimjonov (13.Benjamin Teydi, 80), 22.Umar Adhamzoda, 55.Muhammadqodir Hamraliev, 6.Shohruh Abdurahmonov, 7.Ruslan Jiyanov (17.Muhammaddali G'iyosov, 65), 8.Diyor Xolmatov, 30.Jasur Jaloliddinov (23.Vanya Ilich, 65), 11.Husayn Norchaev (28.Joel Kojo, 80).
Zaxira: 2.Saidazamat Mirsaidov, 3.Zafar Rahimjonov, 16.Shukron Yo'ldoshev 44.Anri Chichinadze, 77.Muhammaddali Usmonov.
Ogohlantirishlar: Asadbek Rahimjonov (23), Giorgi Papava (28).
Chetlatish: Abubakr Rizo Turdialiev (86).
UCHRASHUV YAKUNLANDI!
90+14. GOL! Shohruh Abdurahmonov belgilangan penaltini golga aylantirdi - 2:2! Qanday dahshat o'yin!
90+12. Uuux! Yana penalti! Karimov Kojoni yiqitgani uchun 11 metrlik belgilandi.
90+8. Kapadze etirozlar uchun qizil kartochka oldi.
90+7. Penalti ofsayd tufali bekor qilindi. Komilov zarbadan oldin chiziqdan kirib ketgan.
90+6. GOL! Ilichning zarbasini Abdunabiev qaytardi, qaytgan to'pni Komilov darvozaga kiritdi - 2:2!
90+3. Penalti! Karimov Abdurahmonovni yiqitgani uchun penalti belgilandi.
90. Ikkinchi taymga 6 daqiqa qo'shib berildi.
90. OKMKda 2 ta o'zgarish: Sentoku o'rniga Sarimsoqov, Haqnazariy o'rniga Begimov maydonga tushdi.
89. Uuux! Adhamzodaning jarima zarbasidan yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi.
87. Turdialiev maydondan chetlatildi va jarima zarbasi belgilandi.
86. Bosh hakam vaziyatni VAR monitorida ko'rib chiqdi va vaziyatni oxirdi umid foli sifatida baholab, Turdialievni maydondan chetlatdi.
83. Yusupovning tepib bergan to'pini G'iyosov egallab oldi va birga-bir chiqib ketayotganida yiqitildi.
82. OKMKda almashtirish: Abdurazzoqov o'rniga Tursunqulov o'yinga qo'shildi.
81. Zarbaaa! Kojoning zarbasidan keyin Abdunabiev to'pni qaytardi, qaytgan to'pni Abdurahmonov darvoza tomon yo'lladi, biroq posbon to'pni yotgan holda oyog'i bilan qaytara oldi. Dahshat vaziyat!
80. “Navbahor”da 2 ta almashtirish: Norchaev o'rniga Kojo, Rahimjonov o'rniga Teydi tushdi.
76. Uuux! Xolmatovning standartdan bergan zarbasini Abdunabiev qaytarishga erishdi.
74. Karimov Abdurahmonovga nisbatan qoidani buzgan holda to'pni olib qo'ydi, hakam jarima zarbasi belgiladi.
73. To'pni nazorat qilish bo'yicha statistika 37% ga 63%, namanganliklar foydasiga.
68. GOL! Papavaning pasidan so'ng Abdurazzoqov olis burchakni nishonga oldi - 2:1!
66. Uuux! Abdurahmonovning pasidan so'ng Xolmatov juda xavfli, ammo sal noaniq zarba berdi.
65. “Navbahor”da 2 ta o'zgarish: Jaloliddinov o'rniga Ilich, Jiyanov o'rniga G'iyosov tushirildi.
62. Adhamzodaning qanotdan oshirib bergan pasidan keyin O'lmasaliev to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
61. Abdurazzoqovning jarima zarbasidan ichkariga oshirib bergan pasidan so'ng Yusupov to'pni urib yubordi.
58. Zarba! Jaloliddinov olis masofadan o'ng oyoqda zarba berdi, ancha noaniq.
56. Xolmatovning havodan oshirib bergan to'pini himoyachilar uzoqlashtirishdi.
54. Mamatkazinning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng Norchaev to'pni qabul qilishda qiyinchilikka duch keldi.
52. Adhamzodaning erlatib bergan pasidan so'ng Sentoku to'pni uzoqlashtirdi.
50. Uux! Dilshodjon Komilov jarima maydonchasi ichida o'ng oyoqa noaniq zarbaga mualliflik qildi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
46. OKMKda o'zgarish: Peshich o'rniga Xolmurodov bahsni davom ettiradi.
Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob - 1:1. Tanaffus!
45+2. Uuux! Olmaliqliklarning ketma-ket zarbasini mehmonlar bartaraf etishdi.
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi.
45. Uuuuux! Qanday vaziyat! Jaloliddinovning pasidan keyin Norchaev birga-bir chiqib borayotganida Abdunabiev hujumchiga to'sqinlik qilib, to'pni uzoqlashtirdi.
43. “Navbahor” ko'pchilik bo'lib hujumga o'tmoqda. Namanganliklar tanaffusga durang bilan yo'l olmoqchi emas.
41. Uuux! Norchaevning Abdurahmonovga uzatgan pasi juda kuchli ko'rinish oldi, agar Shohruh to'pni qabul qila olganida, xavfli vaziyat hosil bo'lardi.
40. GOL! Xolmatovning burchakdan oshirib bergan pasidan keyin Mamatkazin bosh bilan olis burchakni poyladi - 1:1!
38. Uuux! Xolmatovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan keyin Abdurahmonov bosh bilan zarba berishiga bir baxya qoldi.
33. Adhamzoda Sobirjonovga nisbatan jiddiy qo'pollik ishlatdi.
28. Papava Jiyanovga nisbatan qoidani buzdi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.
26. Jaloliddinovning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini Abdunabiev egallab oldi.
23. Rahimjonov Sentokuni ochiqchasiga ushlab qolgani uchun ogohlantirildi.
20. Zarba! Jaloliddinovning erlatib bergan zarbasiga aniqlik yetishmadi.
19. Haqnazariy zarba yo'llash ilinjida Rahimjonovni tepib yubordi.
17. Haqnazariy darvoza tomon kelayotgan zarbadan keyin to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
16. Adhamzodaning pasini qabul qilib olgan Norchaev yiqildi va hakamga etiroz bildirmoqda.
13. Papava maydon markazi chizig'i ustida Adhamzodaga nisbatan qoidani buzdi.
11. Zarba! Norchaevning chap oyoqdagi zarbasi yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'lishdi.
9. Maydon markaziga yaqin hududda Adhamzoda va Karimov o'zaro to'qnashib ketdi, hakam zudlik bilan shifokorlarni chaqirdi.
8. Uuux! Muqumjonovning qanotdan oshirib bergan to'piga Ivan Peshich ozgina ulgurmay qoldi, aks xolda xavfli vaziyat yuzaga kelardi.
5. Adhamzodaning uzatmasidan so'ng to'p himoyachilarga tegib maydonni tark etdi.
4. O'lmasaliev qanotda Norchaevga nisbatan qo'pollik ishlatdi.
2. GOL! Sobirjonovning pasidan keyin Muqumjonov qanotdan ichkarigacha bemalol kirib keldi va chap oyoqdagi zarbasi orqali hisobni ochdi - 1:0!
1. O'yin boshlandi!



