So’nggi yangiliklar

17:38Расман: "Пахтакор" колумбиялик футболчини сафига қўшиб олди  6 17:10Эшитдик-да! Ўзбекистон футзал терма жамоасининг янги бош мураббийи маълум  5 16:59"Реал" футболчиси машғулот вақтида жароҳат олди  2 16:35Франциялик мутахассис Бельгия терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  0 16:13"3 февралдан 25 февралгача Туркияда йиғин қиламиз. Мухлисларни қизиқ учрашувлар кутиб турибди" — Рўзиқул Бердиев  0 15:46"Нефтчи" Сербия жамоаси билан дуранг ўйнади, Табатадзедан гол  6 15:19"Барселона" Рафинья масаласини мавсум охирида кўриб чиқади  1 14:53"Манчестер Сити" Камбьязо учун 65 млн евро таклиф қилмоқчи  3 14:29"Манчестер Сити" – "Челси" ўйини учун тахминий таркиблар. Абдуқодир Ҳусанов дебют қиладими?  33 14:05"МЮ ва "Ливерпуль" ҳар доим АПЛнинг энг йирик клублари бўлиб қолади"  4 13:39"Манчестер Сити" 135 млн фунт сарфлаганидан кейин ҳам яна бир футболчи сотиб олмоқчи  11 13:15Элдор Шомуродов жамоасига "Аякс"дан ҳимоячи келди  4 12:51МЮ "Арсенал" ҳимоячиси билан шартнома тузмоқчи  0 12:28ФИФА собиқ рефериси Қирғиз Республикаси футзал ассоциациясининг президентига айланди  0 12:08"Ҳар қандай ҳолатда ҳам Россия клуби таклифини рад этардик". Ҳусановнинг агенти билан катта суҳбат  19

Futzal. Eron bilan o'yindan xulosalar Yangiliklar

Futzal. Eron bilan o'yindan xulosalar

Futzal bo'yicha bu yilgi Osiyo chempionati Vetnam davlatida bo'lib o'tadi.
30 aprelda start oladigan qita birinchiligiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston hamda Eron milliy terma jamoalari 19 va 20 aprel kunlari “O'zbekiston” sport majmuasida ikkita o'rtoqlik o'yinini o'tkazishdi. Ana shu ikki o'yindan kelib chiqqan holda O'zbekiston terma jamoasi va umuman futzalimizning bugungi holatiga baho berib chiqamiz.

Toshkentda o'rtoqlik o'yinini o'tkazish taklifi O'zbekiston futzal associaciyasidan chiqqan edi. Bu borada associaciya to'g'ri yo'lni tanladi, kuchsiz jamoa bilan o'ynab yirik g'alabalarni qo'lga kiritgandan ko'ra, bizdan kuchli bo'lgan jamoa bilan baxs olib borish ancha qiziqarliroq edi. Bundan tashqari, terma jamoadagi yosh o'yinchilarimiz kuchli terma jamoalar bilan o'yinlarda qanday harakat qilish kerakligiga ko'nikma hosil qilib olishardi.

Eron terma jamoasi bilan kechgan dastlabki o'yinda darvozamizni birinchi bo'limda Klim Tyugaev, ikkinchi bo'limda esa Akmal Xazratqulov qo'riqladi. Rustam Umarov esa shu kuni zahira o'rindig'ini band qildi xolos. O'rtoqlik o'yinlaridan maqsad tarkibga jalb qilingan barcha o'yinchilarga o'yin amaliyoti berish ekanligini inobatga olsak, bu to'g'ri qaror bo'ldi. Har ikki o'yindan kelib chiqadigan bo'lsak, hozirgi tarkibda eng kerakli vaziyatlarda jamoani qiyin vaziyatdan olib chiqib keta oladigan darvozabon yo'q. Klim Tyugaev juda yaxshi darvozabon, ammo juda kuchli emas. Bazida kichik xatolarga yo'l qo'ymoqda. Akmal Xazratqulov esa yakuniga etgan mavsumda milliy chempionatda o'zini yaxshi tomondan ko'rsata oldi va haqli ravishda chempionatning eng yaxshi darvozaboni bo'ldi. Ammo, u hali terma jamoa darajasidagi darvozabon emasligini ko'rdik. Akmal juda ko'p tajriba to'plashi lozim.



Forslar bilan o'yinlar ko'rsatdiki, terma jamoadagi yigitlar jismoniy jihatdan eronliklardan ortda qolishmoqda. Hujumlarni boshlash, ularni rivojlantirishda tezlik etishmayapti, to'p biznikilarga tushganda sheriklari oldinga borib bo'sh zonaga chiqishga ulgurmayapdilar. Bunga raqiblar imkon berishmadi. Bundan tashqari, yakuniy qaror chiqarishda ham muammolar bor. Hal qiluvchi pallaga kelganda oddiy usuldan foydalanishmoqda.

Futzalchilarimizga noodatiy, kutilmagan qarorlar etishmayotgandek . Eronliklar o'yinchilarimizning deyarli har bir kombinaciyalarini oldindan o'qiy olishdi. Bu o'yinlarda juda ko'p yosh o'yinchilar ham sinab ko'rildi. Ularda to'p uzatishlar mukammal emasligi ko'rindi, lekin hali xalqaro tajribaning yo'qligini hisobga olganda, bu normal holat. O'yinchilarimiz ko'pincha turgan joylarida pas berishga harakat qilishdi, bu esa doimiy harakatda bo'lgan fors futzalchilarining ishini osonlashtirdi xolos. Turib pas berish katta futbolda foyda berishi mumkin, lekin mini futbolda also turib pas berish yaramaydi. Bu erda har soniyada o'yinchilarning parketdagi joyi o'zgaradi, to'p ham shunga monand butun maydon bo'ylab harakatlantiriladi.
Jamoamizning navbatdagi kamchiligi darvoza tomon yo'naltirilayotgan zarbalarning aniq emasligi. Aniq borsa ham burchaklarga emas, darvozaning o'rta yoki raqib darvozaboni turgan qismiga yo'naltirilmoqda. Eron terma jamoasi darvozaboni murakkab seyvlarni juda kam amalga oshirdi. Ikkinchi o'yinda esa Rustam Umarov juda ko'p o'ta murakkab seyvlarni ko'rsatdi. SHunga qaramay, Umarov avvalgi formasida emas, uning raqiblarni cho'chitadigan o'yinini ko'rmadik bu uchrashuvlarda.

Birinchi baxsda faqatgina o'yin tugashiga 20 soniya qolganida bo'sh qolgan darvozaga to'p kiritib o'zimizni ovutgan edik. Vaholanki, shu gol bo'lmaganda o'yinni golsiz tugatardik. Birinchi kungi o'yindan keyin futzalchilarimizning o'yinida tajovuzkorlik ortdi. Eron kabi baquvvat o'yinchilardan iborat terma jamoa bilan “yumshoq” futbol ko'rsatib hech nimaga erishib bo'lmasligini anglagan murabbiylar ikkinchi kungi o'yinda yigitlardan qattiq va tajovuzkor o'yin talab qilgan ko'rinishadi. Birinchisidan farqli o'laroq, ikkinchi o'yinda keskin yakka kurashlarga ko'proq guvoh bo'ldik.

Bahodir Ahmedov o'yinchi sifatida o'zbek futzalining timsoli, lekin murabbiy sifatida u hali o'zini ko'rsatganicha yo'q. Vetnamdagi Osiyo chempionati uning murabbiylik salohiyatini namoyon etishi kerakdek bir qarashda. Lekin, OCHda terma jamoamiz oldiga hech qanday vazifa qo'yilmagan, bu esa Ahmedovning murabbiylikdagi imkoniyatlarini to'la ochib berishga halaqit qilishi mumkin. U yosh o'yinchilar bilan turli xil uslublarni sinab ko'rishi ham mumkin, hech kim etiroz bildirolmaydi. CHunki, vazifa yo'q. Qita birinchiligida qayd etiladigan natijadan qati nazar Bahodir Ahmedovga murabbiylik tajribasi zarur, to'g'ri u vaqtida Xose Mariya Mendezga yordamchi bo'lgan, undan ko'p narsalar o'rgangan bo'lishi kerak. Lekin, bosh murabbiylik yordamchilikdan tubdan farq qiladi. Menimcha, Ahmedovning murabbiyligiga 2016 yilgi Osiyo chempionatidan so'ng, to'liq baxo bera olamiz, agar o'shangacha bosh murabbiylikni davom ettirsa. CHunki, 2016-yilgi birinchilik Jahon chempionatiga saralash vazifasini ham o'taydi va unda terma jamoamiz oldiga maksimal vazifa qo'yiladi.



Ana endi savol tug'iladi, terma jamoamiz hozirgi holatida Osiyo chempionatida nimaga erisha oladi?
Agar terma jamoamiz mana shunday o'ynashda davom etsa, Vetnamda yarim finalni o'ylamasak ham bo'laveradi. Hammasi 2016 yil uchun qurbon qilinadigandek.

Toshkentda o'tkazilgan ikkita o'rtoqlik o'yinidan kelib chiqib Eron terma jamoasi O'zbekistondan ancha kuchli ekanligini hisobga qarab ham bilib olish qiyin emas. Eron terma jamoasi jismoniy tomondan juda kuchli, gavda bilan o'ynashda ham bizdan kuchli ekanligini ko'rsatdi. Birgina gavda harakati bilan tezkor hujumga o'tayotgan o'yinchimizni “yopib” qo'yaverishdi. Tezkor qaror chiqarishda ham forslar bizdan chaqqonroq harakat qilishdi. Ularning yosh o'yinchilari parketga tushganda o'yinni buzib qo'ymayapti, yoshlarning nisbatan ko'proq ekanligi va ulardagi potencialning yuqoriligi borasida ham Eron kuchlidek ko'rindi.

SHuningdek, etiborimni tortgan yana bir jihat Eron terma jamoasi o'yinchilari o'yin vaqtida ham birin-ketin qo'shimcha mashqlarni bajarish bilan mashg'ul bo'lishdi. Yani, zahirada o'tirganlar shunchaki o'yinni tomosha qilib o'tirishmadi. Ayniqsa, birinchi to'rttalikda tushadiganlar almashtirilishganda doimiy tarzda oyoq muskullariga kuch beruvchi mashqlarni bajarishardi. Bundan tashqari, aktiv o'yin paytida paylar cho'zilishining ehtimolini kamaytiruvchi mashqlarni ham bajarishdi.

Futzalga etiborning u qadar yuqori emasligi sababmi yoki o'yinlarning tushlik paytida o'tkazilgani uchunmi majmuaga tashrif  buyurgan muxlislar salmog'i yuqori bo'lmadi. Birinchi kungi o'yinda “O'zbekiston” sport majmuasining taxminan 30-35 foizi to'lgan bo'lsa, ikkinchi kungi baxsda ikki barobar kam muhlis keldi.

Eron futzal terma jamoasi dunyo reytingida ettinchi o'rinda bormoqda, dunyoning ettinchi terma jamoasi kelganda bunchalik kam muhlis tushishi ko'ngilni hira qiladi.
Katta futbolda FIFA reytingida ettinchi o'rinda Braziliya turibdi. Tasavvur qiling, Braziliya terma jamoasi Toshkentga kelib O'zbekiston bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazsa, nimalar bo'ladi. Aniq aytishim mumkinki, futbolga ihlosmand kishilarning vaqti qanchadan bo'lsa ham ana shu o'yinga chipta sotib olish bilan o'tadi. Olib sotarlarga ham bayram bo'ladi, O'zbekiston-Braziliya terma jamoalari o'yiniga chiptalarni istagan narxda sotaverishadi. Hayol ummoniga sho'ng'ib ketib qoldim-a!

Xullas, futzal bo'yicha Osiyoning eng kuchli, dunyoning esa ettinchi terma jamoasi Toshkentga kelib ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazsayu, sport majmuasining hatto yarmi ham to'lmasa. Buning ustiga, har ikki uchrashuvga ham kirish mutlaqo bepul edi. SHunchaki, vaqt ajratsangiz kifoya, top darajadagi futzalchilarning mahoratlaridan baxramand bo'lasiz. Nachora, hozircha bizda futzalga muxlislik shunday, juda past.



Futzalga muxlislar etiborini tortishda OAVning o'rni yuqori. TV, radio, sport saytlari, gazetalar orqali bu o'yinlar haqida elonlar va anonslar berilishi kerak edi. Bu tomoshabinlar oqimini sal bo'lsada oshirgan bo'lardi nazdimizda. Kerak bo'lsa shaxarning 3-4 ta markaziy ko'chalariga bannerlar ham ilish zarar qilmasdi. Eron terma jamoasi Toshkentga etib keldi ham, birinchi o'yin boshlandi ham, lekin OAV vakillaridan kimlar bu o'yinlarni bevosita yoritish uchun keladi? Afsuski, bu savolga javob berish uchun bir qo'limizning barmoqlari ham ko'plik qiladi. Championat.asia sayti, Sport TV va “O'zbekiston futboli” gazetasidan vakillar ana shu ikki uchrashuvni bevosita kuzatib, yoritib borishdi. Nomma-nom sanaydigan bo'lsam, mendan tashqari, Temur Nizaev (“CA”), Komil Jumaev (Sport TV), Oybek Yunusov (“O'zbekiston futboli”), Madina Ametova (Sport TV) va fotomuxbir Alimurod Mamadaminovlar. Baxtiyor Mametov hamda Hasan Pirmuhamedovlar federaciya xodimlari bo'lganliklari uchun ularni bu ro'yxatga kiritmadim. Ko'ryapsizmi, bor yo'g'i beshta jurnalist ana shu o'yinlarni bevosita “O'zbekiston” sport majmuasida kuzatib bordi. Xo'sh qolganlarchi? Ular uchun futzal muhim emasmi? Qolganlar natija va gollarni O'zbekiston futzal associaciyasi rasmiy saytidan ko'chirib qo'yaverishadi.

Yozaman desa futzalimiz atrofida muammolar juda ko'p, hozircha shularni hazm qilib olaylik.


Tolibjon Qosimov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика