So’nggi yangiliklar

07:30Суперлига. Бугун 11-тур якунланади  0 06:40Суперлига. "Навбаҳор" йирик ҳисобда зафар қучди, "Пахтакор" ва "Динамо" эса ўйиннинг охирги дақиқаларида уч очкони қўлга киритди  0 02:36ЖЧ-2026 саралаши. БАА Ўзбекистон ва Қирғизистонга қарши ўйинлар учун таркибини эълон қилди  10 02:29Баҳром Ҳайдаров: "Навбаҳор" каби жамоага қарши ўйинда 0:3 ҳисобидан кейин ўйинга қайта олиш жуда қийин"  1 02:25Ла Лига. "Барселона" мавсумдаги сўнгги ўйинда меҳмонда "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  10 02:11А Серия. "Рома" сўнгги турда "Торино"ни мағлуб этди, аммо параллель ўйинда "Юве" меҳмонда "Венеция"ни мағлуб этиб, тўртинчи ўрин билан ЧЛга йўл олди  34 01:32Сергей Лушан: "Мен бу масалада ҳоким билан кўп гаплашганман. Буни аллақачон амалга ошириш керак эди"  2 01:11Гёкереш "Спортинг" ва Швеция сафида мавсумдаги 63-голини урди - бу сафар Португалия кубоги финалининг 100-дақиқасида пенальти орқали  0 00:53Камолиддин Тожиев: "Муҳими уч очкони қўлга киритдик. Ўн нафар футболчимиз терма жамоаларга йўл олишади"  21 00:31Ҳаким Фузайлов: "Жамоам намойиш этган ўйиндан уялмайман"  5 00:24"Ливерпул"га АПЛ ғолиблиги учун кубокни қабул қилиб олди  9 23:32U-17 Жаҳон чемпионатига қуръа ташланди. Ўзбекистон "J" гуруҳидан жой олди  22 23:14Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда сенсацион тарзда "Бешиктош"ни таслим этди, Алиқулов сўнгги дақиқаларда майдонга туширилди  0 23:00Суперлига. "Динамо" 90+8-дақиқада камбэк эвазига "Қизилқум"ни мағлуб қилди  39 22:11ҚПЛ. "Турон" ўз уйида "Тобол"га мағлуб бўлди, мезбонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0

Futzal. JCH-2016. Mundialni qabul qiladigan arenalar Yangiliklar

Futzal. JCH-2016. Mundialni qabul qiladigan arenalar

SHu yilning 10 sentyabridan 1 oktyabriga qadar Kolumbiyada futzal bo'yicha Jahon chempionati bahslari bo'lib o'tadi.

Unda o'z tarixida ilk marta O'zbekiston milliy terma jamoasi ham qatnashadi.

Quyida mundial o'yinlari o'tkaziladigan arenalar haqida malumot berib o'tamiz. Hisob bo'yicha sakkizinchi Jahon chempionati uchrashuvlari uchta shaharda o'tkaziladi. Bular: Kali, Medelin va Bukaramanga.

KALI



SHahar: Kali
Arena: "Coliseo el Pueblo"
Qurilgan yili: 1971
Arena sig'imi: 12000
Nechta o'yin o'tkaziladi: 20

Aholi soni bo'yicha Kolumbiyaning uchinchi shahri bo'lgan Kali (Bogota va Medelindan so'ng)da joylashgan "Coliseo el Pueblo" o'z bahriga 12000 muxlisni sig'dira oladi. Ushbu arena aslida 18000 odamga mo'ljallangan, ammo mundial sababli arena o'rindiqlari avvalgi umumiy o'rindiqlardan zamonaviy alohida-alohida o'rindiqlarga o'zgartirildi. SHuning uchun, sport saroyining sig'imi 18 mingdan 12 mingga qisqardi.

Ushbu inshoot 1971 yilgi Panamerika o'yinlari uchun qurilgan. Unda basketbol, boks va yana bir qator sport turlari bo'yicha musobaqalar o'tkaziladi. Bundan tashqari, turli xil koncertlar ham tashkillashtiriladi.

Kalida Jahon chempionatining ochilish o'yini Kolumbiya hamda Portugaliya terma jamoalari o'rtasida o'tkaziladi. O'zbekiston terma jamoasi ham dastlabki ikki turdagi o'yinini shu erda o'tkazadi, faqatgina Portugaliyaga qarshi uchinchi tur Medelinda o'tishi belgilangan. Musobaqaning uchinchi o'rin uchun va final bellashuvlari ham aynan Kalida bo'lib o'tadi. Bir so'z bilan aytganda, "Coliseo el Pueblo" mundialning asosiy arenasi bo'ladi.

"Coliseo el Pueblo" arenasining avvalgi ko'rinishi

"Coliseo el Pueblo" arenasida tamirlash jarayoni



BUKARAMANGA



SHahar: Bukaramanga
Arena: "Coliseo Bicentenario"
Qurilgan yili: 2011
Arena sig'imi: 7000
Nechta o'yin o'tkaziladi: 15

Bukaramanga shahrida joylashgan "Coliseo Bicentenario" arenasi 7000 nafar muxlisga mo'ljallangan. Inshoot 2011 yilda qurilgan. Unda mahalliy "Real Bukaramanga" klubi uy uchrashuvlarini o'tkazadi.

Bukaramangada mundialning jami 15ta o'yini bo'lib o'tadi. "Coliseo Bicentenario"dagi ilk bahs Toshkent vaqti bilan 18 sentyabr kuni 02:00da Mozambik hamda Avstraliya terma jamoalari o'rtasida tashkillashtirilsa, so'nggi bellashuv chorak finalning birinchi qarama-qarshiligi bo'ladi.

"Coliseo Bicentenario" arenasida tamirlash jarayoni

"Coliseo Bicentenario"ning umumiy ko'rinishi



MEDELIN



SHahar: Medelin
Arena: "Medellin Sports Coliseum"
Qurilgan yili: 1955
Arena sig'imi: 6000
Nechta o'yin o'tkaziladi: 17

Medelin shahrida joylashgan "Medellin Sports Coliseum" o'z bag'riga 6000 ishqibozni sig'dira oladi. Arena 1955 yilda qurilgan va 2009 yilga qadar "Ivan de Beodut Coliseum" nomi bilan yuritib kelingan. 2009 yildan esa inshootga "Medellin Sports Coliseum" nomi berilgan. Ushbu sport saroyida futzaldan tashqari, basketbol, engil atletika kabi sport turlari bo'yicha musobaqalar ham o'tkaziladi.
Ushbu arena o'zining noodatiy dizayni bilan etiborni tortadi. O'zbekiston terma jamoasi Portugaliyaga qarshi uchinchi tur bahsini aynan Medelindagi arenada o'tkazadi.

Kolumbiyada bo'lib o'tadigan futzal bo'yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qiladigan arenalar haqida malumotlarni etiboringizga havola etdik. 24 terma jamoa ishtirok etadigan musobaqada jami 52 uchrashuv tashkillashtiriladi. Mundialda Xose Mariya Mendez boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasiga omad va muvaffaqiyat tilab qolamiz.

"Medellin Sports Coliseum"ning tashqi ko'rinishi




Tolibjon Qosimov

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика