So’nggi yangiliklar

14:05"8 сония" қоидаси биринчи марта КЖЧда қўлланди  0 13:34"Биз у билан яна боғланамиз". Мареска Мудрикнинг дисквалификациясига изоҳ берди  0 13:08Эрнан Креспо "Сан-Паулу" бошқарувига қайтди  0 12:40Қозоғистонлик депутат: "Қозоғистон ўз камчиликлари устида ишлаши ва бошқаларнинг муваффақиятидан сабаб изламаслиги керак"  1 12:14Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоаси ўқув-машғулот йиғинига киришмоқда  1 11:48ЎзФҲМ "Андижон" – "Қизилқум" ўйинида юзага келган баҳсли вазият бўйича изоҳ берди  12 11:10Шомуродов Туркия клубининг таклифини қабул қилдими?  20 10:47Алонсо собиқ шогирдини “Реал“га олиб келиши мумкин  9 10:20МЮ ўз футболчисини “Реал“га таклиф қилди  3 09:52Мбаппе касалхонадан чиқди  1 09:25ЦСКАнинг янги бош мураббийи ким бўлиши маълум  5 09:10Суперлига. "Сўғдиёна" Дориевнинг ягона голи эвазига ғалаба қозонди, "Қизилқум" эса сафарда "Андижон" билан дуранг ўйнади  1 08:58Месси ғалабадан сўнг нималар деди?  8 08:33Россия футболида катта можаро. Клуб раҳбари 15 йилга қамалиши мумкин  8 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ кутилмаганда имкониятни бой бериб қўйди  21

Futzal. Mundiallar tarixi. Ilk bor o'zbek hakami ishlagan mundialda Braziliya pentakampeonga aylandi. JCH-2012 Yangiliklar

Futzal. Mundiallar tarixi. Ilk bor o'zbek hakami ishlagan mundialda Braziliya pentakampeonga aylandi. JCH-2012

SHu yilning 12 sentyabridan 3 oktyabriga qadar Litvada futzal bo'yicha to'qqizinchi Jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Mundial formati, ishtirokchilari, ramzi va mezbon. O'zbekiston ham qatnashadigan futzal bo'yicha JCH-2021 haqida batafsil

Unda O'zbekiston terma jamoasi ham qatnashadi. Bu vakillarimiz uchun ikkinchi Jahon chempionati bo'ladi. SHu kunga qadar o'tkazilgan barcha mundiallar haqida malumotlarni etiboringizga havola etib boryapmiz.

Futzal. Mundiallar tarixi. JCH-2008. "Qirolning qaytishi"


JCH-2012


Mini futbol bo'yicha ettinchi Jahon chempionati Tailandda o'tkazilgan. 2012 yilning 1-18 noyabr kunlari bo'lib o'tgan musobaqaga Tailandning Bangkok va Nakxonratchasima shaharlari mezbonlik qilgan. Unda Braziliya terma jamoasi beshinchi bor chempionlikni tantana qilgan.

Ayni shu musobaqadan etiboran ishtirokchi jamoalar soni 20tadan 24taga oshirildi. O'z navbatida, buyog'iga guruhida uchinchi o'rinni olgan jamoalarda ham pley-offga chiqish imkoni paydo bo'ldi. Yani, 6 guruhda birinchi va ikkinchi pog'onani band etganlarga nimchorak finalda to'rtta eng yaxshi uchinchilar ham qo'shiladigan bo'ldi. Bu shakl bugungacha ham futzal mundiallarida saqlanib kelmoqda.

Markos Sorato boshchiligidagi Braziliya Tailand arenalarida yana tengsiz bo'ldi. JCH-2012ning "C" guruhidan joy olgan brazillar Portugaliya, Yaponiya va Liviyaga qarshi bellashuvlarda 9 ochkoni qo'lga kiritdi. To'plar nisbati - 20:2. CHempionlar chorak finalda Argentinani va finalda Ispaniyani qo'shimcha bo'limlarda taslim etgan. Har ikki to'qnashuvda ham asosiy vaqt 2:2 hisobida tugagan va Falkao jamoadoshlari ekstra taymlarda g'alaba to'pini kiritishgan. Braziliyaning JCHdagi 7ta o'yinda kiritgan va o'tkazib yuborgan gollar nisbati 45:8. SHu tariqa, Braziliya katta futbolda bo'lgani kabi mini futbolda ham pentakampeonga aylandi.


O'zbekiston futzal terma jamoasi o'sha mundialga chiqish uchun Osiyo chempionati-2012da kurash olib borgan. Afsuski, guruhda Quvayt bilan bir xil 7 ochkodan to'plangan va to'plar nisbatiga ko'ra biz ikkinchi bo'lib qolganmiz. CHorak finalda esa bizni Osiyo Braziliyasi Eron kutib turardi. Forslar terma jamoamizni 6:3 hisobida taslim etishgan va JCH orzusi 4 yil keyinga qoldirishga majbur bo'lganmiz. 4 yildan keyin nimalar ro'y bergani haqida o'zingiz yaxshi bilasiz, bu haqda ruknimizning JCH-2016ga bag'ishlangan keyingi sonida o'qiysiz.

SHaxsiy sovrinlarga keladigan bo'lsak, ketma-ket ikkinchi mundialda asli braziliyalik bo'lgan Rossiya terma jamoasi azosi to'purar bo'ldi. 2008 yil Puli (16)dan keyin bu safar Eder Lima 9ta gol bilan eng yaxshi to'purar bo'ldi. Musobaqaning oltin qo'lqopi italiyalik afsonaviy kiper Stefano Mammarellaga topshirildi. Musobaqaning eng yaxshi o'yinchisi deb esa 7ta to'p kiritgan braziliyalik Neto tan olingan.

"Oltin butsa": Eder Lima (Rossiya) 9ta gol

"Kumush butsa": Rodolfo Fortino (Italiya) 8ta gol

"Bronza butsa": Fernandino (Braziliya) 7ta gol


"Oltin to'p": Neto (Braziliya)

"Kumush to'p": Kike (Ispaniya)

"Bronza to'p": Rikardino (Portugaliya)


"Oltin qo'lqop": Stefano Mammarella (Italiya)


Musobaqaning eng chiroyli goli: Subhavut Tuenklang (Tailand) >>>>> Subhavutning goli


JCH-2012ning biz uchun etiborli jihati tarixda birinchi va hozircha oxirgi marta futzal mundialida o'zbekistonlik hakam faoliyat olib borgan. Bu FIFA sobiq hakami SHuhrat Po'latov. Keyinchalik Po'latov sobiq O'zbekiston futzal Associaciyasi hakamlar bo'limini boshqargan. Bugungi kunda esa "Paxtakor" klubida faoliyat olib bormoqda.

CHapdan birinchi hakam SHuhrat Po'talov Rossiya - Solomon Orollari (16:0) o'yinida.



JCH-2012, Final

18.11.2012, "Indoor Stadium Huamark", Bangkok

Bosh hakam: Ektor Roxas (Peru)

Muxlislar: 5685

Ispaniya - Braziliya 2:3 (asosiy vaqt - 2:2)

Gollar: Torras 30, Aikardo31 - Neto 25, 50, Falkao 37

Ispaniya: 1.Kristian, 12.Xuanxo, 2.Ortiz, 3.Aikardo, 8.Kike, 5.Fernandao, 10.Borxa, 4.Torras, 6.Alvaro, 7.Migelin, 9.Lozano, 11.Lin, 14.Alemao, 13.Rafa.

Braziliya: 1.Guitta, 2.Tiago, 11.Neto, 14.Rodrigo, 5.Rafael Rato, 6.Gabriel, 7.Vinisius, 8.Simi, 10.Fernandino, 12.Falkao, 4.Ari, 9.Je, 3.Franklin, 13.Vilde.

Ogohlantirishlar: Kike, Fernandao - Tiago, Neto, Ari


Futzal afsonasi Falkao ko'plab roliklarda aylanadigan mashhur gollaridan birini aynan mana shu mundial finalida urgan. Bo'lib ham jamoasi 1:2 hisobida imkoniyatni boy berayotganda 37-daqiqada urgan. JCH-2012 finalidan eng qiziqarli vaziyatlarni FIFAning yutub (youtube) platformasidagi rasmiy sahifasida tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> JCH-2012 finali



Futzal bo'yicha Jahon chempionati-2012

O'tkazilgan joyi: Tailand

O'tkazilgan shaharlar: 2 (Bangkok, Nakxonratchasima)

O'tkazilgan sanasi: 1 noyabr - 18 noyabr, 2012 yil

Ishtirokchilar: 24 (6 qitadan)

Muxlislar tashrifi: 160302 (har o'yinga 3083)

Urilgan gollar: 349 (har o'yinga 6.71ta gol)

To'purar: Eder Lima (Rossiya, 9ta gol)

Eng yaxshi o'yinchi: Neto (Braziliya)

Eng yaxshi darvozabon: Stefano Mammarella (Italiya)

"Fair-Play" sovrini: Argentina



Sovrindorlar

CHempion - Braziliya

Ikkinchi o'rin - Ispaniya

Uchinchi o'rin - Italiya

To'rtinchi o'rin - Kolumbiya


Futzal. JCH-2021 o'yinlar taqvimi (to'liq)

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика