So’nggi yangiliklar

03:03Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" "Боруссия"ни мағлуб этиб, ярим финалга чиқди, финал йўлидаги рақиб — ПСЖ  17 01:50"Арсенал" ва Мадуэке шартнома борасида келишиб олди. "Челси" билан музокаралар яқин кунларда бошланади  2 01:02Максим Шацких: "Афсуски, баъзи футболчиларимиз бундай даражадаги ўйинга тайёр эмас"  10 00:41"Челси" "Реал" ҳужумчиси учун 40 млн евро тўлашга тайёр  3 00:15Илёс Зейтуллаев: "Мен мураббийман, футболчининг шартнома масаласини клуб ҳал қилади"  0 23:41Асрор Алиқулов: "Иккинчи тайм учун йигитларга раҳмат айтаман"  1 23:22Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврада ўзимизни кўрсатиб, аввалги мақомимизга қайтмасак бўлмайди"  2 23:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ тўққиз киши бўлиб "Бавария"ни мағлуб этиб, ярим финалга йўл олди  166 22:50Аёллар. Ўзбекистон терма жамоаси Непални пенальтилар сериясида мағлуб этиб, 23 йиллик танаффусдан сўнг Осиё чемпионатига чиқди  4 22:10Качоррининг дубли "Бунёдкор"га "Андижон" устидан ғалаба тақдим этди  46 21:55Суперлига. ОКМК "Машъал" майдонида қийинчилик билан ғалаба қозонди  4 20:29"Челси" 48,5 млн фунтлик трансферни эълон қилди  6 19:46Ўзбекистон ва Непал дуранг ўйнаса нима бўлади?  5 18:06Деку ва Флик ҳозирда Рэшфорд трансферини кўриб чиқмаяпти. "Барса" Диасга эътибор қаратмоқда  2 17:30"Сен буни ўқийсан". Жотанинг энг яқин дўсти ҳалок бўлган футболчига мактуб ёзди  4

Futzal bo'yicha O'zbekiston kubogi. OKMK va "Surxon" g'alaba bilan boshladi Yangiliklar

Futzal bo'yicha O'zbekiston kubogi. OKMK va "Surxon" g'alaba bilan boshladi

Kecha, 23 mart kuni futzal bo'yicha O'zbekiston kubogi "C" guruhi bahslari start oldi.

"C" va "D" guruhi bahslari Toshkentdagi "Yunusobod" sport majmuasida o'tmoqda.  

"C" guruhi, 23 mart
OKMK — DHL 4:2
Gollar: 
Shahram Faxriddinov 3' 13', Xayrullo Solihov 8'; Nodir Isroilov 23' (avt) — Aliakbar Bayburin 22'; Javohir Maxamatjonov 40'


 
OKMKga qarshi bellashuvdan keyin DHL jamoasi bosh murabbiyi Jamshid Majidov taassurotlari bilan o'rtoqlashdi:

"Bugungi raqibimiz juda kuchli edi. Katta tajriba, boy tarixga ega klub: O'zbekistonning ko'p karra chempioni, Kubok sohibi bo'lgan. Ayni paytda ham tarkibida mahoratli o'yinchilar ko'pligi o'yin taqdirini hal etdi, deb o'ylayman. Bizda esa tarkibimiz asosan yosh o'yinchilardan tashkil topgan. Futbolchilik faoliyatini tugatgan faxriylar bilan ularni uyg'unlashtirgan holda, mahoratlarini oshirishga harakat qilayapmiz. Shunday bo'lsa-da, bugun munosib qarshilik ko'rsatdik, deb o'ylayman. Bizni O'zbekiston kubogi-2025 musobaqasiga taklif etganliklari uchun mutasaddilarga tashakkur aytmoqchiman. Maqsadimiz esa guruh bosqichidan chiqish. Bu yo'lda bor kuch va mahoratimizni ishga solamiz".


DHL'ga qarshi bellashuvdan keyin OKMK jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Petrov taassurotlari bilan o'rtoqlashdi:

"Birinchi o'yin hamisha qiyin kechadi. Qolaversa oxirgi rasmiy uchrashuvimizga ham ancha vaqt bo'lgandi. Kubok bahslarida esa yaxshi bilasiz, har qanday jamoa kutilmagan natijalarni qayd etishi mumkin. Bugungi o'yinda garchi maqsadimizga erishsak-da, xatolarimiz ham etarli bo'ldi. Keyingi bahslarda ularni bartaraf etishga harakat qilamiz".




Shaxram Faxriddinov — OKMK - DHL uchrashuvi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi



"Surxon" — "Qizilqum" 1:0  
Gol:
Shoislom Shobahromov 7'
Ogohlantirishlar: Timur Sadirov 37' Ravshan Rajabov 37' (bosh murabbiy) — Asadbek Yuldashev 25', Azizjon Shaxarov 32'
Chetlatish: Shoislom Shobahromov 32'



"Surxon"ga qarshi bellashuvdan keyin "Qizilqum" jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Ibragimov tassurotlari bilan o'rtoqlashdi:

"Bugungi bahsda bizga omad etishmadi. Qolaversa, jamoamiz katta muddatga o'yin amaliyotisiz qolib ketgandi. Malumingizkim, bu yil birinchi liga bahslari o'tkazilmadi. Faqat mashg'ulotlar bilan jamoa o'yinini kuchaytirish mushkul. Ikkinchi bo'limda biz katta ishtiyoq evaziga tashabbusni o'z tomonimizga og'dirib oldik. Ammo gol urishga kelganda futbolchilarimizga mahorat pand berdi. "Surxon" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Bizning esa oldimizda hali beshta o'yinimiz turibdi. Demak, vaziyatni o'nglash uchun imkoniyat etarli".


"Qizilqum"ga qarshi bellashuvdan keyin "Surxon" jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Rajabov tassurotlari bilan o'rtoqlashdi:

"Uchrashuv juda qiziqarli va tomoshabop bo'ldi. Futbolchilarimizning jismoniy holati unchalik maromida emasligi ikkinchi taymda sezilib qoldi. Ammo jamoamiz yigitlariga rahmat. G'alabali hisobni ushlab qolishni uddalashdi. "Qizilqum" jamoasiga keyingi bahslarda omad tilayman. Bugungi raqibimizning tarkibi yosh, iqtidorli o'yinchilardan tashkil topgan. Shu boisdan ular so'nggi soniyalargacha kurashishdi. Bugun omad bizning jamoa tomonida bo'ldi. "Surxon"ning oldidagi vazifa pley-offga chiqish. Shunday ekan keyingi o'yinlarga jiddiyroq tayyorgarlik ko'ramiz".



Ramil Almamedov — "Surxon" - "Qizilqum" uchrashuvi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi





"D" guruhi, 24 mart

15:00 "Lokomotiv" - O'zSQB
17:00 "Dinamo" - "Nasaf"

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика