Futzal: Eron terma jamoasi Toshkentga etib keldi
18 apr 2014 12:09
Yangiliklar
Futzal: Eron terma jamoasi Toshkentga etib keldi
Futzal bo'yicha Eron terma jamoasi azolari 18 aprel kuni Toshkentga etib keldi. Ayni damda Eron terma jamoasi delegaciyasi O'zbekiston mehmonxonasida joylashishdi.
30 aprel kuni Vetnamda start oladigan futzal bo'yicha Osiyo CHempionati bahslariga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston va Eron terma jamoalari 19 hamda 20 aprel kunlari Toshkentda ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishi haqida xabar berilgan edi. Ikkala terma jamoa ishtirokidagi ilk o'yin 19 aprel kuni soat 13:00da boshlansa, ikkinchi o'yin 20 aprel kuni soat 12:00da boshlanadi. Har ikkala uchrashuv ham Toshkentdagi O'zbekiston sport majmuasida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Bahodir Ahmedov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi Osiyo CHempionati bahslaridagi ilk o'yinni 1 may kuni Qirg'iziston terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. Guruhdagi ikkinchi o'yin 3 may kuni amaldagi Osiyo chempionlari – Yaponiya terma jamoasiga qarshi o'tkazilsa, guruhdagi so'nggi o'yin Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi o'tkaziladi.
O'zbekiston terma jamoasining OCH guruh bosqichidagi o'yinlari:
1-tur
1 may, payshanba
16:30. Qirg'iziston – O'zbekiston
2-tur
3 may, shanba
16:30. O'zbekiston – Yaponiya
3-tur
5 may, Dushanba
16:30. O'zbekiston – Janubiy Koreya.
* O'yinlarning boshlanish vaqti Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan
OCH guruh bosqichi qurasi:
A GURUHI: Vetnam, Kuvayt, Tojikiston, Iroq
V GURUHI: Eron, Avstraliya, Xitoy, Indoneziya
S GURUHI: Tailand, Livan, Xitoy Taypeyi, Malayziya
D GURUHI: Yaponiya, Qirg'iziston O'zbekiston Janubiy Koreya.

Fikrlar