So’nggi yangiliklar

12:38Райс: "Арсенал" "Реал" камбэк қилмаслигига ишончи комил эди"  2 12:14Клопп Бразилия терма жамоаси ёки "Реал"да мураббийлик фаолиятини давом эттириши мумкин  3 11:50АПЛнинг уч гранди Ла Лигадаги иқтидорни нишонга олди  1 11:23EЧЛ яримфиналида тўртта давлат - Англия, Испания, Италия ва Франция клублари ўзаро куч синашади. Бундай ҳолат 2018 йилдан бери кузатилмаган эди  7 10:50Ақлли компьютер ЕЧЛ соврини учун фаворитлар рейтингини янгилади  25 10:22Артета «Реал»ни мағлуб этганидан сўнг нималар деди?  4 09:53Килиан Мбаппенинг жароҳати тафсилотлари маълум  3 09:25Анчелотти мағлубиятдан сўнг нималар деди?  26 08:52EЧЛ. Ярим финал учрашувлари қачон бўлиши эълон қилинди  33 08:23Ўзбекистон кубоги. Бугун «Андижон» «Сурхон»ни меҳмон қилади  7 07:56EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  8 07:28U-17 Осиё кубоги. Бугун биз финалга чиқишимиз мумкин  10 02:11ЕЧЛ. Ярим финалда "Барселона" – "Интер" ва ПСЖ – "Арсенал" қарама-қаршилиги гувоҳи бўламиз  52 02:00ЕЧЛ. Камбэк юз бермади. "Арсенал" "Бернабеу"да ҳам "Реал"дан устун келди ва ярим финалга йўл олди!   444 01:50ЕЧЛ. "Интер" "Бавария" билан жанговар дуранг қайд этди ва икки ўйин натижасига кўра ярим финалга йўл олди!  47

Futzal bo'yicha O'zbekiston kubogi. "Nasaf" va SQBda mag'lubiyat Yangiliklar

Futzal bo'yicha O'zbekiston kubogi. "Nasaf" va SQBda mag'lubiyat

Kecha, 24 mart kuni futzal bo'yicha O'zbekiston kubogi "D" guruhi bahslari start oldi.

"C" va "D" guruhi bahslari Toshkentdagi "Yunusobod" sport majmuasida o'tmoqda.  

"D" guruhi, 24 mart
"Lokomotiv" — SQB 3:2
Gollar:
Burhoniddin Sodiqov 7'; Boburbek Ergashev 7'; Farxod Abdumavlonov 36' — Akbar Usmonov 34'; 39'
Ogohlantirish: Ilyos Mallaev 17' — Shuxrat Axmedov 24'



SQB jamoasiga qarshi o'yindan keyin "Lokomotiv" jamoasi bosh murabbiyi Ahadjon Yusupov taassurotlari bilan o'rtoqlashdi:


"Bugun muxlislar juda qiziqarli, shiddatli o'yin guvohi bo'lishdi. Har ikki jamoa uchrashuv oxirigacha g'alaba ishtiyoqida o'ynadi. SQB jamoasi yangidan professional jamoasi sifatida tuzilgan bo'lsa-da, Oliy liga havosidan bahramand bo'lgan kuchli futzalchilarni tarkibda jamlagan. Shu boisdan ham raqobatbardosh jamoa shakllangan deb aytishim mumkin. Bugungi bahsning har ikkala taymida biz yaqqol ustunlik qildik. Agar yaratilgan barcha vaziyatlardan unumli foydalana olganimizda o'yin oxiriga kelganda qiynalmasdik. Futbol shunisi bilan ham qiziq. G'alabani saqlab qolgan o'yinchilarimdan minnatdorman. Bugun uchrashuv oxiriga kelganda biroz tashabbusni berib qo'yganligimizni inobatga olmaganda, barcha ko'rsatmalar to'liq bajarildi. Endi keyingi bahslar haqida bosh qotiramiz".


"Lokomotiv"ga qarshi uchrshuvdan keyin SQB jamoasi bosh murabbiyi Konstantin Sviridov taassurotlari bilan o'rtoqlashdi:


"Juda tomoshabop o'yin bo'ldi. Garchi tarkibimizda havaskor, yosh o'yinchilar ko'p bo'lishiga qaramay, mamlakatimizning nomdor jamoalaridan biriga munosib qarshilik ko'rsatdik. O'ylaymanki, biz o'yindan o'yinga kuchayib boramiz. Bugun bizga omad etishmadi. Yaratilgan vaziyatlardan to'liq foydalanish borasida ishlashda davom etishimiz kerak. “Lokomotiv” jamoasiga omad tilayman. Biz esa har bitta o'yinda kerakli tajribani to'plab boramiz va oldimizga qo'yilgan vazifani bajaramiz. Jamoa oldiga qo'yilgan vazifa har bitta o'yinda g'alaba qozonishdir".




Burhoniddin Sodiqov — "Lokomotiv" - SQB uchrashuvining "Eng yaxshi o'yinchisi" deb topildi 




"Dinamo" - "Nasaf" 3:0
Gollar: 
Samandar Murodqulov 18'; 36'; Shavkat Ibragimov 40'
Ogohlantirish: Samandar Murodqulov 28'




"Nasaf"ga qarshi bellashuvdan keyin "Dinamo" jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Xaydarqulov taassurotlari bilan o'rtoqlashdi:


"Bugungi o'yin biz uchun juda qiyin o'tdi. Boisi tarkibimiz deyarli yangilangan, asosan yosh, o'zimizning tarbiyalanuvchilarimizdan tashkil topgan. "Nasaf"ning tajribali o'yinchilariga qarshi deyarli bitta to'rtlik bilan o'ynadik. Vaqti-vaqti bilan bir yoki ikki nafar o'yinchini almashtirib turdik xolos. Chunki boshqa choramiz yo'q edi. Hali tajribasiz o'yinchilarga to'liq tayanib bo'lmasdi. Bugungi uchrashuvda kim birinchi bo'lib gol ursa, o'sha jamoa yutib ketishi ko'rinib turgandi. Yana bir narsa, bugun ko'proq g'alabani istagan jamoa yutuqqa erishdi. "Nasaf"ga keyingi uchrashuvlarda omad tilayman. Biz esa shu tarkibimizga ko'proq o'yin amaliyotini berishni xohlaymiz va keyingi bosqichga chiqishni niyat qilganmiz".

"Dinamo"ga qarshi uchrashuvdan keyin "Nasaf" jamoasi bosh murabbiyi Alisher Yusupov taassurotlari bilan o'rtoqlashdi:


"O'zbekiston kubogining "D" guruhi qatnashchilarini musobaqani boshlab olganliklari bilan tabriklayman. Bugungi uchrashuvga to'xtaladigan bo'lsam, o'yinimiz biroz qovushmadi. O'zimiz yo'l qo'ygan xatolar evaziga gollar o'tkazib yubordik. Bundan tashqari bizga omad ham etishmadi. Yaratilgan gollik vaziyatlardan foydalana olmadik. Birinchi o'yin bo'lganligi sababmi futbolchilarimizda toliqish sezildi. Ehtimol, yigitlar Ramazon oyining ro'zasini tutishayotganliklari bois charchoq alomatlari bo'ldimi? Keyingi o'yinga qadar bugun yo'l qo'yilgan xatolarni bartaraf etish ustida ishlaymiz".





Samandar Murodqulov — "Dinamo" - "Nasaf" uchrashuvining "Eng yaxshi o'yinchisi" deb topildi 


Guruh jadvali 


Bugun "C" guruhi vakillari navbatdagi o'yinlarini o'tkazadi

Soat 15:00da DHL - "Qizilqum" bellashuvi start oladi. Kunning ikkinchi bahsida OKMK "Surxon" bilan kuch sinashadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика