So’nggi yangiliklar

22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  13 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  48 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  0 21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  11 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  5 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  16 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8

Futzal bo'yicha JCH. Amaldagi JCH g'olibi Afrikaning 3 karra chempionini mag'lub etib, guruh etakchiligini naqd qildi! Yangiliklar

Futzal bo'yicha JCH. Amaldagi JCH g'olibi Afrikaning 3 karra chempionini mag'lub etib, guruh etakchiligini naqd qildi!

Mundial 3-turidan o'rin olgan Marokash – Portugaliya uchrashuvi yakuniga etdi.

Jahon chempionati

3-tur

"E" guruhi

Marokash – Portugaliya 1:4 

Toshkent. "Humo Arena". 17:30

Gollar: Sofyan El Mesrar (33) – Erik (2), Bruno Koelo (19), Bruno Koelo (22), Ziki (39)

Marokash (dastlabki beshlik): 1.Abdulkarim Anbia, 3.Anas El Ayyane, 9.Otman Boumezou, 10.Sofyan El Mesrar, 14.Idris Raiss El Fenni

Zaxira: 12.Muhammad CHeridou, 13.Yussuf Bensellam, 2.Anas Dahani, 4.Muhammad Kamol, 6.Sofyan Borite, 7.Ismoil Amazal, 8.Sofyan CHarraoui, 11.Xolid Bouzid.

Portugaliya (dastlabki beshlik): 1.Edu Souza, 8.Erik, 9.Joao Matos, 10.Bruno Koelo, 11.Pani.

Zaxira: 12.Andre Korreia, 2.Andre Koeelo, 3.Tomas Pako, 4.Afonso Jezus, 5.Fabio Sesilio, 6.Ziki, 7.Lusio Rosha, 13.Tiago Brito, 14.Kutchi.


SAHIFANI YANGILASH



40. BAHS YAKUNLANDI!

39. GOL! Ziki yana katta sahnada! Hisob – 1:4!

35. Zarbaaa! Xolid Bouzidning kuchli zarbasi noaniq ko'rinish kasb etdi, aks holda hisob yana qisqarishi mumkin edi. 

33. Gol! Sofyan El Mesrar hisobni qisqartirdi. Uning dastlabki zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi, qaytgan to'pni esa bo'sh qolgan darvozaga yo'lladi – 1:3.

31. Marokash o'z omadini Portugaliya jarima maydoni tomonda sinab ko'rmoqda, hozircha muvaffaqiyatsiz. 

28. Marokash darvozabon o'rniga o'ynovchi darvozabon Otman Boumezouni maydonga tushirdi, biroq uning sherigi noaniq pas bergach, Yussuf Bensellam yana darvozasiga qaytib oldi. 

26. Tomas Pako darvozani nishonga olishga urinib ko'rdi, ammo urinish samarasiz bo'ldi.

24. Bruno Koelo xet-trikni rasmiylashtirishi mumkin edi, ammo uning birga-bir holatdagi zarbasi biroz noaniq chiqdi. 

22. GOL! Bruno Koelo darvoza burchagini nishonga olib, hisobni yanada yiriklashtirib qo'ydi – 0:3!

21. 2-taym start oldi!

20. Taym yakunlandi. 

19. GOL!  Koelo penaltini aniq amalga oshirib, hisobdagi farqni oshirdi! 

18. Burchak uzatmasidan so'ng Idrisning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

16. Britoning zarbasi raqib himoyachisiga tegib,  darvozadan o'rin olishiga bir baxya qoldi. 

15. Matosning olisdan yo'llagan zarbasi raqib himoyachisiga tegib, maydonni tark etdi. 

12. Ziki ajoyib harakatlar bilan bir raqibni aldab o'tib, darvozabonning oyoqlari orasidan to'pni o'tkazmoqchi bo'ldi, ammo bu urinish unchalik o'xlamadi. 

11. Pako raqib o'yinchisiga nisbatan qo'pollik qilgani uchun ogohlantirildi. 

10. Britoning standart vaziyatdan so'ng yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi. 

9. CHarraoui raqib posboni bilan birga bir vaziyatga chiqib, zarba yo'lladi,  biroq portugaliyalik darvozabon to'pni qaytardi. 

8. CHarraoui ikki raqibidan o'zib ketib,  chap oyoqda noaniq zarba yo'lladi. 

7. Amazalning chap oyoqda yo'llagan zarbasini Portugaliya darvozaboni qaytardi. 

4. Muhammad Kamol raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borishi mumkin edi,  ammo u to'pni qabul qila olmadi. 

2. GOL! Portugaliyaliklarning ilk xavfli hujumi Erikning goli bilan yakunlandi. 

1. O'yinga start berildi!

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика