Futzal. Ertaga O'zbekiston Kubogiga start beriladi
23 dek 2014 12:39
Yangiliklar
Futzal. Ertaga O'zbekiston Kubogiga start beriladi
Endi esa O'zbekiston Kubogi bahslariga ham start beriladi. Bu safargi kubok o'yinlarining guruh bahslari 24-26 dekabr kunlari Toshkent va Olmaliq shaharlarida o'tkaziladi. 2014-2015 yilgi kubokda jami 12 jamoa 3 guruhga bo'lingan holda g'oliblik uchun kurash olib boradilar.
“A” guruhi
1. “Nafis”
2. “Olmaliq”
3. “Jizzax”
4. “Bunyodkor”
“B” guruhi
1. “Do'stlik-AIN”
2. “Turon-S”
3. “Namangan”
4. “Ardus”
“C” guruhi
1. “Nasaf”
2. “Lokomotiv”
3. “Kogon”
4. O'zSQB
“A” guruhi o'yinlari Olmaliq shahrida, “Olmaliq” stadioni qoshidagi zalda bo'lib o'tsa, “B” va “C” guruhi bellashuvlariga Toshkentdagi “O'zbekiston” sport majmuasi mezbonlik qiladi. Olmaliqdagi uchrashuvlar 14:00 dan boshlansa, Toshkentdagi bahslar 11:00 dan boshlab o'tkaziladi.
Futzal ishqibozlarini ushbu uchrashuvlarni bevosita kuzatib borish uchun taklif qilamiz, o'yinlarga kirish mutlaqo bepul.
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Fikrlar