So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  2 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  5 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  14 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  95 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  847 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Futbolni tushunmagan Gleyzerlar... Manchester Yunayted tarixi haqida siz o'qimagan va bilmagan supermegamaqola (2-qism) Yangiliklar

Futbolni tushunmagan Gleyzerlar... Manchester Yunayted tarixi haqida siz o'qimagan va bilmagan supermegamaqola (2-qism)

Kecha ushbu maqolaning 1-qismini taqdim qilgandik.

Futbolni tushunmagan Gleyzerlar... "Manchester Yunayted" tarixi haqida siz o'qimagan va bilmagan supermegamaqola (1-qism)

Aytgancha, Gleyzer o'shanda NFLga sodiqligini aytib o'tgandi.

"U menga kutilmaganda "Bakkanirs"dagi beyjigini sovg'a qilgandi", - deb eslaydi Sent-Jon.

"Uning imo-ishoralarini tushunganimga ishonaman. Biroz oldin unga etibor berganimda, ichimdan bir so'z o'tgandi: "G'alati". Unga qarab juda engil o'tadigan hayotni o'ylay boshlardim"

Sent-Jon Gleyzerning Nyu-Yorkdagi ofisida o'tkazgan bir yarim soati mobaynida uning yurishidan milliarderligini bilish juda qiyin bo'lgan. O'shanda Brayan ham shu erda edi.

"Bu uchrashuvni mening agentim tashkil qilib berdi", - deb davom etadi Sent-Jon.

"U "Hilton" mehmonxonasiga keldi va ikkisi kichik bir xonaga joylashishdi. U erda ikkita bir kishilik karavotlar bor edi. Ularning o'rtasiga o'tirdim va barchamiz shunda bir-birimizga yaqin joylashdik"

"Malkolm suhbatni boshladi. U kitobda bolaligidan buyon bo'layotgan tadbirkorlik ishlari ham yoritilishini istagandi. Gleyzer soat uskunalari haqida uzun tarixi haqida gapirib berdi. Bolaligi, katta depressiya haqida gapirdi, mag'rurlarcha so'zlar ekan, o'sha davrda juda ham mehnatkash bo'lganini aytdi. Hozirgi oddiy odam ularning dahshatli tushunchalariga tan bergan bo'lardi. Lekin Malkolm o'shanda o'zining tejamkorligini, aqlliligi va zukkoligini isbotlab bergandi".

"Ajablandim. O'shanda kitobda boshqacha narsalar yoziladi deb o'ylagandim: "Hoy, men milliarderman, sen esa yo'q", deyishini kutgandim. Biroq biz men o'ylagan gaplardan gaplashmadik, ular qay tariqa kambag'allikdan millionerlarga aylanishganini aytib berishdi. U xotirjam o'tirib, gaplarimni eshitardi".

SHundan keyin yana bir hikoya boshlandi, Malkolm aytayotgan narsani Brayan ham biladigandek ko'rinardi.

"Xizmatkor Brayanning qurigan bir juft kiyimini olib kelib berdi. Malkolm buni beetibor qoldirmadi. U: "Bu "Hugo Boss" shimlari. Bu qancha turishini bilasanmi? 200 dollar. Biroq shimlar menga juda ham yoqadi", - dedi".

"Buni men "JC Penny"dan 19,95 funtga sotib olganman. Hali ham men o'zimga atigi 20 dollarlik narsani ham olishga qurbim etmaydigan paytlarimni eslayman".

"Yodimda Brayanning oldida menga juda ham noqulay bo'lib qolardi. Otam oilamiz davrasida shunday xotiralarni yodga olib turardilar, lekin biznes-hamkorlar, begonalar yonida unday qilmasdilar. Brayan biroz ikkilanardi. Biz deyarli bir xil yoshdamiz. O'shanda 40 yoshga yaqinlashib qolgandik".

SHunda Sent-Jons o'ziga yana bir vazifani qo'ydi.

"Uchrashuvimiz yakunlanishi arafasida u mendan agentlarsiz ham uchrashib turishimiz mumkinligini so'radi", - deb davom etadi u.

"Umuman olganda men noqulay ahvolga solib qo'ydingiz. CHunki ushbu loyihaning muallifi mening agentim. SHuningdek, aynan u kitoblarning sotuvi bilan ham shug'ullanadi". To'g'risi, u bo'lmaganida jarayonlar sust ketardi. Menimcha Malkolmning agenti yo'q edi. Balki barchasi pulga borib taqalar. O'shanda o'zimga ham ishonmagandim".

"Boshqa insonlar bilan ham hamkorlik qilganman, bu ham juda qiyin ish. Doimo ishonch doirasi bo'ladi. Fakt shundaki, Malkolm odamning ichida nima o'tayotganini bildi va ushbu uchrashuvni tashkil qilgan odamning roziligisiz mening holatim xavfsiz bo'lmasligini sezdi".

Avtobiografiya baribir dunyo yuzini ko'rmadi. SHu sababli biz Gleyzerning "Manchester Yunayted" haqida nima deganini, u kitobga o'g'illari rostdan ham policiya yordamida stadionni tark etganini endi taxmin qilishimiz mumkin.

2005 yil iyunining so'nggi haftasida Joel, Avi hamda Brayan Londonga APL va FA rahbari Richard Skadamor va Brayan Barvik bilan uchrashgani borganida Angliyadagi do'stona akciyada qatnashishdi. 

"Namoyishlar sababli ular Buyuk Britaniyaga maxfiy ravishda kelishgandi", - dedi manba.

Uchrashuvlar bir yoki ikki kun davomida "Yunayted"ning o'sha paytdagi ijrochi direktori Devid Gillning tashabbusi bilan amalga oshirildi.

Uchrashuv davomida Gill aka-ukalarning har bir qadamini boshqarib turdi. Etiborlisi, Gill 5 oy oldin klubning sotib olinish ishlarida ham shunday ishlarni bajargandi. SHu yilning dekabr oyida u o'z akciyalarini "Yunayted"ning sodiq muxlisi va rahbariyat azosi Jim O'Nilga 1,3 mln funt evaziga sotib yubordi. Aslida shu orqali u o'zini Gleyzerlardan himoya qilmoqchi bo'lgandi. Undan tashqari, u "Shareholders United"ga 25 ming funt xayriya qildi. O'shanda undan summa haqida so'rashganida buni juda kam mablag' deb atagandi.

O'tgan yozda esa Gill Gleyzerlarning taklifini "agressiv", loyihani esa "halokatli" deb atagandi. "The Athletic"ning tushuntirishiga ko'ra, endi Gill o'z fikrini o'zgartirib, "qarzi - halokatga etaklaydigan yo'l" so'zlarini yashil-tillarang bannerga yozdirib qo'ygan. U ushbu gaplar 2010 yili Birmingem Universitetida bir muxlis tomonidan yangragan, Gill esa unga: "model o'zgardi", deb javob bergan.

CHayqovchilar esa bunday poziciya Gillning faoliyatiga zarar ko'rsatishi mumkinligini aytishdi. Lekin Gleyzerlar Gillni olib qolishdan mamnunligini, u ketsa, ko'plab personallardan tashqari, ayrim rahbarlar ham ariza yozishi mumkinligini malum qilishgandi. Bir manbaning aytishicha, Gillning klubga bo'lgan tasirini inobatga olsak, uning ketishi "eng yomon yurish" bo'lardi. Balki shu sabablidir, u kelasi yili FA boshqaruvi azosiga aylandi. Aytilishicha, Gillni olib qolishganida Fergyuson ham istefoga chiqmasdi. Aynan u Fergini klubda qolishiga ko'ndirardi.

Keyingi 5 yilda Gillning maoshi 1 million funtdan 1,95 million funtgacha o'sdi, 2013 yili "Yunayted"dan ketganidan keyin esa UEFA ijro qo'mitasiga saylandi.

U Gleyzerlarni Angliya futboli oqsuyaklari safiga olib kelgunga qadar barchasi tuman ostida edi. Asosiy muammolar teletranslyaciya huquqini jamoaviy tartibda sotishda bo'lib turgandi. Skadamor, Barvik va Keborn bu ish bilan shug'ullanish borasida so'rov bilan chiqqanida Gleyzerlar ishonch bildirishdi.

"Yigitlar, biz sizlarning tizimingizdan egalitar joyda tug'ilgan ekanmiz", - deb aytishgandi o'shanda.

"NFLda teletranslyaciyalar huquqi faqatgina bir instanciya nazorati ostida edi, aynan ular boshqa qatnashchilarga barchasini bo'lib berishardi".

Keborn "The Athletic" nashriga o'sha uchrashuv haqida gapirdi.

"Ular agressiv ko'rinishmadi. Ha, umuman olganda ular o'zlarini amerikalik kabi ko'rsatishmadi ham. Menga ular AQSHdagi sport, televidenie, iqtisodiyot kabi sohalarini "Manchester Yunayted"da targ'ib qilishga intilishmoqchidek ko'rinishdi. Biroq Premer-liga ular o'ylaganidan kattaroq, foyda qilish planida biz basketbol yoki amerikacha futboldan anchagina ortdamiz".

Muxlislar tashkiloti o'zlarini adolatli vazir deb atashar, Gleyzerlarning tavakkal qilayotgan paytida Keborn "Yunayted"ni himoyalash yo'lida qattiqroq kurashishiga ishonishardi. Hatto 2005 yili katta tekshiruvlardan keyin Sulsher ham muxlislarning harakatiga qo'shilgandi.

Nafaqat Gleyzerlarning klub nomidan olgan qarzlaridan, balki, to'lovlar emas, o'sha qarzlarning qo'shimcha foizlaridan ham qo'rquv bor edi. Asosiy uch xej-fondlar - Perry Capital, Och-Ziff Capital Management va Citadel - klubga qarz berib, direktorlar kengashidan joy talab qilgandi.

"NFL klubini sotib olayotganda biz to'lovning 15 foizdan oshig'ini qarzlar orqali to'lamaslik kerakligini ming marta aytganmiz", - dedi "Shareholders United"ning 15 yil oldingi vakili SHon Bouns.

Hozirgi chegara esa yagona stavka bilan birgalikda 350 million dollar qarzni tashkil qilmoqda. NFLning oddiy klubi 2,86 milliardga baholanayotganini hisobga olsak, bu umumiy summaning 12 foizini tashkil qilmoqda. Gleyzerlar esa MYUning 66 foizini qarzlar orqali sotib olishdi.

Bouns "Old Trafford"dan yarim mil uzoqda bo'lgan fabrikada ishlardi, o'yin kunlari esa u oddiy muxlislarni klub akciyalarini sotib olishga undardi.

"Gleyzerlar klub boshqaruvini o'z qo'liga olishganida xafa bo'lganman. Rostdan ham ularga qadar muxlislar klub nazoratini o'z qo'llariga olishayotgandi", - dedi u.

"Har juma kunlarida biz "Old Trafford" majlislar zalida Gill yoki boshqalar bilan birgalikda muhokamalar olib borardik. Yodimda, Londonda bo'lgan shunday uchrashuvdan men o'zimga ko'plab malumotlar olganman".

Bouns "Nomura" bilan hamkorlikda sotib olish ishlarini amalga oshirgan, Rassel Delanining ular tomonida bo'lgani ham ishlarning ishonchli ketishiga turtki bergan. "Yunayted"ning 28,7 foiz akciyalari egasi hisoblangan "Coolmore" bilan Delanining munosabatlari yaxshi bo'lgandi.

Jon Magne va J.P. Makmanus boshchiligidagi "Coolmore" Fergyuson bilan qadrdon bo'lgani sababli birgalikda fond ochishgandi. Biroq "Gibraltar skala" nomli ot uchun kurashda ikki tomonning munosabatlariga putur etdi.

"Lanati ot", deb eslaydi telefon suhbatida Maĭkl Krik "The Athletic" nashriga.

Magne va Makmanus ushbu ot uchun kurash yakunlanganidan keyin Fergyusonga bosim o'tkazishni boshladi. Ular 2004 yilning yanvarida "Yunayted"ning transfer siyosati borasida murabbiyning oldiga 99 savol tashlashdi. Keyinchalik Fergyuson uning o'g'liga hujum bo'lgani borasida shikoyat bilan chiqdi. Biroq "Coolmore"dagilar bu voqelikning ularga bog'liqlik borligini tan olishmadi.

10 yil davomida, 2007 yilga qadar "Yunayted"da savdo korxonalari boshlig'i bo'lgan Ben Xattonning aytishiga ko'ra, Fergyusonning faoliyati o'shanda so'roq ostida qolgan ekan.

"Katta norozilik ikki tomonning o'rtasiga nifoq soldi. SHu sababli irlandiyalik akcionerlar o'z qo'llaridagi akciyani ser Aleksning ketishi uchun bosim qilishga ishlatishdi", - dedi Xatton.

"O'shanda faqatgina bir samimiy insongina klubni to'liqligicha sotib olishi shart bo'lib qoldi".

SHu manoda Magne va Makmanus potencial xaridorlar qatoriga kirishdi. Delani shunda ham muxlislar yana bir bor taklif bilan chiqib, Gleyzerlardan barcha akciyalarni sotib olishiga ishonardi, biroq bu amalga oshmadi. Delanini ajablantirgan jihat shu bo'ldi-ki, 2005 yilning 12 may kunida Gleyzerlar oilasi Magne va Makmanusdan akciyalarni sotib olish borasida kelishib olishdi.

O'sha vaqtda 790 million funtga baholangan klubni Gleyzerlar bosqichma-bosqich sotib olishda qo'shimcha 270 million funt to'lashlariga to'g'ri keldi. Qolgan summalar esa qarzlar orqali to'lab yuborildi. Bouns esa bu holatda Gleyzerlar klub hayotini xavf ostiga qo'ygan deb hisoblaydi.

Biroq Kebornda fikr boshqacha:

"Biz bu savdo ishlarini bloklab qo'ya olmasdik. Agarda buning iloji bo'lganida FA va Premer-liga barchasidan xabar topardi. Biroq ular korrupciya va o'z vazifasini suistemol qilish testidan o'ta olmaganda, hech kim yordam bera olmasdi".

"8 yildan buyon "SHeffild Yunayted"ga muxlislik qilaman. Klub esa bir shahar kabi. Biz hukumat sifatida "Manchester Yunayted" yomon qo'llarga tushib qolmasligi borasida kafolat bera olamiz, lekin ular jamiyatda doimo katta rol o'ynab kelgan. To'g'risini aytganda, biz hech qanday qarshilik ko'rsata olmasdik".

FAda 3 marta ijrochi direktor bo'lgan Devid Devis o'sha paytda o'z lavozimini Barvikka bo'shatib berishi kerak, bunga esa 2005 yilning 28 iyun kunidagi telefon qo'ng'irog'i sabab bo'lgan:

"Brayan, biz sening "Liverpul"ga qanchalar darajada sodiq ekanligingni bilamiz. O'shanda sen bizga: "Hoy, bu Gleyzerlar hali FAga kelishadi. Uni kutib olishing kerak, deb aytganding. Men "Manchester Yunayted"ga muxlislik qilishimni barcha bilardi".

"Klubning xaridi ko'plab bahslarga sabab bo'lishini va odamlar ko'proq Fergyusonni qo'llab-quvvatlashini bilardim. Uchrashuv yoqimli o'tgan. Tushuntira olishim mumkin: "Bu odamlar "Manchester Yunayted"ni yuksaklarga ko'tara oladimi?". Aftidan ularga malumotnomalar yozib berish kerak edi".

"FAni tark etgan kunimoq "Yunayted"ning mavsumiy abonementi egasiman. Mening joyim janubiy tribunada, ammo aytishim mumkinki, Gleyzerlar klubni sotib olishi tortishuvlarga sabab bo'lishini bilmaslik uchun Marsda tug'ilish kerak".

"Agarda "Manchester Yunayted" yaxshi futbolchilarni sotib olishni to'xtatganida men ham klubni hozirgidan ko'ra ko'proq tanqid qilgan bo'lardim. Barchamiz Fergyusonga qiyin bo'lishini tushunib turibmiz, ammo klubdagi ayrim dinozavrlar hali ham Mett Basbi davrida yashamoqda"

"Korrupciya va vazifasini suistemol qilish borasida o'z qarashlarim bor. Ular shunchalik darajada yaxshimi? Bu ish borasidagi barcha savollarga javob berilgan deb hisoblamayman. Odamlar ularga savollarini yo'llashi va qarashlarini tushuntirishlari kerak".

Gleyzerlarning Londondagi so'nggi uchrashuvi Keborn bilan uning ofisida bo'lgan. O'sha kechada ularning Buyuk Britaniya hukumatida ishi bo'lgan va bo'sh vaqtida ekskursiya borasida ham kelishib olishgan.

"Amerikaliklarga barcha narsa yoqadi, chunki ularning tarixi bizniki kabi buyuk", - dedi Keborn.

Gill yo'lda Uaĭtxolldagi Avliyo Stefanga kirish uchun navbatda turganida Gleyzerlar xizmat mashinasida ketishayotgandi. Keyinchalik guruh yig'ilib CHerchildagi xonada birgalikda kechki ovqat tanovul qilishdi. Ushbu uchrashuvdan hech kim zavq olmadi. APL sovrini - bir tomon. "Yunayted" muxlislari ham bir tomon.

29 iyun kuni soat 18:15da aka-ukalar rahbariyat vakillari bilan uchrashish uchun kumushrang avtobusda "Old Trafford"ga etib kelishdi. Malumotlar ommaga oshkor qilindi. Mahalliy fotograflar va jurnalistlar u erga tashrif buyurishdi. SHuningdek,  "Old Trafford"ga kuni bilan Gleyzerlarga qarshi qo'shiq kuylashgan 400ga yaqin muxlislar ham etib kelishgandi.

Direktorlar kirish eshigi yoniga qo'riqchilar temir eshiklarni yopib qo'yishdi. Muxlislar esa bunga ochiqdan ochiq noroziliklarini bildirishdi.

Oradan biroz vaqt o'tib, tartib posbonlari itlari bilan stadion atrofini tozalashni boshlashdi.

"Juda ham qo'rqinchli edi", - dedi o'sha kuni Gleyzerlarning yonida bo'lgan manba. "Ichkarida kutishga majbur edik".

Kechki 22:25da dvigatellarning ovozi eshitildi, "Stretford End"ning kirish eshiklari ochildi. Ikki policiya furgoni Gleyzerlarni o'z ichiga oldi. Ayrim muxlislar furgonga qarata tosh otishdi. Ikki muxlis hibsga olindi.

Ertasi kuni klub afsonasi Ser Bobbi CHarlton muxlislar bilan uchrashish uchun "Old Trafford"ga etib keldi. U jurnalistlar oldida bir tun oldin bo'lgan voqealar uchun klubning yangi egalaridan kechirim so'radi.

"Ularga muxlislarning fikrini o'zgartira olishmasligini tushuntirdim. Biroq yangi egalarning hislari "Manchester Yunayted" bilan bog'lanib bo'lgan ekan".

Umuman olganda CHarltonning Gleyzerlar borasidagi ilk taassuroti ijobiy bo'lgan.

Biroq CHarltonning so'zlari muxlislarga kamlik qildi, shu boisdan ular norozilik sifatida pullari Gleyzerlarning cho'ntagiga ketmasligi uchun "FK Yunayted of Manchester" jamoasini tashkil qilishdi. Endi Uolsh o'shanda 43 yoshda edi va o'shanda "Old Trafford"da mashinasida o'tirgandi.

"Yig'lagandim. Bu ahmoqlik, ahir qanday qilib?. Bu hissiyotlarni boshqa muxlislar ham his qilayotgandi. Agarda klubga muxlis ko'zi bilan qarasak, hissiyotlaringizni jilovlashni to'xtatasiz va asabingizni faqatgina sport uchun ishlatib yuborasiz. Ketish juda ham qiyin bo'lgan. Odamlar mendan bu borada ko'plab savollar so'rashgan. Bir muxlis uyimga kelib, sochlarini yulib tashladi va xushini yo'qotdi. Tarixda o'z ishidan ko'ra MYUning o'yinini afzal ko'rib, ishidan haydalgan insonlar ham bo'lgan. Oradan bir necha oylar o'tib, u bilan "FK Yunayted"ning o'yinida ko'rishib qoldim. O'shanda u xursand edi".

O'tgan ishlardan keyin Uolsh "Yunayted"ni yaxshi ko'ra olmadi.

"Ha, Gleyzerlar faqatgina savdo orqali katta foyda olishmoqda, biroq ular bu orqali klubning yuragini sotib yuborishdi, deb hisoblayman! Ular - klubning haqiqiy dushmanlari".

"Yunayted"ning rasmiy saytida investorlar bilan aloqa va biznes bo'limda ikki aylanali diagramma keltirilgan. Bu esa 2009 yili tushumlar 66 million funtni tashkil qilganini ko'rsatgandi. Bu esa umumiy foydaning 24 foizini tashkil qiladi. Boshqa bir diagrammaning ko'rsatishicha, 2019 yilgi tushum 275 million funt bo'lgan, bu esa umumiy foydaning 44 foizi degani. Demak, dunyoning birorta klub hozirgi paytda bo'layotgan pandemiya davrida "Yunayted" kabi tayyor bo'lmagan. Klubdagilarning maoshi va qo'shimcha xarajatlar 53 foizni tashkil qiladi, bu esa APLdagi eng past ko'rsatkichdir (bu erda foyda va to'lovlarning o'rtacha qiymati keltirib o'tilgan).

Sobiq direktor shunday deydi:

"Buni umumiy tarzda muhokama qilish mumkin. Faqatgina "Yunayted" futbolni o'zgartirmadi. "Barselona", "Real", "Milan", "Bavariya" - pullar uchun homiylar qidirdi".

SHu bilan bir qatorda boshqa birorta klubda "Yunayted" kabi homiy topish ishlari yaxshi ketmadi. Ayni damda saytda 25ta jahon, 8 mahalliy, 14 media va yana 14ta moliyaviy hamkorlar nomi yozib qo'yilgan. Umumiy hisobda ular 61tani tashkil qiladi. Bu esa Gleyzerlar klubni sotib olganidan keyin bo'lgan eng katta o'zgarishlardan biridir. Ammo qiziq tomoni shundaki, Gleyzerlar haligacha "Tampa-Beĭ Bakkanirs"ni "Yunayted"dan ustun qo'yishadi.

"Agarda "Tampa-Beĭ Bakkanirs"ning o'yiniga tashrif buyursangiz, u erda klubga homiylik qilayotgan kompaniyalarning logolari yopishtirib qo'yilganligini ko'rishingiz mumkin: DIY marjonlari, tovuqli ovqatlar restorani, avtomobillar ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari bilan hamkorlik - ular afzalroq", - dedi sobiq ijrochi.

(Davomi bor)

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика