Franciyalik mutaxassis Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
24 jan 16:35
Yangiliklar
Franciyalik mutaxassis Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
Rudi Garsiya Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi, deb xabar berdi mamlakat futbol federaciyasi rasmiy sayti.
60 yoshli franciyalik mutaxassis bilan kelishuv shartlari oshkor etilmagan. 17 yanvar kuni Domeniko Tedesko Belgiya termasi ustozi lavozimini tark etgandi.
Garsiyaning so'nggi ish joyi "Napoli" bo'lib, u erda 2023 yilning iyulidan noyabrigacha rahbarlik qilgan. SHuningdek, mutaxassis "Sent-Eten", "Dijon", "Le Man", "Lill", "Roma", "Marsel", "Lion" va "Al Nassr" jamoalari bosh murabbiyi bo'lgan.
Fikrlar