Fransiyalik mutaxassis Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Sherzod Nurmatov
24 yanv 2025, 16:35
Rudi Garsiya Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi, deb xabar berdi mamlakat futbol federatsiyasi rasmiy sayti.

60 yoshli fransiyalik mutaxassis bilan kelishuv shartlari oshkor etilmagan. 17 yanvar kuni Domeniko Tedesko Belgiya termasi ustozi lavozimini tark etgandi.

Garsiyaning so'nggi ish joyi "Napoli" bo'lib, u yerda 2023 yilning iyulidan noyabrigacha rahbarlik qilgan. Shuningdek, mutaxassis "Sent-Eten", "Dijon", "Le Man", "Lill", "Roma", "Marsel", "Lion" va "Al Nassr" jamoalari bosh murabbiyi bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: rbfa.be