So’nggi yangiliklar

13:27Эрон матбуоти: Машарипов Суперкубокда ўйнай олади  2 13:06Гёкереш "Арсенал"да дебют қилмасиданоқ рекорд қўйди  0 12:34"Зенит" собиқ футболчиси: "Файзуллаев ўйнамоқчи"  3 12:06Далот МЮ Мбеумо ва Кунья билан шартнома имзолаганидан хурсанд, чунки у энди уларга қарши ўйнашга мажбур эмас  0 11:39МЮ АПЛ ва Бундеслига юлдузлари билан ҳужумни кучайтирмоқчи  0 11:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Англия билан ўйнайди!  5 10:54"Челси" 19 ёшли футболчининг трансфери учун 43 миллион сарфлайди  1 10:23"Қўқон-1912" футболчиси Ироқ клуби билан шартнома имзолади  2 09:58Ўртоқлик учрашуви. МЮ АҚШда йирик ҳисобда ғалаба қозонди  3 09:27Нима? "Ал Насср" Россия чемпионатида тўп сураётган футболчига 70 миллион евро бермоқчи  7 08:58Пролига. "Олимпик" 7 нафар футболчи билан шартнома имзолади  1 08:30Аббосбек Файзуллаев янги жамоасида машғулотларни бошлаб юборди  12 08:25Лига Кубоги. "Интер Майами" ғалаба қозонди, Месси ўз ҳисобига иккита голли узатма ёздириб қўйди  6 08:01"Андижон" трансфернинг сўнггида яна икки нафар футболчи билан шартнома тузди  5 07:34"Навбаҳор" икки нафар "Олимпик"нинг собиқ футболчилари билан шартнома имзолади  1

Futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga saralash o'yinlari haqida Yangiliklar

Futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga saralash o'yinlari haqida

2020 yilning 24 fevral - 10 mart kunlari Turkmanistonda futzal bo'yicha navbatdagi Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Hozirda mazkur musobaqaga saralash o'yinlari faqat G'arbiy mintaqada start olgan. Qita birinchiligida 16ta jamoa ishtirok etadi va yakunda kuchli beshlikdan joy olgan jamoalar kelasi yilning 12 sentyabr - 4 oktyabr kunlari Litvada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga yo'llanma olishadi. 

Tabiiyki Osiyo chempionati mezboni sifatida Turkmaniston saralash bahslarida konkursdan tashqari ishtirok etadi. OFK saralash bosqichini 4 mintaqaga bo'lgan holda tashkil etishni maqul ko'rgan: ASEAN mintaqasi, Markaziy va Janubiy mintaqa, SHarqiy mintaqa va G'arbiy mintaqa. 

OFKga azo 47 mamlakatdan 31tasi saralashda qatnashishga o'z roziligini bildirgan. Yakunda Osiyo chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritish quyidagicha taqsimlanadi: 

Mezbon - 1ta o'rin

ASEAN mintaqasi - 3 o'rin

Markaziy va Janubiy mintaqa - 4 o'rin

SHarqiy mintaqa - 3 o'rin

G'arbiy mintaqa - 5 o'rin 

Har bir mintaqada jamoalar 2018 yilgi futzal bo'yicha Osiyo chempioatidagi ishtirokidan kelib chiqib savatchalarga bo'lingan. 


ASEAN mintaqasi

1-savatcha: Vetnam, Tailand

2-savatcha: Malayziya, Myanma

3-savatcha: Indoneziya, SHarqiy Timor 

4-savatcha: Avstraliya, Kambodja 


Markaziy va Janubiy mintaqa

1-savatcha: Eron, O'zbekiston

2-savatcha: Qirg'iziston, Tojikiston

3-savatcha: Turkmaniston, Afg'oniston, Nepal. 


SHarqiy mintaqa

1-savatcha: Yaponiya, Xitoy Taypeyi

2-savatcha: Xitoy, Janubiy Koreya

3-savatcha: Gonkong, Makau, Mo'g'uliston


G'arbiy mintaqa

1-savatcha: Iroq, Livan

2-savatcha: Bahrayn

3-savatcha: Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA

4-savatcha: Quvayt, Ummon, Falastin


Saralash qanday tartibda bo'ladi? 

ASEAN mintaqasi jamoalari 21-27 oktyabr kunlari Vetnamda bo'lib o'tadigan ASEAN futzal chempionatida ishtirok etishadi. Bunda 8ta jamoa to'rttadan ikki guruhga bo'linadi. Ushbu musobaqa Osiyo chempionatiga saralash vazifasini o'tab beradi hamda yakunda kuchli 3ta jamoa futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga yo'llanma oladi. 

"A" guruhi - Tailand, Myanma, SHarqiy Timor, Kambodja.

"B" guruhi - Vetnam, Malayziya, Indoneziya, Avstraliya. 


Markaziy va Janubiy mintaqadagi saralash o'yinlarida 7ta jamoa ishtirok etadi. Yakunda har ikkala guruhdan birinchi-ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar Osiyo chempionatiga yo'l oladi. Agar Turkmaniston terma jamoasi birinchi yo ikkinchi o'rinni egallasa, unda eng yaxshi 3-o'rin egasi ham Osiyo chempionatiga boradi. O'yinlarga Eron mezbonlik qiladi va 23-25 oktyabr oralig'ida o'tkaziladi. 

"A" guruhi - O'zbekiston, Tojikiston, Nepal, Afg'oniston. 

"B" guruhi - Eron, Qirg'iziston, Turkmaniston.

 


SHarqiy mintaqada ham jamoalar ikki guruhga bo'lingan. O'yinlarga Xitoy mezbonlik qiladi va 22-26 oktyabr oralig'ida bo'lib o'tadi. Reglamentga ko'ra, har bir guruhda birinchi o'rinni egallagan jamoalar to'g'ridan-to'g'ri Osiyo chempionatiga yo'l oladi. SHuningdek, ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar o'zaro bellashib, kim g'olib chiqsa shu jamoa ham musobaqada ishtirok etish imkoniga ega bo'ladi. 

"A" guruhi - Xitoy Taypeyi, Xitoy, Mo'g'uliston, Gonkong. 

"B" guruhi - Yaponiya, Janubiy Koreya, Makau. 


G'arbiy mintaqada saralash bahslariga allaqachon start berilgan. Bunda ham jamoalar ikki guruhga bo'lingan. Yakunda har bir guruhda birinchi-ikkinchi o'rinlarni qo'lga kiritgan, shuningdek 3-o'rin egalarining o'zaro bahsida g'olib chiqqan jamoa (jami 5ta jamoa) Osiyo chempionatiga boradi. Saralash bahslariga Bahrayn mezbonlik qilmoqda. 

"A" guruhi - Quvayt, Iroq, Bahrayn, BAA, Falastin. 

"B" guruhi - Livan, Saudiya Arabistoni, Qatar, Ummon. 


"A" guruhi o'yinlar taqvimi:

1-tur. 16 oktyabr

Quvayt - Falastin 7:1 

BAA - Bahrayn 3:3 


2-tur. 17 oktyabr

Falastin - Iroq 3:6

Quvayt - BAA 4:1 


3-tur. 18 oktyabr

Iroq - Quvayt, Bahrayn - Falastin


4-tur. 19 oktyabr

BAA - Iroq, Bahrayn - Quvayt


5-tur. 20 oktyabr

Falastin - BAA, Iroq - Bahrayn


"B" guruhi o'yinlar taqvimi: 

1-tur. 16 oktyabr

Livan - Ummon 10:2

Qatar - Saudiya Arabistoni 2:5 


2-tur. 18 oktyabr

Ummon - Qatar, Saudiya Arabistoni - Livan 


3-tur. 20 oktyabr

Livan - Qatar, Saudiya Arabistoni - Ummon

 


Pley-off. 22 oktyabr

"A"-3 - "B"-3


X.Xoliqov tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика