Futzal. Bugun final yo'llanmasi uchun Yaponiyaga qarshi o'ynaymiz
06 okt 2022 07:05
Yangiliklar


Futzal. Bugun final yo'llanmasi uchun Yaponiyaga qarshi o'ynaymiz
Bugun, 6 oktyabr kuni Quvaytda davom etayotgan futzal bo'yicha Osiyo Kubogining yarim final uchrashuvlari bo'lib o'tadi.
O'zbekiston termasiga bu bosqichda Yaponiya raqiblik qiladi. Ushbu uchrashuv 19:00 da start oladi.
Ikkinchi yarim finalda esa Tailand va Eron o'zaro bahs olib boradi.
Futzalchilarimiz bugun to'liq oq libosda, darvozabonimiz esa qora libosda o'ynaydi.
1/2 final bahslari:
19:00, O'zbekiston – Yaponiya
22:00, Tailand – Eron
Eslatib o'tamiz, musobaqaning hal qiluvchi uchrashuvi 8 oktyabrga belgilangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar