So’nggi yangiliklar

03:00“Пахтакор-79” хотирасига бағишланган шеър  3 02:07Гампер кубоги. "Барселона" "Комо"ни тор-мор этди, Фермин ва Ямал дубль қайд этди  8 00:16Бельгия Про лигаси. "Антверпен" "Ауд-Хеверле Лёвен"ни мағлуб этди, Ўринбоев янги жамоасида дебют қилди  7 23:58Ўртоқлик ўйинлари. "Челси" "Милан"ни, "Юве" "Боруссия"ни мағлуб этди, "Ал Насср" эса Ла Лига дебютантига таслим бўлди  1 23:20Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" илк турда ўз уйида йирик мағлубиятга учради, Алиқулов захирадан майдонга тушди  0 23:14Арне Слот мағлубиятга изоҳ сифатида: "Кристал Пэлас"га ўтган мавсумда битта гол ургандик, бу сафар иккита"  2 22:44Отабек Нарзуллаев: "Ғалаба учун келгандик, бироз омад етишмади"  1 22:26Иван Бошкович: "Об-ҳаво ҳам ўйинга таъсирини ўтказди"  1 21:53"Барселона" Кристенсен бўйича қарорини ўзгартирди  0 21:16"Кристал Пэлас" трансферларга катта пул ишлатган "Ливерпуль"ни мағлуб қилиб, Англия Суперкубогини қўлга киритди!  27 20:55"Ман Сити" Доннаруммага қизиқмоқда. Клуб "Галатасарой" билан келишуви бор Эдерсоннинг кетишига тайёргарлик кўрмоқда  0 20:30Суперлига. "Сўғдиёна" Жиззахда "Машъал" билан ўйинда ғалабани ўзиники қилди  12 19:54"Ливерпуль" Англия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 18:28Суперлига 17-тур учрашувларидаги ҳакамлик қарорлари таҳлили  3 16:55"Насаф" охирги бор Фарғонада "Нефтчи"ни қачон ютган?  21

Futzal. Dilshod Rahmatov: "CHempionat qiziq o'tdi. Lekin terma jamoada esa o'sha gap. Ikkisi ikki xil narsa" Yangiliklar

Futzal. Dilshod Rahmatov: "CHempionat qiziq o'tdi. Lekin terma jamoada esa o'sha gap. Ikkisi ikki xil narsa"

Kuni kecha futzal bo'yicha joriy yilgi Osiyo chempionati bahslariga qura tashlandi.

Unga ko'ra vakillarimiz guruh bosqichida Tojikiston, Turkmaniston, Bahrayn bilan bellashadi. Tabiiyki, doimgidek futzalchilarimizdan yuqori natija kutamiz. Saytimiz muxbiri Abdulaziz Iskandarov bilan suhbatda bo'lgan terma jamoa etakchisi Dilshod Rahmatov qura haqidagi fikrlarini bildirdi.

- Qura haqida fikrlaringiz qanday? Qaysi terma jamoalar bilan to'qnash kelishimizni kutgan edingiz?

- Bunday raqiblarni kutmagandim. Qo'shnilarimiz bilan bir guruhga tushishimiz xayolimga kelmagandi. Guruhimizdagi terma jamoalar to'g'risini aytish kerak O'zbekiston darajasida emas. Biz ulardan ancha oldindamiz, deb o'ylayman. Qulay tarafi shuki, guruh uchrashuvlari o'yinimizni keyingi bosqichga yanada optimallashtirishga yordam beradi. Raqiblarni hurmat qilib o'z o'yinimizni o'ynaymiz.

- Agarda finalgacha borsak katta ehtimol bilan Eron yoki Yaponiya bilan o'ynaymiz. O'tgan yilgi Jahon chempionatida Eron bilan qanday kurash olib borganimizni ko'pchilik ko'rdi. Bu safar ularni engib Osiyo chempioni bo'lish vaqti kelmadimikin?

- Hali tarixda Osiyo chempioni bo'lmaganmiz. Bunga juda ko'p yaqin keldik. Menimcha buning vaqti keldi. Eron, Yaponiya ancha ilgarilab ketgan. Ularni mag'lub etishga kuch topa olamiz. Harakat qilishdan to'xtamaymiz.

- Musobaqa favoritlari malum. Yana qaysi terma jamoadan kutilmagan sovg'a kutyapsiz?

- Tailand va Vetnamni ham favoritlar qatoriga qo'shaman. Qolaversa, Indoneziya ancha o'sishga erishdi. Livan ham bosh og'riq bo'ladi. Bahodir Ahmedov va Nodir Eliboev boshchiligida tayyorgarlik ko'rdik. O'rtoqlik uchrashuvlarida qatnashdik. Saralash bosqichida yuz foizlik natija qayd etdik. Beramiz, deb vada qilishgan, kutyapmiz. Rag'batlantirishsa kayfiyatimiz yanada ko'tarilardi. Bizga, futzalga bo'lgan etibor O'FA tomonidan qanday bo'lsa, natija ham shunga yarasha bo'ladi. Osiyo chempionati mahalla turniri emas. O'ylaymanki, yaxshi sharoit va o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil qilib berishadi. Muxlislar bizdan doim yuqori natija kutishadi. O'zbekiston Jahon chempionati, Osiyo chempionatlarida yaxshi ishtirok etgan. Oxirgi 10 yillikdagi barcha qita chempionatlarida medal olganmiz. Bu safar ham mazkur ananani davom ettiramiz, degan umiddaman. Bu yilgi O'zbekiston chempionati zo'r o'tdi. Ilk bor U-18 chempionati o'tkazildi. Birinchi ligada kurash yaxshi kechdi. "Oil Star", BMB Oliy ligaga chiqish uchun oxirigacha intirgani saqlab qoldi. Diyor Imomxo'jaev futzal uchun ko'p ishlar qildi. Jizzax ko'p turlarga mezbonlik qildi. CHempionat qiziq o'tdi. Lekin terma jamoada esa o'sha gap. Ikkisi ikki xil narsa.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика