So’nggi yangiliklar

12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  1 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  7 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  4 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  14 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  22 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8

Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi-2022. O'zbekiston Yaponiyaga yutqazdi va finalsiz qoldi Yangiliklar

Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi-2022. O'zbekiston Yaponiyaga yutqazdi va finalsiz qoldi

Quvayt mezbonlik qilayotgan futzal bo'yicha XVI Osiyo Kubogi bahslari yakuniy pallasiga kirib bormoqda.

Bugun musobaqaning yarim final bellashuvlari bo'lib o'tmoqda. Bahodir Ahmebov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi 3 karra Osiyo chempioni Yaponiyaga qarshi kurash olib bordi. Unda yaponlar 2:1 hisobida zafar quchishdi.

Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi-2022

Yarim final

O'zbekiston – Yaponiya 1:2

Kuvayt Siti, "Saad Al Abdulloh Hall" sport majmuasi. 19:00

Hakamlar: Husayn Ali Albahhar (Bahrayn), Helday Idang (Malayziya), Truong Quok Dung (Vetnam)

Taymkiper: Zari Fathi (Eron)

Komissar: Richard Joson (Filippin)

Gollar: I.Hamroev (H.Nishonov) 17 - A.Oliveyra 23, Kanazava 30

O'zbekiston (birinchi beshlik): 12.Ravshan Eliboev, 4.Ixtiyor Ropiev, 6.Ilhom Hamroev, 8.Husniddin Nishonov, 10.Davron CHoriev.

Zaxira: 1.Rustam Umarov (s), 2.Anasxon Rahmatov, 3.Mashrab Odilov, 5.Sunnat Jo'raev, 7.Dilshod Rahmatov, 9.Elbek To'lqinov, 11.Akbar Usmonov, 13.SHahram Faxriddinov, 14.Davlat Ibragimov.

Yaponiya (birinchi beshlik): 1.Xigor Pires, 3.Soma Mizutani, 5.Artur Oliveyra (s), 6.Tomoki Yoshikava, 9.Neto Antonio Xirata.

Zaxira: 2.Gilerme Kuromoto, 4.Ishida Kentaro, 7.Sora Kanazava, 8.Atsuya Uemura, 10.Krepaldi Vinisius, 11.Kazuya SHimicu, 12.Kokora Xarada, 13.Takumi Nagasaka, 14.SHunta Uchimura.

Ogohlantirishlar: I.Hamroev 5, H.Nishonov 20, N.Eliboev 29 - A.Oliveyra 35


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



Bahs yakunlandi. Yaponiyaga yutqazgan vakillarimiz endi 3-o'rin uchun kurashishadi. Afsuski shunday. So'nggi 5 daqiqada yaponlarni qamagan vakillarimiz gol ura olishmadi, raqib posboni Gilerme Kuromoto esa o'yin qahramoni bo'ldi.

Uchrashuv yakunlanishiga 2 soniya qolganda Bahodir Ahmedov taym-aut oldi.

Kogure taym-aut oldi.

40 - Zarbaaaaaaa, nimalar qildi yapon darvozaboniiii. Musobaqaning eng zo'r seyvini ijro etdi Hamroevning bosh bilan bergan zarbasidan keyin.

39 - Zarbaaaaaa, Rahmatovning yana bir zarbasini kiper qaytaryapti.

38 - Zarbaaaaaa, ehhhhh Rahmatovvvvv. Deyarli bo'sh qolgan darvoza....

37 - Zarbaaaaaa, Hamrovening zarbasiiii......

35 - Zarbaaa, Ropievning zarbasini kiper qaytardi.

35 - Deyarli birga-bir qochayotgan Nishonovni ochiqchasiga yiqitgan Oliveyraga sariq.

35 - O'ynovchi darvozabonni tushirdi Bahodir Ahmedov. I.Hamroev beshinchi o'yinchi bo'ladi.

33 - Raqibda darvozabon almashdi. Gilerme Kuromoto Xigor Pires o'rniga tushdi. Yaponmas posbon o'rniga boshqa bir yaponmas darvozabon.

30 - Gol, Kanazava gol urdi.

30 - Umarovvv, yana bir xavfni bartaraf etdi.

29 - Hakamlar nimalardir qilishyapti, yo'q joydan hozir jarima zarbasi berishdi darvozamizga. SHu sabab etiroz bildirgan yordamchi murabbiy Nodir Eliboev hamda tarjimonimiz ogohlantirildi.

28 - Uhh, Umarov ikki marta qutqardi bizni. Qoyil!

27 - Artur Oliveyraning navbatdagi zarbasini Umarov ushlab oldi.

27 - Elbek bir raqibni aldadi, keyin esa zarbasiga blok qo'yishdi.

26 - Ikkinchi to'rtligimiz tushdi.

Bu o'yin o'zbek va yapon futzali afsonalari to'qnashuvi ham bo'lyapti. Ularda Kenixiro Kogure, bizda esa Bahodir Ahmedov bosh murabbiy.

23 - Raqib provakaciya qildi va Rahmatov qizishib ketib sariq kartochka oldi. Ayyor raqibni provakaciyalariga uchmaslik kerak.

23 - Gol, raqib sardori Artur Oliveyra hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.



Birinchi bo'lim yakunlandi. Yaponlarning katta ustunligida o'tgan bo'limni o'z foydamizga hal qila oldik. Barkalla, yigitlar!

20 - H.Nishonov raqibga kerak emas joyda qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

20 - Uhhh, Atsuyaning kuchli va aniq zarbasini Umarov qaytardi. Barakalla.

Translyaciyada muammolar yuzaga kelmoqda.

Bahodir Ahmedov 1 daqiqalik taym-aut oldi.



18 - Hahahahaha, omad degani shu bo'lsa kerak) Bo'sh darvozaga yarim metrdan gol urolmadi yapon futzalchisi.

17 - Goooooollllllll, ajoyib gol!!!! Nishonov raqibni aldab pas berdi, I.Hamroev gol urdi. Asal gol, asal.

17 - Zarbaaaa, Ropievning zarbasini posbon boshi bilan qaytardi. Ehhhh

16 - Uhhh, endi Vinisiusning zarbasi Umarov qo'riqlayotgan darvoza to'sini tegdi.

16 - Zarbaaaaa, Anasxonning kuchli zarbasini to'sin qaytardi.

15 - Yaponiya ustozi taym-aut oldi.

14 - Zarba, kuchli zarbaga D.Rahmatov blok qo'ydi.

13 - Xirata yana parketga qaytdi.

13 - Zarbaaa, ehhh Ilhommm. CHoriev to'pni raqibdan olib qo'ydi va lhomga oshirdi. Hamroev esa eng xavfli imkoniyatimizni ko'kka sovurdi.

11- Endi raqib hujumchisi Xirata chap oyog'ini ushlab parketni tark etdi.

10 - Ehhh, tarkibimizda ko'ngilsizlik. Ravshan Eliboev o'ng oyog'idan jarohat oldi va maydonni tark etdi. Uning o'rniga Rustam Umarov tushdi.

8 - Krepaldi Vinisiusning zarbasini R.Eliboev qaytardi.

8 - D.Rahmatovning kuchsiz zarbasini raqib posboni ushlab oldi.

7 - Tezroq o'zimizga kelib olishimiz kerak, ustunlikni to'laligicha yaponlarga berib qo'ydik.

6 - Ravshanning zarbasini noaniq ketdi.

6 - Uhhh, Eliboev raqibni kutib oldi, Mizutani esa to'pni uning ustidan oshirib qo'ydi. Darvozamizga ketayotgan to'pni Ropiev maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Katta ustunlik raqiblarimizda.

5 - Yaponlarning yana byuir zarbasi darvozamiz ustuniga tegdi.

5 - Uhhh, Oliveyraning zarbasidan keyin to'p Eliboevning oyoqlariga tegib kirib ketay dedi, yaxshi ham Ravshanni o'zi kirib ketayotgan to'pni chiziq ustida ushlab oldi.

5 - Sariq. Ilhom Hamroev Oliveyraga ishlatgan qo'polligi uchun ogohlantirildi.

4 - Darvozabonimiz Ravshanning kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi.

3 - Bahodir Ahmedov ikkinchi to'rtlikda Akbar Usmonovni emas, yosh hujumchi Elbek To'lqinovni tushirdi.

- Yaponlar bellashuvni katta kuchni oldinga tashlagan holda boshladi. Ketma-ket zarbalardan hozircha omon qolyapmiz, R.Eliboevga ham rahmat shu joyida.

1 - Uhhh, Mizutani hamda Oliveyraning zarbalarini Eliboev qaytardi.

1 - O'yindagi birinchi zarbani yaponlar berishdi. Xirataning zarbasi ustunga tegib chiqib ketdi.

Uchrashuvni biz boshlab berdik. Olg'a!

O'yinoldi rasmiy jarayonlar yakunlandi, hamma narsa o'yinni boshlashga tayyor.

Terma jamoalar arenaga chiqib kelishdi. Vatanimiz madhiyasi yangramoqda...

- Muxlislarimiz allaqachon arenada va yigitlarni qo'llab-quvvatlashni boshlab yuborishgan.



Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00da start oladi. O'rtaga final yo'llanmasi qo'yilgan uchrashuvda futzalchilarimizga omad tilab qolamiz.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика