So’nggi yangiliklar

16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  0 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  5 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  3 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  1 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  7 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0 13:50Instagram орқали мураббий излаётган Ҳиндистон Хавига рад жавобини берди  12 13:22Андреа Пирло Дубай жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  3 12:54"Алавес" "Барселона" тарбияланувчиси трансферини эълон қилди  3 12:25"Шўртан" 7 нафар футболчиси билан шартномани бекор қилди  2 11:57"Эвертон" мухлисларини АҚШдаги эксклюзив очиқ машғулотга таклиф қилди  0 11:22Сегунда клуби 6 ойда 20 000 томошабинга мўлжалланган вақтинчалик стадион қурди  9 10:53Англия терма жамоаси аъзоси "Арсенал"га ўтмоқда  4 10:20Россиянинг олти карра чемпиони фаолиятини юртимизда давом эттириши мумкин  32

Futzal. Etiborsiz qolayotgan O'zbekiston Angliya bilan durang o'ynab Tailandga yirik hisobda mag'lub bo'ldi Yangiliklar

Futzal. Etiborsiz qolayotgan O'zbekiston Angliya bilan durang o'ynab Tailandga yirik hisobda mag'lub bo'ldi

Teglar :  O'zbekistonFutzal
Tailandda futzal katta futboldan ko'ra kattaroq ahamiyat kasb etadi. "Thailand Five" musobaqasi juda kuchli saviyada tashkil etildi va mahalliy matbuot tomonidan keng yoritildi.

Buni quyidagi havola orqali ham ko'rib olishingiz mumkin - "Thailand Five".

Eng qizig'i shundaki, bu musobaqani O'FA yoritgani ham yo'q. Superliga jamoalaridan futzalni talab qilayotgan O'FA nima uchundir o'zining "mini"siga etibor qaratmayapti. Bu O'FAni ishini tanqid qilish emas. SHunchaki bir narsani tushunish kerak. Bizda futzal amalda bor edi, qog'ozda emas. Futzal bizga MTJ doirasidagi ilk jahon chempionatini taqdim etgan va bu oson ish emas. Malumot uchun keltirib o'tamiz, qitadagi asosiy raqib bular Yaponiya, Eron va Tailand.

Ayni paytda liga va etibor bo'yicha olib qaraladigan bo'lsak, bu davlatlardan ortda qola boshladik. Turnirda qatnashgan Angliya terma jamoasi jarangli eshitilgani bilan jahon futzal reytingida O'zbekistondan ancha past o'rinda turadi. Biznikilar 28, Angliya esa 49! Musobaqaning yana bir ishtirokchisi Malayziya 58-pog'onadan joy olgan. Tailand esa haqli ravishda 18-o'rinda. Osiyo gigantlari Eron (6), Yaponiya (16). Qo'shni Qozog'iston esa 7-o'rinda.


Musobaqada quyidagi natijalar qayd etildi.

3-tur. Tailand - O'zbekiston 6:3
Angliya - Malayziya 3:2

2-tur. O'zbekiston - Angliya 1:1 (VIDEO)
Tailand - Malayziya 7:1

1-tur. O'zbekiston - Malayziya 5:0 (VIDEO)
Tailand - Angliya 4:0

Tailand 6 ochko, O'zbekiston 4 ochko, Angliya 4 ochko, Malayziya 0 ochko.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика