So’nggi yangiliklar

14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  2 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  0 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  1 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  4 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  1 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  18 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  3 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  2 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  13 08:47«Қўқон-1912» сардори фаолиятини бошқа бир Про лига жамоасида давом эттиради  1 08:25Ўртоқлик учрашуви. "Барселона" - "Манчестер Сити" 2:2, Холланднинг голи ҳисобга олинмади  2 08:20Олимпия ўйинлари. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  11

Futbolimiz yulduzlari: Jafar Irismetov Yangiliklar

Futbolimiz yulduzlari: Jafar Irismetov

Sir emaski, ayni vaqtda hujumchi tanqisligi o'zbek futbolining asosiy muammolaridan biri bo'lib qolmoqda.

Vaholanki bir vaqtlari bizning diyordan ham Gennadiy Krasnickiy, Birodar Abduraimov, Valeriy Kechinov, Oleg va Maksim SHackix kabi etuk hujumchilar etishib chiqqan edi. Hikoyamizning bugungi qahramoni ham yaqin o'tmishning chaqmoqdek  porlagan hujumchilaridan biri hisoblanadi. Quyida biz Jafar Irismetovning faoliyat yo'lini yana bir bora yodga olamiz.

1976 yilning 23 avgustida, Toshkent shahrida tavallud topgan Jafar Irismetov futboldagi dastlabki qadamlarini "Titov" nomidagi sport maktabida qo'yadi. Ushbu maskanda futbolchilikning ilk saboqlarini olgan Jafarning dastlabki professional jamoasi Toshkent viloyatining "Do'stlik" jamoasi bo'ldi. Garchi ancha yosh bo'lsada, bu erda to'p tepgan yillari u o'zining to'purarlik mahoratini namoyish etadi. 1993 yildan 1997 yilga qadar 125 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 81 marotaba ishg'ol qilgani, bu gapimizni tasdiqlaydi. Uning bu iqtidori tabiiyki terma jamoa murabiylarining etiborini tortadi. Bosh murabbiy Rustam Mirsodiqov Jafarni JCH-1998  saralash bahslarida maydonga tushuradi. Aytish joizki, o'sha yillari milliy termamizning hujum chizig'idagi raqobat juda kuchli bo'lgan edi. Igor SHkvirin, Oleg SHackix, SHuhrat Maqsudov, Ravshan Bozorov kabilar bunga misol bo'la oladi. Biroq, shunday hujumchilar yig'ilganiga qaramay, milliy termamiz mundialning saralash bahslarida muvafaqiyatsizlikka uchraydi. Aynan o'sha yili Irismetov Greciyaning mashhur "Panatinaikos" jamoasi bilan shartnoma tuzadi. Bu jamoa uning Evropadagi faoliyati uchun ajoyib tramplin bo'lishi mumkin edi. 

Ammo bor-yo'g'i 20 yoshda bo'lgan hujumchiga bu erdagi kuchli raqobatni engib o'tish qiyinchilik tug'dirar edi. SHu sabab, Irismetov Afinada uzoq qolmaydi va "Do'stlik" jamoasi qaytib keladi. Bu erda yana oz muddat to'p tepgach, unga Rossiya jamoasidan qiziqish bo'ladi. SHunday qilib, Novosibirskning "CHernomorec" jamoasi Jafarning faoliyatidagi ilk rus jamoasi bo'ladi. Bu erda ham qahramonimiz ayrim sabablarga ko'ra ko'p qolmaydi. Futbolchi qolgan ikki yilni O'zbekiston milliy chempionatida o'tkazadi. Dastavval marhum Mahmud Rahimov qo'l ostida Samarqandning "Dinamo" jamoasida o'ynagan futbolchi bu erda 27 uchrashuv o'tkazib, 19 marotaba raqiblarini gol bilan jazolaydi. Kelasi mavsumni esa, Irismetov yana o'zining qadrdon jamoasi hisoblangan "Do'stlik" da o'tkazadi. 2000 yilgi mavsumni ham jamoa, ham ham hujumchi ajoyib kayfiyatda o'tkazadi. O'z safiga bir necha tajribali futbolchilarni qo'shib olgan jamoa milliy chempionatda g'oliblikni qo'lga kiritishdan tashqari, O'zbekiston kubogiga ham ega chiqadi. Irismetov esa, bu mavsumda  37 uchrashuvda, raqiblar darvozasini 45(!) bor ishg'ol qiladi. Ha, bu natijani har qanday mohir to'purarlar ham orzu qilishi tayin. Gol tanlash qobiliyatining yuqoriligi, ajoyib tezlik va "ikkinchi qavat" dagi ustunlik bois har qanday darvozaga xavf tug'diradigan Jafarning bu ko'rsatkichidan tez orada xorij jamoalari ham xabardor bo'ladi. U bir qator takliflar orasidan eng maqbuli deya Rossiyada "xalq jamoasi" bo'lgan, o'sha vaqatlarda har qanday sobiq ittifoq zaminida tug'ilgan futbolcholarning orzusi hisoblangan, mashhur Oleg Romancevning "Spartak" jamoasi bilan kelishuvga erishadi. 

Bu vaqtga kelib, Jafar Irismetov ancha kuchga to'lib, etarlicha tajriba oshirgan edi. SHu sabab ham jamoaning asosiy tarkibida o'z mahoratini ko'rsatishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan edi. "Spartak"dagi debyut Jafar Irismetov uchun juda yaxshi boshlandi. Har yili o'tkaziladigan ananaviy "Hamdo'stlik kubogi" bahslarida futbolchi ajoyib tarzda o'zini ko'rsatadi va musobaqaning bir necha uchrashuvida to'p kiritib, yakuda jamoasining g'olib bo'lishida munosib hissa qo'shadi. Tez orada Evropa chempionlar ligasining navbatdagi raundida qatnashgan "Spartak" Jafar Irismetovni bu musobaqa uchun  ro'yxatdagi futbolchilar qatoriga qo'yadi.  SHu tariqa, Irismetov "ko'hna qita"ning eng muhim musobaqasida qatnashish sharafiga muyassar bo'ladi. Bu vaqtga qadar o'zbekistonlik futbolchilar orasida CHempionlar ligasida faqatgina Kiev "Dinamo"sida to'p tepadigan Maksim SHackix o'ynagandi. "Spartak" o'z guruhida "Arsenal","Bavariya" va "Lion" kabi jamoalar bilan kuch sinashadi. Bu o'yinlarda Irismetov ham, o'ziga berilgan imkoniyatdan foydalanish uchun astoydil harakat qiladi. Ayniqsa Myunxen supeklubiga qarshi uchrashuvda uning qaychi usuldagi zarbasini afsonaviy Oliver Kan katta qiyinchilik bilan qaytarib qolmaganda, balki uning Evropadagi shuhrati yanada oshishi mumkin edi. Yana aytish joizki, bu uchrashuvlarda Irismetov negadir jamoadoshlari tomonidan yolg'izlantirib qo'yilganini, sezish qiyin emasdi. Titov, Tixonov, Kovtun, Parfyonov, Tetradze kabi jamoa etakchilari Jafarni emas, balki boshqa legioner hujumchi braziliyalik Robsonni to'p bilan taminlashar edi. 

Bu orada O'zbekiston terma jamoasi uchun ham muhim uchrashuvlar boshlanadi. Xitoy Taypeyi, Turkmaniston va Iordaniyaga qarshi kechgan, JCH-2002 saralshining 1-bosqich bahslarida murabiylar shtabi barcha legionerlar qatori Jafar Irismetovning ham imkoniyatlaridan foydalanadi. Dastlabki Xitoy Taypeyiga qarshi uchrashuvdagi Jafarning "pokeri"ni muxlislar hali unutishmagan bo'lsa kerak. Terma jamoa safida to'purarlik qobiliyatlarini namoyon etib, klubga qaytib kelgan hujumchini Oleg Romancev Rossiya chempionati bahslarida zaxira futbolchilari qatoriga qo'shib qo'yadi. Tabiiyki, bu holat Irismetovga maqul emas edi. Mavsum yarmida u jamoasini o'zgartiradi va Belarus vakili sanalgan Mazir shahrining "Slaviya" jamoasi safiga borib qo'shiladi. Futbolchi bu erda yarim yil davomida 9 bora maydonga tushib, 3 ta gol uradi. Bu jamoa safida kamroq maydonga tushishiga milliy terma jamoa o'yinlari sabab edi. Afsuski mundial saralash bahslari Irismetov va jamoadoshlari uchun omadsiz yakunlanadi va terma jamoa Osiyo qitasida bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kirita olmaydi.


Jafar Irismetov 2002 yilgi mavsumni yana Rossiyada o'tkazadi, bu safar Maxachqalaning "Anji" jamoasida. Afsuski, bu erda ham turli sabablarga ko'ra unga omad kulib boqmaydi. Maxachqalada 11 uchrashuv o'tkazgan holda, birorta gol ura olmaydi.

2003 yilgi mavsumni Irismetov, o'z oldiga katta maqsadlarni qo'yib, Osiyo chempionlar ligasida g'oliblikni ko'zlagan "Paxtakor" jamoasida boshlaydi. Bu erda u o'z tajribasi orqali jamoa muvafaqiyatlariga hissa qo'shishi mumkin edi. Lekin  u Toshkentda uzoq qolmaydi. Yarim yilni Ukrainaning "Krivbass" jamoasida o'tkazgan hujumchi uchun 2004 yilgi mavsumdan boshlab, yangi sahifa ocholdi, desak mubolag'a bo'lmaydi.  Sababi aynan u o'sha yildan boshlab o'z omadini Qozog'iston chempionatida sinab ko'radi. O'sha yillari UEFAning yangi azosiga aylangan yurtda o'nlab futbolchilarimiz, jumladan, Bugalo, Xvostunov, Davletov, Baqoev kabi tajribali futbolchilar qo'shni yurtda to'p tepishar edi. Olma-Otaning "Qayrat" jamoasida o'ynagan futbolchi bu erdagi faoliyati davomida 49 bora maydonga tushib, raqiblar darvozasini 22 bor nishonga oladi va jamoaning 2004 yilgi mavsumda chempionlikka erishishida katta hissa qo'shadi. "Qayrat"dan so'ng "Olma-Ota" jamoasi sharafini himoya qilgan Irismetov 2006 va 2007 yilgi mavsumlarda chempionat to'purariga aylanadi. Qozog'istondagi faoliyati davomida Irismetov umumiy hisobda 75 bora raqiblarini ranjitadi. Biroz muddat Xitoy birinchi ligasi jamoasi "Lyaoning"da o'ynagan futbolchi 2010 yilda O'zbekiston chempionatiga qaytib keladi va Samarqandning "Dinamo", "SHo'rtan", "Qizilqum", "Navbahor" kabi jamoalarda to'p suradi. SHuni takidlash joizki, Jafar Irismetov turli chempionatlarda 239 bora raqiblari darvozasiga to'p kiritib, bu borada Xalqaro futbol tarixi va statistikasining to'purarlar ro'yxatidan o'rin egallaydi.


2014 yildan murabiylik sohasida ishlagan Jafar Irismetov "NBU-Osiyo", "Obod" kabi jamoalarni boshqardi. Hozirda esa, o'z oldiga katta maqsadlarni qo'ygan "Paxtakor" jamoasida ish olib bormoqda. Biz uning kelgusi faoliyatida omadlar tilab qolamiz.

Maqsud Yahyoev

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика