So’nggi yangiliklar

12:15Дьокереш инглиз клуби билан келишиб олди  0 11:47Факт: Вадим Абрамов жамоаси Виталий Левченко бошқараётган "Нефтчи"ни ҳали ютмаган  3 10:48Бугун аёллар терма жамоамиз Лаосга қарши баҳс олиб боради  0 10:19Суперлига. 15-тур расмийлари маълум. Марказий учрашувни Лутфуллин бошқариб боради  4 09:44Алонсо ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  11 09:17Ўзбекистон кубоги. Бугун сўнгги чорак финалчилар аниқланади  3 08:48Ўзбекистон МТЖ аъзоси “Пахтакор“га қайтиши мумкин  19 08:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  30 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. Сўнгги чорак финалчи аниқланди  1 07:34Суперлига. Бугун "Динамо" "Нефтчи" учрашуви бўлиб ўтади  12 02:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ювентус" минимал ҳисобда енгиб, чорак финалга йўл олди  62 00:50"Арсенал" Гёкереш билан деярли келишиб олди  0 00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0

Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari taqdirlandi Yangiliklar

Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari taqdirlandi

Teglar :  Futzal
O'zbekiston Futbol Federaciyasining majlislar zalida futzal bo'yicha terma jamoa azolarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Unda Federaciya prezidenti Mirabror Usmonov, birinchi vice-prezident Sardor Rahmatullaev va O'zbekiston Futzal Assosiaciyasi prezidenti Fazliddin Sirojiddinov ishtirok etdi.

Marosimni kirish so'zi bilan ochib bergan Sardor Rahmatullaev futzal bo'yicha Osiyo chempionati va uni tashkil etishda ishtirok ishchi guruhining barcha azolariga tashakkurnoma izhor qilib, bosh maqsad – jahon chempionati yo'llanmasi qo'lga kiritilganligi bilan O'zbekiston milliy terma jamoasini, O'zbekiston futzal assosiaciyasini tabrikladi. Sardor Rahmatullaev, shuningdek, ushbu yo'llanmani qo'lga kiritish uchun tegishli mutasaddilar yillar davomida ish olib borganini va yakunda maqsadga erishilganini aytar ekan, buning uchun eng avvalo sportga etiborni qaratayotgan O'zbekiston hukumatiga alohida tashakkur bildirdi va 2015 yil muvaffaqiyatli tugaganini va u O'zbekiston futzali tarixidagi eng muvaffaqiyatli davr bo'lganligini urg'uladi.

SHundan so'ng boshlovchi O'zbekiston Futzal Assosiciyasining Ijroiya Qo'mitasi qarorini o'qib eshittirildi. O'FF Bosh kotibi Sardor Rahmatullaev va O'zbekiston Futzal Assosiaciyasi Prezidenti Fazliddin Sirojiddinov terma jamoa azolariga gul va pul mukofotlarini topshirdi. Mukofotlarni qabul qilar ekan, terma jamoa azolari, shu jumladan, Nodir Eliboev va Rustam Umarovlar so'zga chiqib, mustaqillik yaratib berayotgan imkoniyatlar uchun Respublika prezidentiga tashakkur aytdi.

SHu bilan birga futzal bo'yicha Osiyo chempionatining muvaffaqiyatli o'tkazilishida o'zining ulkan hissasini qo'shgan O'zbekiston gimnastika federaciyasining vice-prezidenti Mustaev Ruslan Bulatovich “Universal” sport majmuasi nomidan, Nurmatov Qobil Mahmudovich esa “O'zbekiston” sport majmuasi nomidan qimmatbaho sovg'alar va pul mukofoti bilan taqdirlandi.

O'zbekiston Futzal Uyushmasi prezidenti Fazliddin Sirojiddinov ham so'zga chiqib, futzalni rivojlantirish yo'lida bir necha o'n yillardan beri tinmay mehnat qilib kelayotgan va yakunda terma jamoaning oliy maqsadi – jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritilishiga o'zining ulkan hissasini qo'shgan O'zbekiston Futzal Uyushmasining vice-prezidenti Jahongir Usmonovning xizmatlarini alohida takidladi.

SHundan keyin Sardor Rahmatullaev O'zbekiston Futzal Assosiaciyasi vice-prezidenti Jahongir Usmonovga O'zbekiston Futbol Federaciyasining brilliant ko'zli nishonini topshirdi. Ushbu nishon bungacha faqat 4 kishiga, ular – O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov, FIFAning sobiq prezidenti – Zepp Blatter, O'zbekiston Futbol Federaciyasi Prezidenti Mirabror Usmonov va FIFA referisi Ravshan Ermatovlargagina topshirilgan bo'lib, Jahongir Usmonov ushbu ordenni qabul qilib olayotgan beshinchi shaxs sifatida tarixga kirdi.

Bu orada Sardor Rahmatullaev OFK Prezidenti SHayx Salmonning futzal bo'yicha Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli tashkil etilgani munosabati bilan O'FFga yo'llagan tabriknomasini o'qib eshittirdi. SHundan keyin Rahmatullaev Assosiciya prezidenti Fazliddin Sirojiddinovga O'FFning maxsus nishonini taqib qo'ydi.

Tadbirda, shuningdek, O'zbekiston muxlislari klubi raisi Abdurahmon Fozilovga ham O'FF nishoni topshirilib, futzal bo'yicha Osiyo chempionatidagi muxlislarning madaniyati alohida takidlab o'tildi.

Marosim yakunida Mirabror Usmonov so'zga chiqib, O'zbekiston futzal terma jamoasining barcha azolariga alohida tashakkur bildirib, Kolumbiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatida omad va muvaffaqiyatlar tiladi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика