Futzal. Bahodir Ahmedov: "Yaponiyani mag'lub etishga harakat qilamiz"
02 may 2014 09:24
Yangiliklar
Futzal. Bahodir Ahmedov: "Yaponiyani mag'lub etishga harakat qilamiz"
Futzal bo'yicha Osiyo chempionatining 1 turidan o'rin olgan Qirg'iziston va O'zbekiston uchrashuvidan so'ng har ikkala terma jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbot anjumani bo'lib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, 1 may kuni o'tkazilgan bahs 2:2 hisobida yakun topdi.
Rustam Isaev (Qirg'iziston terma jamoasi bosh murabbiyi):
- SHogirdlarim ko'rsatgan o'yindan ko'nglim to'ldi. Uchrashuv biz uchun oson kechmadi, ammo yigitlar o'z irodalarini ko'rsatib, mag'lubiyatdan qutilib qolishga erishishdi. Albatta, 0:2 hisobidan keyin durang natijani qo'lga kiritish juda yoqimli. O'zbekiston juda kuchli jamoa hisoblanadi va bunday raqibga qarshi o'ynash doimo qiyin bo'ladi. Umid qilamanki, keyingi o'yinlarda biz yaxshi natija ko'rsatib, guruh bosqichidan pley-offga yo'l olamiz.
Bahodir Ahmedov (O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi):
- G'alabani qo'ldan chiqarganimiz juda achinarli. Raqib o'yini menda yaxshi taasurot qoldirdi. Ochko yo'qotganimizga qaramay, keyingi o'yinlarga jiddiy qaraymiz va guruhdan chiqish uchun kurashamiz. 2-turda biz Yaponiyaga qarshi o'ynaymiz. Bu jamoaning kuchiga hech kim shubha qilmaydi, ammo birinchi o'yinimizdagi xatolarimizni ko'rib chiqib, Yaponiyani mag'lub etishga harakat qilamiz.

Fikrlar