Futzal. Bugun klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga qura tashlanadi
06 may 2016 11:22
Yangiliklar
Futzal. Bugun klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga qura tashlanadi
Osiyoninn eng kuchli 12 klubi 4ta guruhga bo'lingan holda kurash olib borishadi. Ular orasida O'zbekistonning amaldagi chempioni "Olmaliq" klubi ham bor.
Bugungi qura marosimida 12ta klub o'tgan yilgi musobaqadagi natijadan kelib chiqib savatchalarga taqsimlangan. "Olmaliq" 3-savatchadan joy olgan.
Musobaqaning amaldagi g'olibi Eronning "Tasisat Daryoi" klubi hisoblanadi. "CHonburi Blyuveyv" mezbon sifatida birinchi savatchadan joy oldi. Qura tashlash marosimi bugun, 6 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi.
1-savatcha: "CHonburi Blyuveyv" (Tailand), "Tasisat Daryoi" (Eron), "Sanna Kan XOA" (Vetnam), "Nafit Al Vasat" (Iroq)
2-savatcha: "Nagoya Oushens" (Yaponiya), "Al Mayadin" (Livan), "Al Sadd" (Qatar), "Dalian Yuan Dinasti" (Xitoy).
3-savatcha: "Olmaliq" (O'zbekiston), "Dibba Al Xissin" (BAA), "Vik Vipers" (Avstraliya), "Taipover" (Xitoy Taypei)
Eslatib o'tamiz, musobaqa 15-23 iyul kunlari Bangkonk shahrida bo'lib o'tadi.
Fikrlar