Futzal. Ahad Yusupov: “Biz chempion bo'lishda davom etaveramiz”
26 apr 2014 17:48
Yangiliklar
Futzal. Ahad Yusupov: “Biz chempion bo'lishda davom etaveramiz”
Futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatida "Lokomotiv" jamoasi qatorasiga ikkinchi yil chempionlikni tantana qildi.
"Temiryo'lchilar"ning ushbu yutuqlarida klub bosh murabbiyi Ahad Yusupovning xizmatlari katta. Bugun etiboringizga ana shu murabbiy bilan bo'lib o'tgan suhbatni havola etamiz.
- Hozirgi futzalimizdagi insonlarning asosiy qismi bir paytlar "Ardus" jamoasi negizida birlashgan edi. Hozir ularning deyarli hammasi turli klublarda o'z faoliyatlarini davom ettirishmoqda. 2005 yil o'zining ikkinchi mavsumini o'tkazgan "Ardus" hamma tomonlama eng kuchlisi edi. O'z davrining haqiqiy etakchilari jam bo'lgan edi tarkibda, - deya gap boshladi suhbatdoshimiz.
Taqdirlash marosimi haqida...
"Lokomotiv" bosh murabbiyligini Ravshan Muqimovdan qabul qilib olganimga 3 yil bo'ldi. Ana shu yillar davomida maqtashga arzigulik yutuqlarga erishdik. "Temiryo'lchilar" bosh murabbiyligidagi dastlabki mavsumimdayoq jamoani finalga olib chiqdim. O'tgan yili esa xet-trik qayd etdik. Yani, Associaciya kubogi, O'zbekiston kubogi va O'zbekiston chempionati baxslarida g'olib bo'ldik. Bu yil ham chempionatni oltin medallar bilan yakunladik. Lekin, negadir chempionatning eng yaxshi murabbiyi nominaciyasida chempion bo'lmagan jamoa murabbiyi g'olib deb topildi. Eng yaxshi bo'lgan Abdulla Bo'rievga etirozim yoki husumatim yo'q. CHunki, biz u bilan birga o'ynagan paytlarimizda tabir joiz bo'lsa bitta "qon" edik. Men himoyada, u esa hujumda o'ynardi. U yaqin do'stim. Lekin, ana shu nominaciyalarni elon qilayotganda ketma-ket qo'lga kiritilayotgan chempionlik mexnati etiborsiz qoldirilayotgani kishini o'ylantirib qo'yadi. Hatto, o'tgan mavsumdagi uchta frontdagi g'olibligimizda ham meni eng yaxshi deb topishmagan edi. Nima bo'lganda ham qilayotgan mexnatlarimizni xalq bilsa, shuning o'zi biz uchun katta yutuq.
Yulduzlarni boshqarish qiyin...
Bazilar meni yulduzlarni yig'ib olib chempionlikni hech kimga bermayapti deb hisoblamoqda. Sen ana shu yulduzlarni butun mavsum bir xil tempda o'ynata olasanmi? Agar o'ynata olsang, marxamat kelib isbotla. Yulduzlar bilan ishlash juda qiyin. Ularning har biriga alohida etibor qaratish lozim. Kichkinagina arzimagan sabab ham ularni jamoaga foydasi tegmaydigan holga olib kelib qo'yishi mumkin. Futzalchilar pul uchun emas, bu erdagi muhit va ish uslubini bilganlari uchun ham "Lokomotiv"ga kelayaptilar. Bizda ko'pchilik o'ylaganchalik ko'p pul to'lanmaydi. Hattoki, klubning o'yinchilardan o'tgan yilgi chempionlik uchun kichkina qarzi ham bor. Berilishi kerak bo'lgan mukofot pullarining bir qismi turibdi. Ko'ryapsizmi klubimizda katta pullar aylanmaydi. O'yinchilarning bir oylik maoshi 600 ming so'm, mukofot pullari esa har bir g'alabaga 100 ming so'm. Homiylarimiz tomonidan beriladigan qo'shimcha bonuslarni ham birga hisoblaganda har bir o'yinchimiz 1 million maosh va 300 ming mukofot puli oladi. Zamonaviy futzalda o'z oldiga chempionlikni vazifa qilib qo'ygan jamoa uchun bu mablag' kam, bitta oilani boqishga bu pul etmaydi.
Final haqida...
Futzalda o'yinchi sifatida faoliyat olib borganman, keyin murabbiylik kurslarida o'qidim. Bundan 5-6 yil oldin murabbiylikka o'qib yurganimdayoq vaqti kelib shunday jamoa shakllantiramanki, men tuzgan jamoa hech kimga hech qanday imkoniyat qoldirmaydi deb aytardim. Ikki yildirki, ana shu gaplarimning isbotini ko'rayapman. Biz uchun faqat chempionlik bor, undan boshqa natija biz uchun qoniqarli emas.
Bu yilgi finalga etib kelgan ikki jamoaning imkoniyatlarini chamalab ko'rib, finalda haqiqiy "jang" bo'ladi deb o'ylagan odam futzalni yaxshi tushunmas ekan. Ikki jamoa orasida juda katta farq bor, qarshiliklarning bari katta futboldan mini futbolga o'tgan o'yinchilar, ular shu kungacha katta futbolda ishtirok etib kelgan. Katta futbol hamda mini futbolni juda katta farqi bor, bular boshqa-boshqa sport turlari. Juda ko'pchilik shuni yaxshi tushunib etmagan hali.
Murabbiylik faoliyati haqida …
Futzal maktablarisiz hech nimaga erisha olmaysiz, busiz iloji yo'q. Agar futzal maktablari ochilmasa, faqatgina iqtiqorlar bilangina ishlashga majbur bo'lib qolamiz.
Men ishlayotgan jamoada har bir o'yinchining har bir o'yindagi statistikasi bo'ladi, o'sha statistikaga qarab mashg'ulotlarda futzalchiga qo'shimcha vazifalar beraman. SHuning uchun ham mashg'ulot paytida o'yinchilarni bir necha guruhga bo'lib shug'ullantiraman.
Bazilar “Lokomotiv” hamma yulduzlarni yig'ib olgan, shuning uchun ham osongina chempion bo'ldi deb hisoblamoqda. Vaholanki, yulduzlar yig'ilgan jamoani bir yil davomida o'ynata olish juda mushkul vazifa. Ularni har birining o'ziga yarasha injiqliklari bo'ladi.
Menda bir odat bor, qaysidir turnir yoki musobaqada g'olib bo'lsam, keyingi mavsumda chempion tarkibning 40 foizini o'zgartiraman. CHunki, o'sha tarkib bilan ishlash qiyin bo'lib qoladi, o'zgarishlar qilib turish kerak. O'tgan mavsumda xet-trik qayd etib uchta musobaqada g'olib bo'lgan edik. Hozirgi tarkibimizda o'tgan yilgilardan Xurshid Umaraliev, Nodir Eliboev, Rustam Umarov, G'ulom Mamajonov, Javlon Anorovlar yo'q.
Futbolda faoliyat olib borayotgan odam uni to'xtatmasligi kerak, agar bir muddat to'xtasang, futbol sendan o'tib ketadi.
Bu yilgi mavsum nihoyasiga etdi, yangi mavsumga qadar futboldan chetda yurmoqchi emasman. Uyimni shundoqqina oldida maktab bor, u erda stadion, zal, dush bor. SHu erda mini futbol maktabini ochdim, maktabga azo bo'lish mutlaqo bepul. Hozirda yosh yigitlar o'sha erda shug'ullanishmoqda.
Tolibjon Qosimov suhbatlashdi

Fikrlar